3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?



Download 425,7 Kb.
bet17/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
psixolog

Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir. Shaxsga taalukli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo’lishliqdir.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kirady. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko’pincha, ularda har xil vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o’zaro xech bir o’xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo’ravon» bola o’z tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaktida boshqalarga qo’shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va xamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga moe, ularga mutanosib bo’lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o’zaro hamohang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biri­ga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri bo’lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqei ko’p ma’no, ko’p kirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to’la moe keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagai mavqeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqpash bilan emas, bal­ki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini o’rganish orqali beriladi. O’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon psixologiya fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixo­logik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, tempe­rament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy krbiliyatlari, iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-xida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z ntsvbatida shaxeni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qatьiyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni kat’iy tasdiklashga imkon yaratadi.
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvornida o’zgarishi, yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psi­xologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barkarorlik odam qat-nashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unliqtsa shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy bog’likdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’duvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya sharoitiga bevosita alokadordir.
Shaxsni faolligining manbai uning ehtiyojlari hisoblanib, xuddi shu ehtiyojlar odamni muayyan tarzda va ma’lum yo’nalishda harakat qilishga undaydi. Xuddi shu boisdan ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush sharoitiga bog’liqligini aks ettiruvchi holatdir.
Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bog’likdigi motivlar tizimi (motivatsiya) sifatida o’zining faol jabhalari bilan ifodalanadi. Motivlar ma’lum extiyojlarni qon-dirishga karatilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan ta’riflanishga mutlaqo mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar deganda, odamlarning bilish jarayoniga yo’naltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks etishidir. Bilish extiyojlarini shaxs tomonidan qondi-rilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to’ldirishga, ta’lim vaziyatlariga to’g’ri moslashishga hamda ularni tushunishga zarur imkoniyatlar yaratadi va yordam beradi.
E’tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi angla-shilgan ehtiyojlar majmuidir. E’tiqod shaklida yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u yashaydigan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan anglash hosil qiladi va asta-sekin turli tashqi ta’sir-lar yordamida takomillashib boradi.
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa’y-harakatlar motivlari hisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo’lmagan turmush va rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifo­dalanadi.
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayoti-faoliyati davomida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib hisoblanadi. Bular to’g’risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator kimmatli va boy materiallar mavjuddir.
Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish„ irodaviy zo’r berish, zo’riqish, tanglik, jid-diylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish orqali o’shbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, usullari, operatsiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa’y-harakatlari kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (takdid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta’lim, o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, musta-qil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksak-roq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo’lgan ehtiyojni tug’diradi.
Shunday qilib, ehtiyojlarning tug’ilishi, taraqkiyoti, ularni saralash va shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, huquqiy ja-miyat kishisiga xos bo’lgan milliy, hududiy ma’naviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga, xossalariga, mexanizmlariga asos-langan sharqona, o’zbekona yuksak axloqiy xislarga ega insonlarni voyaga yetkazish respublikamiz psixolog olimlarining oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun psixologlar ko’p taj-ribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, metodlar (innovatsion xususiyatli), metodikalar (ularning invariant-lari, variatsiyalari, modifikatsiyalari), muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (ko’rsatmalar, tavsiyalar, ishlamalar, modulь va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan to’la-to’kis qurollanishlari, nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari, olin-gan natijalarni ko’p qirrali (sifat, mikdor, korrelyatsion, disper-sion, faktor va hokazo) taxdil qila bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz shaxsni komil inson sifatida shakllantirish, kamol toptirish mutskin emas, binobari«, ikkiyoqlama o’zaro ta’sir bunday imkoniyat yaratishga qodir.
Shunday qilib, shaxsnnng tuzilishiga, birinchi navbatda, uning individualligining kishi ehtirosinnng, ichki qiyofasining, qobiliyatlarining tuzilishida mujassamlashgan, shaxs psixologqyasini anglab etish uchun zarur, lekin etarln bo’lmagan sistemali tarzda tuzilishi kiradi.
Shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi-uning individ ichkarisidagi (interindivid) kichik sistemali tarzda namoyon bo’ladi.
Shaxs o‘zi birikib ketgan jamiyat bilan, guruhlar bilan haqiqiy munosabatlar sistemasida subyekt bo‘lib, individning organik gavdasi ichidagn allaqanday yoiq bo‘shliqdagina joylashgan bo’lishi mumkin emas, balki u o‘zini individlarar» munosabatlar bo‘shlig’ida namoyon qiladi. Individ o‘z holicha emas, balki shaxslararo o‘zaro birgalikdagi harakatning hech bo’lmaganda ikkita individ (amalda birlik, guruh, jamoa) jalb etiladigan jarayonlari ana shu o‘zaro birgalikdagi harakat ishtirokchilaridan har birining shaxsi namoyon bo’lishi sifatida talqin qilinishi mumkin.
Bunda shaxs o‘zining «haqiqiy munosabatlari» sistemasida bamisoli o‘zining individning jismiy borlig’idan farq qiladiga alohida borlig’iga ega bo’ladi. Shaxs tuzilishining ta’riflaridan birini shaxsning interindivid kichik sistemasini tashkil etiladigan individning organik tarzdagi gavdasidan tashqaridagi «bo‘shliqdan» qidirish kerak.
Shunisi diqqatga sazovorki, shaxsning tadqik, etilishini individlararo «bo‘shliqqa» ko‘chirib, yuqorida bayon etilgan jamoaga taalluqli hodisalar-jamoaning o‘zini-o‘zi belgilashi, jamoaning aynan bir xil bo‘lib ketishi va hokazolar nimalardai iboratligi haqidagi savolga javob ‘lamiz. Xususan, bular o‘zi nima: guruh tarzidagi ko‘rinishlarmi, yoxud shaxsiy ko‘riiisharmi. Shaxsning ta’rifi va mavjudligining o‘zi individning «terisi ichida» qolmasdan, balki individlararo «bo‘shliqqa» olma chiqilishi bilanoq «individ» va «shaxs» (yoxud shaxsiy, yo guruh tarzidagi) tushunchalarni aynan bir-biriga o‘xshatish nagijasida hosil bo’ladigan soxta alternativaga barham berilgan bo’ladi. Shaxsiy fazilatlarning namoyon bo’lishi guruh tarzidagi o‘zaro munosabatlarning namoyon bo’lishi sifatida, guruh tarzidagi namoyon bo’lish esa shaxsning o‘zini namoyon qilishining aniq shakli sifatida yuzaga chiqadi.
Intraindivid va interindivid kichik sistemalari shaxs-ning o‘zini namoyon qilishining barcha jihatlarini aks ettira olmaydi.
Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismni - metaindivid (indieidning ustki ko‘riniish) kichik tuzilishini ham alohida ko‘rsatish imkoniyati mavjuddir.
Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashqariga chiqarilib qolmasdan, balki uning boshqa individlar bilan «shu erda va endilikda» mavjud bo’lgan aloqalaridan ham tashqarida joylashtiriladi. Bunday xrlda subhektning o‘z faoliyati yordamida bilib yo bilmasdan boshqa kishilarga o‘tkazadigan «jamg’armalari» psixologning diqqat markazida bo’ladi. Bu bilan individ shaxs sifatida o‘zi bilan u yoki bu darajada bog’liq ‘damlarning aqliy va hissiy-irodaviy jihatlarida faol tarzda hosil qilinadigan tub o‘zgarishlar subyekti bo‘lib xizmat qiladi. Ga subyektning boshqa individlarga taosir o‘tkazishi chog’idagina emas, balki bevosita bir lahzalik o‘zaro birgalikda harakat qilish chegaralaridan tashqarida ham o‘zligini boshqalarda o‘ziga xos davom ettirishdsk faol jarayon haqida bormoqda. Subyektning o‘zligiki boshqa individda davom etgirishdan, boshqa kishilarga o‘tkazilgan «jamg’armalar» hisobiga o‘zining shaxs sifatida boshqalar «ko‘ngildagidek» o‘rnashib qolishi tahminlashdan iborat bo’lgan bu jarayon personalizatsiya (personajlashtirish) degan nom olgandir.
«Shaxs» va «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada birlikdan iborat bo’lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o‘zi ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va «shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o‘xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida, individnnng sistemasi tarzidagi sotsial fazilat sifatida qaraladigan G’arb psixologiya shaxs bilan individuallikning strukturasi bir-biriga tamomila mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yo‘nalishlarning vakillari individuallikning tuzilishi aniq ta’riflab berilsa bas, bukishining shaxsini to‘laligicha o‘z ichiga oladiva ta’riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari surishadi. Jumladan, psixologlar maxsus shaxsiy so‘roqnomalarni qo‘llashadi (bular sinaluvchining o‘ziga, o‘zining individual-shaxsiy fazilatlariga o‘zi baho berishini taklif etadigan savollardan tashkil topgan o‘ziga xos anketalardir). Ulardagi javoblar mazmunini tahlil qilgan va so‘roq natijalarini matematik amallar vositasida qayta ishlagan holda tadqiqotchi biron bir hislatning (tipning) ana shu hislatga mos keladigan darajasida namoyon bo’lishining sonlar bilan ifodalanadigan belgisiga ega bo’ladi. Lekin bunday metodlar yordamida nari borsa kishining individualligi tavsiflanishini tasavvur qilish mumkin. Biroq kishi jalb etilgan ijtimoiy munosabatlarning «yaxlit birligida» shaxsni har tomonlama tavsiflab bo’lmaydi.
Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o‘zining aniq sotsial muhiti bilan «haqiqiy munosabatlari» subyekti sifatida namoyon bo’lishi inobatga olinadigan bo‘lsa, «shaxsning tuzilishiga aniq sotsial guruhlar va jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart.
Jumladan, psixologiyada individuallikning ko‘gina hislatlari- moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, mayillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniqlantandir. Bular jamlanib individning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Bu psixologik hodisalar o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zaro munosabatda bo‘lib, oshkorayoki oshkora bo’lmagan holda allaqanday muhitning mavjudligini taqozo etadi. Shaxs itxn ana shunda muhitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik tashvishlanish va hokazolarni namoyon qiladi. Bordiyu, agar ‘damlarning individual fazilatlari bu tadqiqotlarda izchil, o‘zgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bo‘lsa,- u holda sotsial muhit o‘zgarmaydigan, shakllanmagan (amorf), mazmuksiz, «umuman muhit» sifatida tasavvur qilinadi. Sotsial muhitnnng «shaxs-muhit»dan iborat o‘zaro munosabatiga qiyosan anhana bo‘lib qolgan mexaiistik tarzda talqin qilinishi muhitni yo faol shaxsning o‘z kuch-g’ayratlarini ishga soladigan mpaydon sifatida, sxud guruh tarzida shaxsga tazyiq ko‘rsatuvchi kuch sifatida izohlaydi. Shaxsning va uni qurshab turgan sotsial muhitning o‘zaro birgalikdagi harakatining faol xususiyati to‘g’risidagi tasavvur g’arb fanida na shaxs psixologiyasining nazariy qismlari to‘qimalariga va na shaxsni tadkiq etishning psixologik metodlariga kiritilmagandir.
Lekin sotsial muhitga nisbatan «umuman muhitga» bo’lgani kabi yondashuv shaxs yashaydigan, harakat qiladigan va rivojlanadigan hamda sotsial jihatdan bir-biriga bog’liq o‘zaro munosabatlar sistemasiga dahli bo’lmagan umuman shaxs haqidagi nazariy tasavvurni keltirib chiqardi. G’arbning an’anaviy shaxs psixologiyasi qurol qilib olgan barcha shaxsiy so‘roqnomalar o‘sha shakllanmagan (amorf) sotsial muhitga qarab tuzilgan bo’ladi.
Shu bilan birga aniq sotsial guruh sharoitlarida indnvidual-psixologik fazilatlar shaxsning unga hamisha ham mos kelavermaydigan fe’l-atvori shaklida mavjud bo’ladi. Kishining individualligi birgalikdagi aniq faoliyat va munosabatning guruh rivojlanishining muayyan darajasi uchun xarakterli bo’lgan sharoitlarida jiddiy ravishda qayta o‘zgaradi. Bunday sharontlarda individual-psixologik xususiyat shaxsiy fazilat, shaxslararo munosabatning jihati sifatida o‘zgaradi. Bu gipoteza hozirgi aytda tekshirilgan va qator aniq ilmiy ishlarda tasdiqlangan.
Bir tadqiqotning vazifasi, jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan gipotezani shaxsnnng hislati sifatidagi gaga ko‘nish (moslashuvchanlik) ‘datiga moslab, shunnngdek bunda qarama-qarshi hodisaga guruhdagi shaxslararo munosabatlarning hodisasi sifatida jamoaning o‘zini o‘zi belgilashiga moslab tekshirishdan iborat qilib qo‘yilgan edi. Gipoteza tajribaning quyidagicha tartibida aniqlashtirildi. Real tarzda mavjud bo’lgan bir qancha guruhlar guruh tarzida rivojlanishning hali uyushmagan guruhdan tortib to jamoaga qadar darajalar ierarxiyasini hosil qiladi. Har bir guruhda sinaluvchilarning uchdan bir qismiga yaqini, tajriba mahlumotlariga qaraganda, guruhning uyushganligi darajasiga bog’liq bo’lmagan holda ahamiyatsiz vaznyatda moslashuvchanlnkka mayillik ko‘rsatishdi. Shaxsiy so‘roqnomalarning ma’lumotlari ham ana shundan dalolat beradi. Hamma ga sinaluvchilar rivojlanish darajasi har xil bo’lgan guruhlarda jamoaning o‘zini-o‘zi belgilash hodnsasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tajriba sharoitida o‘zlarini qanday tutishlarida edi. Tajriba mahlumotlari rivojlanish darajasi har xil bo’lgan va o‘zlariga nisbatan uncha ahamiyatsiz taosir o‘tkazilganda guruh tarzidagn tazyiqqa ko‘nadm degan xulosaga kabi xususiyati borligini, yaoni jamoa qadriyatlarni himoya qila borib, guruh tarzidagi tazyiqqa yon bermaslik kabi qobiliyati mavjudligini ko‘rsatnshinn tasdiqladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, gaga ko‘nish kabi individual-psixologik fazilat jamoa a’zosi sifatida individning shaxsida tubdan o‘zgarib qolishi mumkin. Guruhlarga kiradigan individlar jamoaning o‘zini-o‘zi belgilash kabi xususiyati borligini, yaoni jamoa qadriyatlarni himoya qila borib, guruh tarzidagi tazyiqqa yon bermaslik kabi qobiliyati mavjudligini ko‘rsatnshinn tasdiqladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, gaga ko‘nish kabi individual-psixologik fazilat jamoa a’zosi sifatida individning shaxsida tubdan o‘zgarib qolishi mumkin.
Boshqa tadqiqotlarda kishi individualligining ekstraunitivligi (o‘zining xususiy muvaffaqiyatsizliklari uchun aybni boshqa ‘damlarga ag’darish mayli) kabi belgisi yaxshi jamoa a’zosining fe’l-atvoriga xos bo’lish-bo’lmasligi, yaoni bu uning shaxsida muqarrar namoyon bo’lish-bo’lmasligi aniqlandi. oldiniga maxsus shaxs testi yordamida ekstraunitivligi yaqqol sszilib turgan sportchilar (sportning o‘ynaladi ga turlariga oidkomandalarning a’zolari orasida ular juda ham ko‘chilik edi) guruhi aniqlandi. Individuallikning ushbu belgisi ular uchun etakchi hisoblanmish sport faoliyatida ularning shaxsiga oidfazilatlarni aniq ko‘rsatib beradigandek tuyuladi. Haqiqatda esa sportchilarning yaxshi uyushgai guruhlarida (haqiqiy jamoalarda), shaxsiy test ma’lumotlariga bin’an ekstraunitiv shaxslar o‘z komandasi a’zolariga nksbatan jamoaning aynan bir xil bo‘lib qolishiga qaratilgan munosabatda bo‘la boshlashibdi, yaoni shaxsnig ekstraunitiv belgisiga tamomila qarama-qarshi fazilatni namoyon qilishibdi,
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda keng ekanligi shubhasizdir. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini ko‘rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada qobiliyatlarda va hokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishinigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo’lgan guruhlarda, ana shu guruh uchun etakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o‘zini namoyon etishini ham qo‘shish shart. Psixologiyasi nuqtai nazaridan olganda, individuallik tarzidagi shaxsni tadqiq etish natijasida olingan ma’lumotlar individlararo munosabatlar subyekti sifatidagi shaxsning ta’rifiga bevosita kuchirilishi mumkin emas: individul-tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shakllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvosita ifodasn hisoblangan faoliyatning xarakteri, qadriyatlari va maqsadlariga bog’liq tarzda jiddiy ravishda turli xil ko‘rinishda namoyon bo’ladi.
Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning o‘zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murakkab va mun’zarali masalalardan biridir.

12- Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog’liq degan naza-riyaning namoyandalari bo’lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Shvetsariya va boshqalar) psixologlari okibat natijasida shaxsning tuzilishini o’sha ikkita asosiy omil­larga, ya’ni biologik va ijtimoiy (sotsial) vokeliklarning ta’si-riga bog’liq bo’lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordir-lar. Obyekt-subyekt munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» o’z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafak­kur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xis-latlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazi-latlarini aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa o’z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.


Inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat, bu ifodaga o’ta keskin e’tiroz bildirishga hojat yo’q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bo’lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy-biologik tuzilish alomatlari sakdanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb e’tirof qylish muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning o’zaro munosabatla-rini qay tarzda tushunishda o’z ifodasini topadi. Ko’pgina psixo-loglarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo’sh omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilishni, «ekzopsixika» bilan «endopsixika»ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi, o’zaro ta’sir etish muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo’ladi. Mazkur kontseptsiya vakillari shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini xisobga olmaydilar.
Ta’kidlab o’tilgan fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. Qo’sh omillik nazariya tadqi-qotchilari tajribalarida 80—130 sm balandlikdagi odamlarning shaxs xislatlarini tarkib toptirish o’rganilgan. Buning natijasida ular shaxsning tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan. Bunday odamlarning bo’yi past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi kishilarda bolalarga xos kulgini, hech bir tanqidsiz optimizmni, o’ta soddalikni, muayyan darajada his-siy (emotsional) zo’riqishni talab qiladigan vaziyatga nisbatan chi-damlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin-dir. Shaxsning xislatlariga na «endopsixika na «ekzopsixika» qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning psixik xususiyatlarining mahsuli bo’lib, ular bo’yiga nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e’ti-boran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, tevarak-atrofdagilarning mitti odamlarga bo’ydor kishi-larga qaraganda boshqa munosabati, ularning pisand qilmasligi, kamsitilishi, ular ham barcha kabi narsalarni his qilish, orzu kilish, ajablanish, hayron qolish sababli ularda shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqkol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba’zan boshqalarga, hatto o’zlariga nisbatan tajovuzkorona yo’l tutishlarini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti odamlar (li-liputlar) o’zlari bilan bap-barovar bo’yli kishilar muhitida yashay-di deb tasavvur kilsak, u holda ularda ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar, sifatlar mujassamlashishi mumkin bo’lar edi.
Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta’kidlanganidek, shaxs tuzilishidagi tabiiy, organik jihatlar va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga bog’liq tarkibiy qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomik-fiziologik va boshqa sifatlar) va ijtimoiy omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular hech mahal ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo’yilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Shunday qilib, ilmiy psixologiya fanida barcha kategoriyalarga umumbashariy, umuminsoniy tamoyil nuqtai nazardan yondashish shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sotsial) omillar rolini tan oladi, inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy vokeliklarni atigi shular-ning negizida qarama-qarshi qo’yishga tanqidyy munosabatda bo’ladi.
Freydizm. XIIX - XX asrlarda psixoanalitik ta’limoti vujudga keldi. Uning asoschisi Avstriyalik vrach nevropatolog Zigmund Freyd bo’ldi. Psixiatr va psixolog Z.Freyd (1856-1939) asab kasalliklarini davolashning yangi uslubini taklif qiladi, natijada bu uslub psixoanaliz deb nomlanadi. Bu uslub asosida nevrozlarning xirsiy etimologiyasi haqidagi tasavvuri yotadi. Inson psixikasining ongsizlik qatlami ochilmagan material sifatida talqin qilinadi. Inson ongidan siqib chiqarilgan va anglanmagan fikrlarni onglilik sohasiga o’tkazish, bu tadqiqot usullari orqali tushlarni aniqlab, talqin qilish, kasallik sabablarini aniqlash, nutqiy o’xshashliklarning ma’nosini ochish, xato harakatlarni aniqlash, bu uslubning asosiy xizmatidir. Bir so’z bilan aytganda, Freyd inson hayotining kam o’rganilgan sohasiga o’z e’tiborini qaratdi.
Asabiy kasalliklarni davolash uslubi sifatida vujudga kelgan psixoanaliz tez orada inson haqidagi umumiy psixoanaliz ta’limotiga aylandi. CHunki, ongsizlikda uchraydigan konfliktlar haqidagi tasavvurlar inson psixikasiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar Freyd tomonidan sog’lom inson shaxsiga ko’chiriladi. Inson haqidagi psixoanalitik tasavvur shunday paydo bo’ldi. Bu ta’limot insoniyat faoliyatini ongsizlik va onglilik sohalariga bo’lib, bu ikki soha bir-biri bilan kesishmaydigan holda xarakterlanib, har ikki sohaning o’ziga yarasha tuzilmasi va vazifasi borligi asosida isbotlanib beriladi. Bunda ustunlik ongsizlik tomoniga beriladi. CHunki, Freyd fikricha, u inson harakatining botiniy sababi vazifasini bajaradi, shu orqali inson psixikasi tuziladi. Eng umumiy ma’noda, ongsizlik Freyd tomonidan nafaaqt inson psixikasini rivoji nuqtai nazaridan talqin qilinadi, balki bu xodisa insonning mazmuniy mohiyatini tabiiy ijtimoiy, madaniy, tarixiy hayotiga ham tadbiq qilinadi. Ongsizlik orqali hattoki tarix rivojini ham ochib berishga harakat qilindi, nafaaqt tarix, balki tsivilizatsiya masalalariga ham tadbiq qilindi.

Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish