3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?


Ta’m bilish (maza) sezgilari



Download 425,7 Kb.
bet25/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
psixolog

Ta’m bilish (maza) sezgilari
Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho’r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo’lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar.
Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgandir. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so’rg’ichlari mavjud bo’lib, ularning tarkibida tayoqsimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish «kurtaklari»(«so’g’onlari»)ga ega. O’ziga xos xususiyatlari, sifatlari bilan tafovutlanuvchi ta’m bilish so’g’onlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiq mazani, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani aniq sezadi, lekin uning o’rtasi bo’lsa, ta’m mazasini aks ettira olmaydi. Ta’m bilish so’g’onlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchan nervlarning chekka uchlari joylashgan, ular ta’m bilish organidagi qo’zg’alishni bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlari hid bilish markazlariga yaqin joydadir.
Ta’m bilish sezgilari moddalarning kimyoviy xossalari ta’sirida hosil bo’ladi va so’g’onlar erigan moddalar ta’siri ostida qo’zg’aladi.
Hid va ta’m bilish sezgilari o’zaro chambarchas bog’langan bo’lib, kimyoviy moddalarning ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi. Ammo ularning bittasi kontakt, ikkinchisi distant sezgilar toifasiga kiradi.
Teri sezgilari
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo’lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili – bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib, ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgilar, ikkinchisi esa silliq yoki g’adir-budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qo’zg’alish kuchayganda siqiqni sezishga aylanadi, u yanada kuchayganda siqiq og’riq sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi – teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iboratdir. Tanachalarning ichida, qisman tashqarisida (epiteliyda) tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan. Ular barmoqlarning uchlarida, til uchida, labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir. Qaysi yerda tanachalar siyrak bo’lsa, demak, u joylarda sezish ko’rsatkichi shunchalik pastdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi esteziometr asbobi yordami bilan o’lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli tsirkuldan tashkil topgan bo’lib, uning o’zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o’rtasidagi masofani o’lchaydi.
Tuyishning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm-2 mmgacha, b) qo’l kaftida 10 mm, v) orqada 60-70 mm masofa bir yo’la ikki oyoqcha tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi).
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po’stining orqadagi markaziy pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.
Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi – bu biron-bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Harorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan tavsiflanadi. Maxsus tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari joylashgan bo’ladi.
Ularning tashqi sababi – biron-bir haroratga ega bo’lgan qattiq, suyuq va gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash qo’zg’atuvchi harorati bilan badan harorati o’rtasidagi nisbat bilan belgilanadi. Masalan, qo’zg’atuvchining harorati badan haroratidan past bo’lsa – sovuqni, agarda yuqori bo’lsa – issiqni sezamiz, his qilamiz.

Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish