3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?



Download 425,7 Kb.
bet42/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Bog'liq
psixolog

Xotirlash o’tmishimizning vaqt va fazodan muayyan o’rin olgan timsollarini qayta esga tushirishdan iboratdir. Xotirlashda biz o’tmish obhektlarini faqat qayta esga tushiribgina qolmay, balki ularni muayyan vaqt va joyga mansub hisoblaymiz, ya’ni biz ularni qaerda, qachon va qanday sharoitlarda idrok qilganimizni eslaymiz, ular­ni hayotimizning muayyan davri bilan bog’laymiz, bu obhektlarning davriy izchilligini anglaymiz.
Har bir kishining hayot tarixi ijtimoiy hayot bilan bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy hayot hodisalari esa kishi xotiralarining mazmunini vaqtda joylashtirish uchun tayanch punktlari bo’lib xizmat qiladi. Xotirlash kishining shaxsiy hayotiga u yoki bu tarzda bog’liq bo’lganligi uchun ham doimo bir qator hissiyotlar bilan birga yuz beradi.
Unutish jarayoni ozmi yoki ko’pmi darajada chuqur bo’lishi mumkin. Uno’tilgan obrazlar yoki fikrlarning aktuallashtirilishi shunga ko’ra ma’lum darajada qiyinlashadi yoki umuman mumkin bo’lmay qoladi. Ma’lum ma­terial shaxs faoliyatiga qanchalik kam qo’shilsa, aktual hayotiy maqsadlarga erishishda qanchalik ahamiyati kamayib borsa, uni unutish shunchalik chuqur bo’ladi. Bunda biron materialni eslay olish mumkin emas, bu material batamom yo’qolib ketgan, shaxsning tajribasidan mutlaqo chiqib ketgan, degan mahno chiqmaydi.
Materialning konkret «faktik» formasi unutiladi, lekin materialning muhim, barqaror ahamiyatli mazmuni tegishli bilimlar va ish-harakat formalariga qo’shilib ketadi va ana shu ish-harakat formalarida umumlashgan holda qayta tiklanadi.
Unutish vaqtga bog’liq bo’ladi. Buni birinchi marta eksperimental ravishda nemis psixologi Ebbingauz (1850—1909) aniqlagan. Uning ko’rsatishicha, unutish material yod olingandan so’ng ayniqsa tez ro’y beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi. Ebbingauz bu qonuniyatni ayrim mahnosiz bo’g’inlarni unutish ustida olib borgan ishlarida tasdiqladi.
Undan keyin o’tkazilgan ko’p sonli tadqiqotlar unutish surhati materialning mazmuniga, uning qanchalik anglanilganligiga bog’liqligini ko’rsatadi. Material qanchalik yaxshi anglanilgan bo’lsa, u shunchalik sekin unutiladi. O’quv ishlarida bu qonuniyatni hisobga olish muhimdir. O’z mazmuni bilan inson ehtiyojlari, insonning chuqur qiziqishlari, inson faoliyatining maqsadlari bilan bog’liq bo’lgan barqaror ahamiyatli material sekinroq unutiladi. Odam uchun ayniqsa katta hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsalarning ko’plari mutlaqo esdan chiqmaydi. Materialning esda saqlanishi shaxs faoliyatida uning qatnashish darajasi bilan belgilanadi.
Unutish esda olib qolinadigan materialning hajmiga bog’liqdir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, miqdor va sifat jihatdan bir xilda ish olib borilgan bo’lsa, yod olingan ma­terialning esda saqlanish protsenti ma’lum vaqt oralig’idan so’ng shu materialning hajmiga nisbatan teskari proportsional munosabatda bo’ladi. SHu sababli, o’quvchilarga esda olib qolish uchun beriladigan materialni dozalarga bo’lib berish juda muhimdir.
Biroq unutish ilgari idrok qilingan material hajmining sof miqdoriy kamayishidangina iborat emas. Esda saqlash va qayta esga tushirish jarayonida xotirada mustahkamlangan material ma’lum sifat o’zgarishlariga uchraydi. SHu munosabat bilan materialning turli qismlari bir xilda unutilmaydi. O’tkazilgan tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, materialning asosiy qoidalari esda yaxshiroq saqlanib qoladi.
SHunday qilib bilimlarni unutishga qarshi kurashishning asosiy vositasi bundan keyingi faoliyatlarda bilimlardan foydalanish, ularni amalda qo’llanishdan iboratdir. Bu esa o’tmishdagi bilimlarni faqat esda saqlashga emas, balki chuqurroq o’zlashtirishga olib keladi.

20- Xayol.


Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri hisoblanib, u insonining ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega bo’lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning hal qilinishida ishtirok etadi. Agarda xayolni genetik jihatidan kelib chiqishi tahlil qilinadigan bo’lsa, u albatta insonning mehnati mahsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri mulohazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya’ni kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go’yoki bu jarayonda ijodiy faoliyatning modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklarning mutlaq tarkiblari bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi. Odamning har qanday izlanishli, mehnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi, kashfiyotning dastlabki obrazlari, tarkiblari aniq voqelikdan uzoq bo’lishidan qat’i nazar taraqqiyot (rivojlanish), turtkisi vazifasini bajaradi. Odatda xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, muhim sharti sifatida uning turlari atamasi nomlari bilan ifodalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, ilmiy izlanishli, musiqaviy, loyihaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy topqirlik), ijodiy faoliyat kabilar. SHaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim bo’lgan har qanday faoliyatning mahsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit timsol shaklda ko’z o’ngiga keltirilishi shart.
Jahon psixologiyasida xayol insonning ijodiy faoliyatning tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy mahsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik alomatlari vujudga kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta ko’rib chiqishni ta’minlaydi. SHu narsani alohida ta’kidlab o’tish kerakki, hech qachon xayol ijodiy faoliyat dasturining yaratuvchisi sifatida namoyon bo’lmaydi, balki uning ayrim o’rinlarini to’ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos.
Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularning timsollar tariqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson shaxsiy faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam o’ylanadi, fikriy obrazlarni yaratadi, ularga yangi qo’shimchalar kiritadi, xullas mahsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida namoyon bo’lishini xayol uzluksiz ravishda ta’minlab turadi. Aytaylik, inson stul yasamoqchi bo’lsa, u eng avval unga oid qismlarni tayyorlaydi, shaxs xayolan uning sifatiga e’tibor beradi, keyin ularni yaxlitlaydi, o’zaro birlashtiradi hamda buyum shaklida gavdalantiradi. Binobarin, xayol ishning har bir bosqichida bevosita ishtirok qiladi, yo’l-yo’lakay ko’rsatmalar, qo’shimchalar kiritib boradi.
Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada hukm suradi, ularni aks ettirish imkoniyatining to’laroq ro’yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bevosita aloqada bo’ladi, xuddi shu boisdan ularning har ikkalasi ham bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga ega. SHuning uchun ular o’rtasida bir qator o’xshashliklar va ayrim farqlar mavjuddir. Bu holat quyidagilarda o’z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va topshiriqlar yechish jarayonida tug’iladi; 2) yangi yechim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) xayolning ham, tafakkurning ham paydo bo’lishi shaxsning ehtiyojlariga bevosita bog’liq; 4) ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug’iladi; 5) xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vujudga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar, tushunchalar bilvositalik xususiyati orqali ro’yobga chiqadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, muammoli vaziyatda aql faoliyati natijalari ong nazoratidagi obrazlar, tasavvurlar hamda tushunchalar tizimida ifodalanadi. Obrazlar va tasvirlar tanlash (saralash) xayolning funktsiyasi orqali tushunchalar va ularning yangilik alomatlari esa tafakkur yordamida ro’yobga chiqadi. Tasavvurlar bilan tushunchalarning o’zaro uyg’unlashuvi ikkita ijodiy xususiyatli bilish jarayonlarining hamkorlikdagi ijodiy faoliyatida bir davrning o’zida qatnashishni birdiradi. Faoliyatning tarkibiy qismlari ularning qanday amalga oshirilishi to’g’risidagi yaqqol obrazlarni uzviy bog’lanib ketgan fikriy mulohazalarning qo’shilishi tufayli harakatchanlik imkoniyatiga ega bo’ladi.
Xayol jarayoni tafakkurdan farqli o’laroq muammoli vaziyatning ma’lumotlari qanchalik noaniq bo’lsa, shunchalik ta’savur obrazlari yaralishi uchun qulay imkoniyat tug’iladi, uning mexanizmlari tezkorlikda ishga tushadi. Masalan, yozuvchining xayoli asar qahramonlarining taqdiri bilan uzviy bog’liq bo’lib, konstruktor, muhandis, me’mor kabi mutaxassislarga qaraganda nihoyat darajada katta noaniqliklarga ega, voqelikdan tubdan uzoq fantaziya olamida obrazlar, chizg’ilar, badiiy to’qimalar yaratadi. Ma’lumki, aniq dunyoviy fanlarning qonuniyatlariga qaraganda insonning psixikasi, uning xatti-harakatlari qonuniyatlari murakkab va yetarli darajada ma’lumotlarga ega emas. Xuddi shu boisdan bosh miya katta yarim sharlari funktsiyasining qariyb uchdan bir qismini ilmiy dalillar asosida tushuntirib bera olishimiz mumkin, xolos.
Muammoli vaziyat o’zining xususiyatiga ko’ra bir davrning o’zida ham xayolning, ham tafakkurning ishtirok etishini taqozo qiladi. Agarda muammoning yechimi, masalaning sharti aniq bo’lsa, bu holda tafakkurning ishtiroki ustuvorlik qiladi, mabodo noma’lumliklarning miqdori ko’payib ketsa, u taqdirda xayol yoki fantaziya yetakchi rolь o’ynay boshlaydi. Muammo yechimining turli usullari, ularning invariantlari, muayyan qonunlari, qoidalari ta’riflari mavjud bo’lgan taqdirda faoliyat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi.
Xayolning eng ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga taalluqli holatlardagi yetishmovchilikda ham u yoki bu yo’l bilan muammoli vaziyatdan yengilroq chiqib ketishga muhim zamin hozirlaydi. Insonda mavjud narsalarning ichki tuzilishi, uning rivojlanishi, o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat qiladi. Biosfera va neosferada insoniyat uchun noma’lum o’rganilmagan sohalar mavjud ekan, demakki, xayol uzluksiz ravishda o’z funktsiyasini bajaraveradi, shuning uchun xayolning qaysi turi hukm surayotganligidan qat’i nazar u ijobiy hodisa sifatida baholanishi lozim. CHunki, xayol insonning aqliy zo’r berishda, stress, affekt holatlarida asab tizimining tangligidan xalos etib, tana a’zolari funktsiyasini tiklaydi, ishchanlik qobilyatini barqarorlashtiradi.


Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish