3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?


Xayol shakllari to’g’risida tushuncha



Download 425,7 Kb.
bet47/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
psixolog

Xayol shakllari to’g’risida tushuncha


Xayolning asosiy shakli xayolot yoki fantaziya deb nomlanadi, lekin chet el psixologiyasida xayolning sinonimi sifatida qo’llaniladi. Fantaziya inson ongida in’ikos etila boshlaganda e’tiboran borliqning qiyofasini o’zgartirishga yo’nalgan bo’ladi, voqelikning unsurlarini o’rin almashtirish xususiyatiga ham egadir. SHuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi uchun ma’lum bo’lgan omillarga nisbatan yangi nuqtai nazar topishga va shu yo’sinda yondashishga imkon beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi.
Odatda bolaning asosiy faoliyati o’yinga aylana borgan sari bog’cha va kichik maktab yoshi davrida jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, ta’kidlangan yosh davridagi bolalar uchun fantaziya obrazlari ularning o’yin faoliyati uchun dastur tariqasida vujudga keladi: a) bola o’zini kosmonavt sifatida his qiladi; b) konstruktor rolini bajaradi; v) o’zini personaj xulq-atvori bilan taqqoslaydi; g) rolli, syujetli o’yinlarda muayyan rollarga kirishadi va hokazo.
Xayolning o’zi faoliyatning har xil turlarida tarkib topadi, uni amalga oshirish va uyushtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bolaning xayoli tashqi tayanchlarga (o’yinchoqlarga) asoslanuvchi faoliyatdan so’zlar bilan sodda hamda badiiy ijodiyotni amalga oshirishga sharoit tug’diradigan ichki faoliyatga o’sib o’tadi. Uning xayoli nutqni egallash munosabati bilan shaxslararo muomala ham taraqqiy etadi. Nutq faoliyatining yuksak ko’rsatkichi ko’rmagan, eshitmagan narsa va hodisalarni tasavvur qilish imkonini yaratadi. Xuddi shu bois bolalar cho’plardan ot obrazlarini, stuldan harakatlanuvchi texnikani yaratish imkoniga ega bo’ladi. SHuning uchun fantaziya ijtimoiy tajribani biri sifatida gavdalanadi. Badiiy fantaziya obrazlari (Bilmasvoyning sarguzashtlari, Sariq devni minib, Buratino, No’xat polvon, Qorqiz, Qorbobo, Jodugar kampir va hokazolar) ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va bilishning vositasi ekanligi psixolog tadqiqotchilar tomonidan dalillab berilgan. Voyaga yetgan odamlar esa atrof-muhitni va shaxslararo munosabatlarni faol ijodiy izlanishlari tufayli o’zgartiradi.
Orzu xayol shakllaridan biri hisoblanib, shaxsning o’zi uchun eng yoqimli istiqbol obrazlarini xayolida (tasavvurida) yaratishda gavdalanadi. Orzu insonning ehtiyojlari, xohish-istaklari, intilishlari bilan bevosita bog’liq bo’lib, uni kelajakda faoliyatni amalga oshirishga undaydi.
Shaxsning ijodiy faoliyati mohiyatida fantaziya ishtirok etmasdan iloji yo’q, chunki hamisha ham uning amaliy xatti-harakatlarida xayol jarayonlari ro’yobga chiqavermaydi. Aksariyat hollarda xayol jarayonlari shaxs amalga oshirishni istaydigan obrazlar shaklida mujassamlashadi hamda ichki faoliyat tusiga aylanadi. Kelajakka shaxsni undovchi, uning xohish-tilaklarini aks ettiruvchi obrazlar majmuasi orzu deyiladi. Orzu-shaxsning atrof-muhitni, ijtimoiy voqelikni o’zgartirishga, o’rin almashtirishga yo’naltirilgan ijodiy kuchlari, ilhomlari va intilishlarini turmushga tatbiq etishning asosiy shartlaridan biridir. SHu bilan birga orzu shaxsiy va ijtimoiy hayotni ilmiy faraz qilishning unsurlaridan hisoblanadi. Mamlakatimizda taraqqiyotni oldindan ko’ra bilish, maqsad ko’zlash, kelajagi buyuk davlat g’oyalari, milliy istiqlol mafkurasi va milliy istiqlol g’oyasi g’oyat muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun orzu batamom tugallanishi ma’lum bir sabablarga ko’ra muvaqqat kechiktirilgan faoliyatga undovchi motiv (sabab) tariqasida yuzaga kelishi mumkin. SHuning uchun ham inson qo’li bilan bunyod etilgan narsa o’zining ijtimoiy- tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtirilgan, tatbiqiy xususiyatli shaxsning orzusidir. Ana shu narsalarga nisbatan o’ta zarur ehtiyoj his qilgan ajdodlarimizning orzulari yaqqol ko’rinishda gavdalanganligini shohidi bo’lamiz: 1) uchar gilamlar; 2)oynai jahon; 3) elektr chirog’i; 4) o’zi yurar aravalar; 5) lip etib chiqish (lift); 6) dashtga suv chiqarish va hokazolar.
Badiiy va ilmiy ijodida fantaziyaning o’rni to’g’risida muayyan darajada ishlar qilgan, chunki san’at va adabiyot ijodiy faoliyatining zaruriy unsuri sifatida xizmati baholangan. Ma’lumki, rassom hamda yozuvchining ijodiy faoliyatida ishtirok etuvchi xayol obrazlarining muhim xususiyatlari-bu uning emotsional kechinmalar his-tuyg’ular bilan mujassamlashgandir. Hozirgi davrda: 1) badiiy ijodiyot 2) badiiy tarjima; 3) ilmiy ijodiyot psixologiyasi; 4) adabiy qobiliyat va iste’dod psixologiyasi singari maxsus sovg’alar xayol turlari, jarayonlari, shakllari kabilarga asoslangan holda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Mustaqil mamlakatimizning yoshlari (fuqarolari) yangiliklar yaratish va kashfiyotlar amalga oshirish, o’zlari yoqtirgan ishlar, muqaddas ijtimoiy xayol yo’llari, vatanga muhabbat, iftixor, sadoqat, sodiq do’stlik, qahramonlik, iymon-e’tiqod, baxt –tole to’g’risida uzluksiz ravishda orzu qiladilar. SHaxs tomonidan tasavvur etilayotgan orzular haqiqatdan ham go’zal, ezgu niyatli, porloq kelajakka qaratilgan bo’lsa, ular inson xislatiga aylanadi.

22- Tafakkur va intellekt


Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima degan savol tug’ilmoqda. Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o’rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda.
Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo’lib, ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P. I. Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to’g’ri), to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag’in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bavosita, so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
Bizningcha, tafakkur predmetini belgilash uchun to’laroq ta’rif O. K. Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur- bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". O. K. Tixomirov mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab o’tgan. Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo’lishi ta’rifni yanada takomillashtirishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xarakteristika berib o’tamiz. S. L. Rubinshteyn nazariyasiga binoan, tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmeti- jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishdir. Muallif tafakkur operatsiyalari, shakllarini shakllantirishda-jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa-fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S. L. Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub’ekt faolligining paydo bo’lishi deb ataladi.
A. N. Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. SHuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivatsiyasi to’g’risida nazariy metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi.
P. Ya. Galperin fikriga ko’ra, tafakkur-bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yachishda sub’ektning tafakkurga orientirovka qilish jarayonini o’rganishdan iborat deb tushuntiriladi. P. Ya. Galьperin tafakkurning boshqa jahatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
A. V. Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta’kidlab o’tiladi. Yuqoridagi mualliflardan o’laroq, A. V. Brushlinskiy tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari mavjudligini dalillab ko’rsatadi.
Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan sho’ro psixologlari tomonidan bildirilgan mulohazalarga yakun yasab, umumiy ta’rif berishning mavridi keldi. Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funktsiyasi sanab o’tilgan, ya’ni so’z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy-sababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa, maqsadga muvofiq ish qilingan bo’lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakab bilish jarayoni ekanligini yana bir qirra tasdiqlab turibdi. Quyidagi tafakkur strukturasini ilova qilamiz.


Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish