3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?



Download 425,7 Kb.
bet18/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
psixolog

Freyd qarashlari. Zigmund Freyd (1856-1939) yillarda yashab ijod qildi.
Inson psixikasini tuzilishini va rivojlanishini o’rganuvchi oqim "Freydizm" deb ataladi. Bu oqim XIX asrning oxirlarida shakllandi. Nevroz kasali mohiyatini Freyd yangicha talqin qilishga urindi. Keyinchalik Freyd va uning shogirdlari ijtimoiy jarayonlarni tushuntirishda psixoanaliz ta’limotini qo’llaydilar. O’z dunyoqarashining shakllanishida Freyd va uning shogirdlari murakkab yo’lni bosib o’tdi.
Inson psixikasida Freyd biri-biridan nisbiy mustaqil bo’lgan tuzilmalarni ajratadi: bular ong osti - u; ongli - men; oliy zot - ego. Freyd fikricha, bu uch tuzilma o’rtasidagi ziddiyat nevroz kasalligiga sababchidir. Inson tug’ilgan kunidan boshlab, bugungi hayoti davomida uning barcha harakatlarining saabblarini Freyd ong ostida yotgan anglanmagan xirsiy hissiyotlar, ya’ni "labido" orqali tushuntirish.
Yosh bolalardagi xirsiy hissiyot ota-ona tomonidan taqiqlanadi, natijada bolalarda nevroz holati paydo bo’ladi.
Jamiyat ahloqiy normalari tomonidan taqiqlangan bu xirsiy hissiyotlar natijasida inson ongida boshqa shaklga kiradi, ularga xos bo’lgan psixik energiya har xil nevroz kasalliklari orqali yuzaga chiqishga harakat qiladi. Bunday irsiy hissiyotlar tug’dirgan nevrozlarni Freyd psixik rivojlanishining notabiiy, zaruriy bosqichi deb hisoblangan. Bunday holatlar katta yoshdagi odamlarda ham uchrashi mumkin. Inson taqiqlangan xirsiy tuyg’ularini ongli ravishda anglasa, uning tuzilishi mumkindir, - deydi Freyd.
Keyinchalik Freyd o’z ijodiga yangi tushuncha "Tanagios" (Azroil - buzg’unchi, o’lim xudosi) ni kiritdi. Bu uning taqiqlangan xirsiy hissiyotlarni chegaralashiga olib keldi.
Freydning madaniyati va jamiyat haqidagi qarashlari.
Freyd ta’limotida "Edip kompleksi" nihoyat katta ahamiyatga egadir.
Bu tushunchaning nomi qadimgi yunon afsonasi tomonidan olingan. Bu afsona bo’yicha fivavenli shox Edip bilmagan holatda o’z onasiga uylandi "intsit" holatining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu afsonani Freyd boshqacha talqin qiladi. Uning fikricha bolalik paytidan boshlab, o’g’il bolani onasiga, qiz bolani otasiga nisbatan xirsiy tuyg’usi shakllanadi.
Freyd yashagan davrga kelib, antropologiya fani xususan Morgan, CHarlz Darvin va boshqa olimlarning tadqiqotlari ibtidoiy qabilalardagi jinsiy aloqalarni har tarflama o’rgana boshladi.
Ma’lum bo’lishicha, eng qadimgi urug’-qabilalarda intseet holatini ya’ni aka va singil o’rtasidagi jinsiy aloqalar keng tarqalgan. Masalan, bunga o’sha davrning miflari dalolat beradi. Qadimgi yunon xudosi Zevs singlisi Geraga uylangan, bolalari go’zallik xudosi Afrodita, onasi temirchiilk xudosi Gefestning xotini bo’ladi va hokazo.
Bunday misollar boshqa xalqlar miflarida ko’p uchraydi.
Intseet holatlari keng tarqalgan qabilalar vaqt o’tishi sayin jismoniy va ruhiy kasalliklarga ko’p uchraydigan bo’lib qoladi.
Bu qabilalarda kasalmand avlodning ko’payishi, qabilalar ichidagi jinsiy aloqalarning taqiqlanishiga olib keladi va bir qabilaning yigitlari boshqa qabilaning qizlariga uylanishi odat tusiga kiradi. Bu insoniyat tarixida birinchi taqiqlanishi yoki siqib chiqarishi edi. Bunday taqiqlanish Freyd fikricha nevrozlarga olib keladi. Masalan: qabilalar o’rtasida urushlar avj oldi. Matriarxat davrida ko’pincha jinsiy aloqalar betartib bo’lgan. Bu davrda oila hali bo’lmagan edi. Farzandlarning faqat onasi ma’lum bo’lgan. Ota tarfdagi qarindosh-urug’chilik deyarli bo’lmagan. Natijada tug’ilgan farzandlar otasi kim ekanligini bilishmagan. Matriarxat davrida intseet holatini qisman bo’lsa ham saqlanib qolingan. natijada jamiyat tarixida ikkinchi siqib chiqarish patriarxat paydo bo’ladi. Bu ijtimoiy tuzimga monogam oila (bir er, bir xotin) xosdir. Bunday oilalarda bolaning otasi ham onasi ham ma’lum.
Qon aralanish tizimi haqidagi nazariya jamiyat tomonidan keskin man etiladi. SHunday qilib, Zigmund Freyz jamiyatining rivojlanishida jinsiy aloqalar va ularning taqiqlanishi katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi.
Patriarxat davrida monogam oilalarda ko’p xotinlik va ko’p erlik jamiyat qonunlari tomonidan man etilgan. Bu esa uchinchi siqib chiqarishga olib keldi, ya’ni g’ayriqonuniy jinsiy aloqalarning rivojiga olib keldi. Bunday aloqalar Freydning fikricha hozirgi jamiyatda ham ko’p uchraydi.
Freydning fikricha inson tabiatida ikki kuch hukmdor. Birinchisi, barcha narsalarni vayron etish tanotos ruhi, ikkinchisi esa hayotga, xursandchilikka intilish kuchidir.
Birinchi kuch inson psixikasida nekrofiliya jarayoniga olib keladi. Nikrofillarga sado-mazoxizm hamda barcha o’lik shakllarga qiziqishi, o’limni kuylash, hayotga va hayotiy jo’shqinlikka nafrat bilan qarash xosdir.
Ikkinchi kuch inson psixikasida ko’proq rivojlangan bo’lsa, ularni gimnafiya, hayotni sevuvchilar deb atashadi. Ularga hayotiy jo’shqinlik va optimizm xosdir.
Sof holatda hayotda bu ikkilik kam uchraydi. Ular asosan aralashgan holda jamiyatda hayot kechiradi. Bunday psixik xususiyatlar ijtimoiy jarayonlarga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, ispan faylasufi Unashuna fashizmni nikrofiliya deb atagan. Fashistlar psixologiyasiga inson hayotiga jirkanch qarash, sadizm keng miqyosdagi qirg’inlar, genotsid xosdir.
Psixoanaliz dinni nevroz sifatida talqin qiladi. Ana shu fikrlarni Freydning "Totem va Tabu" nomli asarida uchratishimiz mumkin. Freyd nevroz kasalliklarining xatta harakatlari bilan diniy marosimlardagi harakatlarning o’xshashligini aytib o’tadi. U nevrozni shaxsning dindorligi deb hisoblasa, dinni esa umumiy nevroz holatini deb hisoblaydi. Dini marosimlarga va aqidalarga Freyd fikricha juda berilib ketishi nevroz holatidagi qo’rquvni eslatadi. Lekin qo’rquv dinda ongli ravishda anglangan va bu xudoning qahri oldidagi qo’rquvdir. Nevroz holatidagi qo’rquv esa ong ostida bo’lib, anglanmaydi. SHu bilan birga diniy marosimdagi harakat bilan nevroz holatidagi harakatning o’xshashligi bilan birga farqi ham bordir.
Freyd diniy afsonalardagi voqealarni tanqid qilib, ularni nevroz holatidagi maniyakal g’oyalarga berilib ketishga o’xshatadi. Bu asabiy kasallar - maniyakal holatlardan diniy afsonalarga ishonishning katta farqi bor. Din asrlar davomida insonlarni mushkul ahvollarga tushib qolganlarida yupatib kelgan. Keyinchalik umidsizlik holatiga tushmaslikka yordam bergan.
Insoniyat dunyoqarashi rivoji davri uch bosqichdan o’tadi: animistik, diniy, ilmiy.
Freydning fikricha, din abadiy emas. U qachonlardir paydo bo’lgan, kelajakda asta-sekin yo’qolib ketadi. Lekin, Freydning qarashlarida ziddiyat bor. U animizm, magiya va totemizmni diniy qarashlarga qarshi qo’yadi. Vaholanki, bu qarashlarning o’zida g’ayritabiiy kuchlarga ishonch yotadi. Bu ziddiyatning sababi Freydning diniy qarashlarga noto’g’ri izoh berishida edi. Freyd uchun din orqali inson qiyofasiga o’xshash xudolarga yoki xudoga ishonchdir. Aslida esa diniy qarashlar qanday qiyofaga ega bo’lmasin, bu g’ayritabiiy ilohiy kuchlarga ishonchdir.
Animizmni Freyd tabiatdagi barcha ruhlarga duolar orqali ta’sir etish deb hisoblaydi va ular dunyoviy dinlardan farq qiladi.
Dinga totemizm, totemizm animizmga ko’ra yaqinroq turadi. Qadimgi jamiyatda yashagan inson hayoti og’ir sharoitlarda o’tgan va ayniqsa tabiiy ofatlar tomonidan u katta talofatlar ko’rgan, ular oldida qo’rquv holatida yashagan. Madaniyat oldida to’rgan katta vazifalardan biri insonning qo’rquv holatidan chiqib ketishiga yordamlashishi va taskin berish edi. Bu vazifani hal etishda berilgan birinchi qadam animistik dunyoqarashning shakllanishi bo’ladi.Animistik dunyoqarashda inson tabiatidagi ruhlarga sig’inib, ularga har xil tortiqlar, qurbonliklar keltirib, ularni o’zlariga moyil qilib olib, xar xil xavf-xatardan xoli bo’ladilar. Ruhlar tabiatini tushunishar ekan Freyd ularni inson ichidagi psixik holatlar, xis-tuyg’ularning ko’rinishi deb atashadi. Insonning salbiy fikr va kechinmalari yomon qora ruhlar qiyofasida aks ettiriladi. Boshqa xis tuyg’ular esa boshqa barcha ruhlar shaklida ko’rinadi.Animizmni Freyd nartsisizm holatiga o’xshatadi. Bu holatda inson "Nartsiss" afsonasidagi qahramonlarga o’xshab, o’z-o’ziga maftun bo’ladi. Animizm davrida afsunlar orqali insonlarni o’z maqsadlariga erisha olishga bo’lgan ishonchni Freyd nevroz kasallarining o’z fikrlar olamini real ekanligiga bo’lgan ishonchi deb hisoblaydi. Lekin Freyd bu masalalarda ibtidoiy davr odamlarini afsunlarga, magiyaga bo’lgan ishonchi bilan birga ularning amaliy faoliyatlarini inobatga olmaydi. Ibtidoiy inson faqat afso’ngarlik orqali emas, balki o’z mehnatini orqasidan tabiatda moslashib, uni o’zgartirib madaniyatini barpo etadi.
Dunyoqarash rivojidagi totemizmni tahlil qilar ekan Freyd unga xos bo’lgan ikki xususiyatini ajratadi.
Birinchisi - har bir qabilaning biron-bir hayvonga sig’inish va uning ruhini qabilaning himoyachisi deb hisoblash:
Ikkinchisi - shu bilan bir qatorda bu hayvonni o’ldirish va iste’mol qilishni man etilganiga qaramay vaqti-vaqti bilan hayvonlarni o’ldirish, yeyish va ulardan kechirim so’rashdir.
Totemizmning kelib chiqishi Freyd fikricha uchta gipotezaga asoslanadi.
birinchisi - bu ibtidoiy qabila bo’lib, yashash bu qabila oqsoqolining qo’pol, cheksiz hukmiga bo’ysunish haqidagi gipotezasi.
Ikkinchisi - Darvin fikrini rivojlantirilgan Anaksiman gipotezasi bo’yicha, oqsoqol hukmiga qarshi chiqqan o’g’illar o’z otasini o’ldiradi va yeb qo’yishadi.
Uchinchisi - Robertson Sminning gipotezasi bo’yicha g’alaba qozongan o’g’illar oqsoqol otasi o’rgatgan hukmronlikdan voz kechadi va o’zaro sulh tuzib, qabilada ekzojamiyatni o’rnatishadi, ya’ni ayollar hukmronligiga o’tishadi. Nufuzli olimlarning bu gipotezalardan voz kechishiga qaramay Freyd ularga asoslandi.
Bu qarashlar uning inson psixikasi g’oyalarini rivojlantirishiga yaxshi xizmat qildi.
Dinning kelib chiqishi masalasi orqali Freyd Freyd inson psixikasi nazariyasini rivojlantirdi. SHu nazariyadan din asoslarini axtardi. O’z otasini o’ldirgan o’g’illar, bunday ahvol o’z boshlariga tushishidan qo’rqib, o’zaro shartnoma tuzishadi. Qabilaning "birinchi ayoliga" hukmronlik tizimini tutqazishadi. O’g’illar o’z qabilasidagi qizlarga uylanishini man etib, boshqa qabiladagi qizlarga uylanish qarorini chiqarishadi. Ular o’z qabilasi uchun topgan ya’ni ota ruhini tanlashadi, shu ruhga sig’inadigan bo’lishadi. Bu yerda Freyd o’g’il psixologiyasidagi ziddiyatni his-tuyg’uni ko’rsatadi. Bir tomondan o’g’illar qattiqqo’l otadan qo’rqishadi g’va nafratlanishadi. Ikkinchi tomondan o’g’illar kuchli otadan fahrlanishadi va unga o’xshashga intilishadi. Qabila oqsoqolini e’zozlash dinga asos bo’ladi. Oqsoqol o’rnini totem egallagan keyinchalik totem o’rnini xudo egallagan. Ko’p yillardan keyin oqsoqolning aybi va zolimligi qabila xotirasidan ko’tarilib ular qalbida faaqt sodir bo’lgan jinoyat aybdorlik hissiyoti saqlanib qoldi.
Keyingi avlodlar esa o’z ongida saqlanib qolgan aybdorlik tuyg’usining sababini ham bilishadi. Qabila oqsoqolini e’zozlashning eng oliy shakli iudaistik monoteizmda rivojlanadi. Muso payg’ambar yangi din yaratar ekan yaxudiylarga faqat o’tmish xotirasini tikladi, hech qanday yangi g’oyalarni yaratmadi, deydi Freyd.
Xristian dinida esa oqsoqolning o’ldirilishini natijasida ongli holda yashirinib yotgan aybdorlik hissiyoti xudo -o’g’il tomonidan o’zini qurbonlikka keltirganligi natijasida olib tashlanadi, xudo otaning nufuzi yo’qolib, uning o’rnini xudo o’g’liga sig’inish egallaydi.
Freyd dinni inkor qilishiga qaramay, o’zining psixoanaliz g’oyalarini asoslash uchun yuzaki isbotlanmagan gipotezalardan foydalanadi. Ularni ham o’zining "libido" ta’limoti orqali tahlil qildi.
Z.Freyd "Ongsizlik ruhiyati" nomli asarida onglilik va ongsizlik holatlarini tahlil qilib beradi.
Uning fikricha bu holatlarni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. CHunki, ongsizlikning ba’zi bir elementlari ongli holatda uchrab turadi.
Ratsionalizm ta’limoti namoyondalari ongli in’ikos sifatida talqin qilsalar, Freyd birinchilardan bo’lib ongni psixik jarayon sifatida talqin qiladi.
Olim ongni quyidagi psixik jarayon sifatida talqin qiladi. Olim ongni quyidagi darajalarga bo’ladi: Men - bu bir psixik tuzilma sifatida, bu tuzilma butun psixik jarayonlarni boshqarib nazorat qilib turadi: onglilik oldi - bu to’liq ongsizlik emas, ya’ni u rivojlanib onglilikka o’tishi mumkin; va nihoyat ongsizlik - bu surib chiqarilgan harakatchan ongsizlikdir. Ongsizlik o’z-o’zidan onglilikka o’tmaydi, u quyidagi darajalardan o’tadi. U quyidagi "Onglilik", " ong oldi" , va "ongsizlik").
Freyd "Men"ini shunday tariflaydi: "Men... biz biron shaxsning ruhiy jarayonlari tuzilmasini tasavvur qilamiz va uni "Men"ini belgilaymiz. Ana shu "men"ga ongdan siiqb chiqarish ham bog’liq". Z.Freydning kuzatishlariga bemorlarning ong ostidagi "men"i ongidagi "Men"ga qarshilik ko’rsatadi. Kasallar ana shu Obyektga yoki hodisaga yaqinlashishni istamaydilar. CHunki ularning "Men"i siqib chiqarilgan edi. Lekin bemorlar ana shu xohlamaslik sababini ochib berolmas edilar. Bemorlar qarshilikning o’zini anglamas edilar. Freyd bundan shunday xulosaga keladiki, "Men" ning tuzilmasida ongsizlik xususiyatlari mavjuddir.
Demak, Freydning fikricha ongdan siqib chiqarilgan hamma narsa ongsizlikdir, lekin ongsizlik siqib chiqarilgan xodisalar bilan aynan bir narsa emas.
Jumladan, ongsizlikning quyi sohalari bir muncha mazmunliroqdir. Ko’pincha ilmiy tilda tushuntirib bo’lmaydigan hodisalar ongsizlik sohasiga tushib qolgandir. Shuning uchun ham Freydning ta’kidlashicha ongsizlikni tadqiq qilishdan voz kechmaslik zarur. Freyd shunday masalani o’rtaga tashlaydi, ya’ni qanday qilib ongsizlikni onglilik darajasiga ko’tarish mumkin? Olim fikricha, ongsizlik emas, onglilik bu hodisalarning yuzaki qismidir. Bizning butun tashqi ichki taasurotlarimiz xissiyotlarimiz ongimiz tomonidan anglanadi. Ular ichki ruhiy holatlar bilan bog’liqdir. Qachonki ular ong bilan bog’lanmasdan yopib qo’yilsa, unda ongsizlikka aylanadi. Ong oldi sohasi taasuroti va hissiyot - ongli bo’ladi, yoki ongsiz bo’ladi. Hissiy qabul qilinganda so’z shakliga kirgandan so’ng onglilik anglanadi. Ong oldi sohasi taasuroti va hissiyotlarga ta’sir etmaydi. Ular yoki ongli bo’ladi yoki ongsiz bo’ladi. Hissiy qabul qilinganda so’z shakliga kirgandan so’ng onglilik anglanadi. Demak, onglilikning asosiy qismi bu tafakkurning mexanizmidir, ya’ni u so’z orqali namoyon bo’ladi. Freyd ta’kidiga "Men" onglilikning yadrosidir, u ong oldi sohasi bilan chambarchas bog’liqdir. Grodden tadqiqotlarini o’rganib Freyd onglilik va ongsizlikni aniqlash uchun ikki tushunchani kiritadi ular "Men" tushunchasi va unga bog’lanadigan og oldi tushunchasidir. "U" tushunchasiga esa onglilikni tashkil etuvchi ongsizlik kiradi "W" sistemasidan chiqayotgan mohiyat ong oldi sohasidan o’tadi va "men" deb nomlanadi, bu mohiyatiga kiruvchi boshqa ongsiz psixik jarayonlarni Grodden fikriga qo’shilgan holda "u" deb atadim. "Men" va "U"ni shunday tushungan Freyd uchun individual anglanmagan ongsizlik sifatida namoyon bo’ladi, uning ustida onglilik yotadi, bu onglilikning markazi "Men"dir. "Men" va "U" o’rtasida chegara yo’q. Ular bir-biri bilan muhim va uning ichidagi hamma kabi munosabatda bo’ladilar. "Men" va "U"ni chegaralash nisbiy xususiyatga egadir. "Men" orqali siqib chiqarilgan narsalar ongsizlik bilan qo’shiladi va ongsizlik orqali yana "Men" qaytib keladi. Men olamning tashqi taasurotlarini o’zida mujassamlashtiradi va "U" ni chegaralaydi. Ayniqsa, lazzatlanishni cheklaydi va uni reallik bilan almashtiradi. Freyd fikricha, "Men" aqlni va tafakkurlashni tashkil eta, "U" esa xirsni (strast) namoyon etadi.
"Men" va "u"ni obrazli ta’riflab, Freyd ularni otga va chavandozga qiyoslaydi: Ot bu egarlangan hirslar, tuyg’ular, ongsizlik sohalaridir. U chavandoz nazaridan chiqib ketishga talpinadi. "Men" bu chavandozdir, u butun kuchini ishga solib otni o’ziga bo’ysundirishga harakat qiladi. Lekin ot shunday yovvoyiki, chavandoz uni ba’zida egarlay olmaydi. Freyd insonning ahloqiy tomonlarini tahlil qilib ongsizlik bu sohalarga ham tegishli ekanligini aytdi. SHunday insonlar uchraydiki, ularda vijdon va o’z-o’zini tanqid ongsizlik darajasida namoyon bo’ladi. Hattoki, aqliy bilim ham ongsizlik darajasida bo’lishi mumkin. Masalan, ayrim olimlar o’z kashfiyotlarini tushlarida ochganlar.
"Men" tushunchasidan tashqari yana "Oliy men" ham mavjud, deydi. Freyd "Men" da "Oliy men" bo’lish xohishi mavjud. "Men" "U" ga murojaat qilib, "U"ning baxti bilan o’zini aynanlashtiradi. "Men" ongsiz xirsni "Men"ning o’ziga qarab yo’naltiradi, agar "Men" libido Obyektini, Nartsiss libidosi bilan almashtirganda "Men" yagona muhabbat Obyektiga aylanishini istaydi. Ongsiz "Men"ning yaxshiligini yo’qotadi, ko’pgina "Men"chalarga bo’linib ketadi. Freyd fikricha "Men"ning ideali xirs Obyektiga ota yoki onada ham bo’lishi mumkin. Freyd "Edip kompleksi" tushunchasini ochishga harakat qildi. Bu tushuncha orqali ota yoki onaga o’xshashni ochib berdi. Edip kompleksida ikki variant uchraydi, o’g’il otaga o’xshashini xoxlaydi. SHunday u otasining erkaklik tomonlarini o’zida mujassamlashtiradi. O’g’il onaga o’xshashni xohlaydi va o’zida ayollik tomonlarini mujassamlashtiradi. Ota yoki onaga o’xshashlik ijobiy va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. "Salbiy holda u rashkni keltirib chiqaradi. "Oliy men" yoki "Ideal men" Freyd fikricha - biznin g ota-onamizga bo’lgan munosabatimizdir. Biz go’dakligimizda ularni bilamiz, xayratlanamiz va qo’rqamiz. Natijada ularni ichimizga singdiramiz" Freyd shunday xulosaga keladiki: "Oliy Men" ota-onaga bo’lgan munosabatdir. Ana shu "Oliy Men" hamma dinlarning asosini tashkil etadi, xudo ota qiyofasida namoyon bo’ladi. "Oliy men" edim kompleksi "libido"sini ongsizlikka siqib chiqarganligi shubhasizdir .
Aynan ota-onaga bo’lgan hissiy intilish ongsizlikka aylanadi. "Oliy Meni"da ota-onaga bo’lgan ma’naviy muhabbatda mujassamlashadi.
"Oliy men" dagi ota-onaga o’xshashlik, Freyd ta’limoti bo’yicha ma’naviy xususiyatga egadir. Bu albatta tabiiy holdir, chunki Freyd insonning ilohiy tomonini inobatga olmaydi. Neofreyydizmning yana bir vakili K.G.Yung (1875-1961) Freyd ta’limotini boshqacha yo’nalishda rivojlantirdi. K.Yung o’zining "Psixologik ishlar" nomli asarida inson ongi va ongsizlikka mansub bo’lgan masalalarni falsafa tarixi, she’riyat diniy madaniy yodgorliklar yordamida ko’rib chiqdi, ularni yangicha talqin qismiga harakat qildi. Bu asar K.Yungning nihoyatda chuqur qomusiy bilimga egaligini namoyon qildi. Uning psixologik tahlilini falsafiy mulohazalar va falsafiy dunyoqarash darajasiga ko’tarilganligini yaqqol ko’rsatdi .
Falsafa tarixidagi ilk bor sxolastik oqimlarini tahlil qilib, Yung ikki xristian ilohiyotchisi psixologik holatini ochib berdi. Birinchi - jilt bu o’rta asr xristian dinining mashxur analogenlaridan biri- Termulliandir.
Ikkinchi tin o’sha davrning yana bir mashxur vakili Eriugendir. o’zining nihoyatda yuqori darajada rivojlangan intellektual bilimidan voz kechib, uni ichki iloxiy xissiyotga almashtiradi. Eriugen esa o’z intellektual bilimidan voz kechmadi, lekin o’zining jinsiy a’zosini olib tashlab, xirsiy xissiyotdan butunlay voz kechdi.
Yung bu ikki psixologik holatini yagona libidoning har xil shakllaridir deb ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish noto’g’ri deb hisoblaydi. Yungning bu fikri libidagi tushunishda Z.Freydning ta’limotida "Oliy Men" ota-onaga bo’lgan munosabat bilan aynanlashtirilgan. Yung esa libidani faqat xirs bilan cheklamasdan psixik energiya sifatida oladi.
Uzoq chet el psixologlarining shaxs tuzilishining mohiyatini ochib berishga qaratilgan ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yeritish uchun keskin o’zgarish kiritilmadi. G.Ollport, G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs «kundalik turmushimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir», deb ta’riflanadi.

13-14- Diqqat.


Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ular samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’ektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo’la oladi.
Diqqat muayyan ob’ektga to’planishi ko’p jihatdan insonning his-tuyg’usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog’liqdir.
His-tuyg’ular va emotsional holatlar diqqatning ob’ekti bilan uzviy bog’langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. His-tuyg’ular, emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko’tarinki tarzda namoyon bo’lsa, demak diqqat ham shunchalik ob’ektga mustahkam qaratiladi. Hislar, emotsiyalar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo’raytiradi. Insonning amaliy va aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilikni payqash hissi odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktivlashtiradi), shu bilan birga, diqqatning ob’ektga uzoqroq to’planishini ta’minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta’sir etadi. Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga salbiy ta’sir etib, uning tashqi ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo’yadi. Ana shuning oqibatida diqqat chalg’iydi, bo’linadi, parishonlik namoyon bo’ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan ob’ektga yo’naltirilishi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan ob’ektda to’planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko’p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog’liq. SHu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi, ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o’lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta’minlab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani muhim rolь o’ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo’lishi diqqatni to’plashdagi qiyinchiliklarning oqibati bo’lib hisoblanadi.
Diqqatning ob’ektga to’planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog’liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadga, uning natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvosita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik ma’lumotlarning tahliliga ko’ra, diqqatning ob’ektga to’planishi va mustahkamlanishi ko’zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifatining ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta’minlab turiladi. Faoliyat maqsadini anglash o’z ish-harakatida kishi diqqatining yuksak darajada mujassamlanishini ta’min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir.
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Agar diqqatning manbai ongimizdan tashqarida bo’lsa tashqi deb ataladi. Masalan, shofer, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar bunga misol bo’la oladi. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir.
Dominanta (lat. dominans–hukmronlik qiluvchi) –muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo’zg’atuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan qo’zg’alish markazi. Dominanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo’ladi. Dominanta markaziy nerv tizimiga kelgan har qanday qo’zg’alish, impulьslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o’z faoliyatini yana kuchaytiradi.
1. Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarini ishlash printsipini tashkil qiladi. Dominanta diqqatning fiziologik asosidir.
Nerv jarayonlarining induktsiyasi-oliy nerv faoliyatining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari o’rtasidagi o’zaro munosabat: MNSining biror markazida qo’zg’alish paydo bo’lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo’zg’alishning kelib chiqishiga sabab bo’lishdan iborat qonuniyat.
Nerv tizimi jarayonlarning kontsentratsiyasi- markaziy nerv tizimidagi qo’zg’alish yoki tormozlanish jarayonlarining vaqt o’tishi bilan dastlabki paydo bo’lgan uchastkasiga to’planish qonuni.
Diqqatning ko’lami-bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo’lgan ob’ektlarning miqdori.
Diqqatning ko’chuvchanligi-faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga ko’chirilishi. Diqqatning ko’chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pulьt boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning taqsimlanishi-diqqatning bir vaqtning o’zida bir qancha ob’ektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o’qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi-diqqatning o’z ob’ektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyati.
Parishonlik-diqqatni ma’lum bir ob’ektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati sifatida gavdalanishi ham mumkin. Parishonlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik hisoblansa, ikkinchisi diqqatning muayyan ob’ekt ustiga kuchli to’plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko’ra kelib chiqishi ham mumkin.
Kasbga xos diqqat-ma’lum bir kasbda ko’p yil ishlash natijasida shu kasbning talabalari va ob’ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko’cha harakatini boshqaruvchining diqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markazlashuv xususiyatlarini talab qiladi.
Ixtiyoriy diqqat- ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan ob’ektga yo’nalishi va unga to’planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat- diqqatning muayyan ob’ektga avvalo ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Diqqat chalg’ishi-ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob’ektdan boshqa bir ob’ektga ixtiyorsiz ravishda o’tib turishidan iborat salbiy xususiyati.
Diqqatning hajmi-diqqatning bir vaqtning o’zida qamrab olishi mumkin bo’lgan mustaqil ob’ektlar miqdori bilan belgilanadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil ob’ektga tengdir. Diqqatning ob’ektlari o’rtasida qanchalik yaqin bog’lanishlar mavjud bo’lsa, uning hajmi shunchalik kengdir va aksincha.
Diqqat ob’ekti- ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo’naltirilgan va faol to’plangan narsa yoki hodisa. Diqqat ob’ekti faqat ob’ektiv narsalar emas, balki sub’ektiv hodisalar, o’z his-tuyg’ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo’lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat- ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan ob’ektga yo’naltirilishi va unga to’planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat ob’ektlari narsa va hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Diqqatsizlik-diqqatni ob’ektga yo’naltira va to’play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Diqqatning o’zgarib turishi- idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan minutiga 25-30 marta ham o’zgaradi. Diqqatning o’rtacha o’zgarish-tebranish chastotasi 2-3 sekundga tengdir.
Ko’ruv diqqati-narsa va hodisalarni ko’ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo’ladigan diqqat turi.
Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat-ongimizning muayyan ob’ektga ixtiyorsiz ravishda yo’naltirilsa-da, uning ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to’planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to’plangan ob’ektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy diqqatga aylanishi.
Ichki diqqat-ongimizning o’z sub’ektiv taassurotlarimiz, his-tuyg’ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Tashqi diqqat- ongimizning ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo’naltirilish, ularda faol to’planadigan diqqat turi.
Retikulyar formatsiya- bosh miya tepa qismidagi (uzunchoq miya, Voroliev ko’prigi, o’rta miya) nerv hujayralari bo’lib, ular o’z tuzilishiga ko’ra, qalin to’rni eslatadigan o’simtalarga egadir. Ko’zg’ovchilar ta’sir ostida turli retseptorlardan bosh miyaga signallar olib boradigan sezuvchi nervlarning o’simtalari. R. F. ga tutashgan bo’lib, mavjud singal R. F. ni ham qo’zg’aydi. R. F. da xos bo’lgan qo’zg’alish, o’z navbatida, bosh miya qobig’idagi turli markazlarni qo’zg’aydi. Bosh miyadagi qo’zg’alish esa R. F. ning faoliyatini yo kuchaytiradi, susaytiradi. Demak, R. F. ning har bir hujayrasi sezgi organidan ko’p signallar qabul qilib olib, bosh miya va orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir ko’rsatib turadi.
Bedor holat- bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining qo’zg’alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. SHaxs bedor holatidagina ma’lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.
Qo’zg’alish markazi-markaziy nerv tizimining qo’zg’alish jarayoni ro’y bergan uchastkasi.
Oliy nerv faoliyatining alohida reaktsiyalari bo’lmish orientir reflekslar to’g’risidagi I. P. Pavlov ilgari surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun muhim hissa bo’lib qo’shildi, chunki «bu nima?» refleksisiz diqqatning tabiatini ochish mutlaqo mumkin bo’lmas edi. I. P. Pavlovning «bu nima?» refleksi haqidagi g’oyasi ixtiyorsiz diqqatning g’ayritabiiy (refleksiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. I. P. Pavlovning fikricha, biz paydo bo’layotgan siymoga nigohimizni qaratamiz, eshitilgan tovushga quloq solamiz, dimog’imizga urilgan hidni zo’r berib yutamiz.
I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning ta’limotlariga binoan diqqatning holatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida hukm suruvchi qo’zg’aluvchanlik bilan uyg’unlikka egadir.
I. P. Pavlovning taxminiga ko’ra, vaqtning har bir lahzasida miya qobig’ida qo’zg’alish uchun ancha qulay (senzitiv) va maqbul sharoitga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi u yoki bu qism hukm suradi. Alohida ajratib ko’rsatiladigan mazkur qism nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniyatiga binoan vujudga keladi. Bosh miya qobig’ining biron-bir qismida to’plangan (markazlashgan) nerv jarayonlari induktsiya qonuniga muvofiq boshqa uchastkalarni tormozlanishga olib keladi. Qo’zg’alishning eng optimal markazida yangi shartli reflekslar vujudga keladi, differentsiallash esa muvaffaqiyatli amalga oshadi. Qo’zg’alishning optimal o’chog’i o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega. I. P. Pavlov ta’kidlab o’tgan och rangli «dog’» optimal qo’zg’alish o’chog’i markaziga mos keladi, uning harakati to’g’risidagi fikr esa diqqatning intensivligini ta’minlashning fiziologik omili hisoblanadi. I. P. Pavlovning qo’zg’alish markazining bosh miya po’sti bo’ylab harakat qilish yuzasidan ilgari surgan g’oyalari, gipotezalari va bashoratlari keyinchalik N. M. Livanovning eksperimental tadqiqot materiallari bilan to’la isbotlandi.
Diqqatning fiziologik asosini tushunib yetishda A. A. Uxtomskiyning ilmiy ishlari katta ahamiyatga egadir. Muallif diqqatning fiziologik mexanizmlari to’g’risida tadqiqot o’tkazib dominanta printsipini kashf qiladi. A. A. Uxtomskiyning nuqtai nazaricha, miya po’stida qo’zg’alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi hukm suradi. Olimning dominantaga baho berishga ko’ra, u yuksak darajadagi qo’zg’alish markazi konstellyatsiyasi (muayyan holati) dir. Dominantaning hukmronlik xususiyati shundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi vujudga kelayotgan markazlari faoliyatini cheklash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki zaif qo’zg’atuvchilarni o’ziga tortadi va ana shu yo’l bilan ularning hisobiga kuchayadi, muayyan darajada ustunlikka erishadi. A. A. Uxtomskiyning fikricha, dominanta qo’zg’alishning barqaror markazidir. SHuning uchun dominanta tushunchasi diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini ilmiy jihatdan dalillash uchun xizmat qilishi turgan gap.
A. A. Uxtomskiyning ta’rifiga binoan, dominanta- bu bir davrning o’zida ana shu markazda yuz beradigan reaktsiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron qo’zg’alish o’chog’idir. Uning fikricha, dominantalar vujudga kelgan paytda bosh qo’zg’alish o’choqlari, ya’ni»subdominantalari» nisbatan kuchsiz qo’zg’alish o’choqlari mutlaqo yo’qolib ketmaydi, balki ular o’zaro qo’shilib, dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Mazkur qo’zg’alish o’choqlarining o’zaro kurashishi natijasida subdominanta dominantaga aylanishi yoki oldingi dominanta esa subdominanta bilan o’rin almashishi mumkin hukmron qo’zg’alish o’chog’i hisoblangan dominanta diqqatni muayyan ob’ektga yo’naltirishi, to’planishi, mustahkamlanishi, barqarorlashning fiziologik asosidir.
SHunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari to’g’risida mulohaza yuritilganda fan olamida ikkita ta’limotning mohiyatiga to’xtaladi. Ushbu ta’limotlarning birinchisi (I. P. Pavlov qalamiga mansub) diqqatning fiziologik asosi qo’zg’alish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobig’ining ayrim uchastkalarida to’planishi natijasida optimal qo’zg’olish o’chog’ining hosil bo’lishi va ayni vaqtda manfiy induktsiya qonuniga binoan miya qobig’ida boshqa nerv markazlarining ma’lum darajadatormozlanishidir. Ikkinchisi esa A. A. Uxtomskiyning dominanta nazariyasi talqinidan iboratdir. CHunki dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo’zg’aluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan qo’zg’alish markazidir. Dominanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo’ladi. U markaziy nerv tizimiga kelgan har qanday qo’zg’olish, impulьslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o’z faoliyatini yana kuchaytiradi.
Hozirgi zamon psixofiziologiya fanida miyaning spetsifik bo’lmagan tizimiga oid turli tuzilishidagi diqqat holatlarining retikulyar formatsiya, talamuz, gipotalamuz va gippokamplarga aloqasi haqida anatomik, fiziologik va klinik ma’lumotlar mavjuddir. Ular to’g’risidagi mulohazalar keyingi sahifalarda beriladi.
Hozirgi zamonda diqqatning neyrofiziologik mexanizmlarini tadqiq etish, ko’p jihatdan psixik jarayonlar kechishini tanlovchanlik xususiyatiga bog’liqdir. U faqat qo’zg’alishing optimal darajasi mavjud bo’lgan miya po’stining uyg’oq (tetik) holati orqaligina ta’minlanishi mumkin. Miya po’stining uyg’oqlik darajasi po’stda zarur mexanizm (tonus) bilangina ta’minlanib, bosh miyaning tepa stvolida normal munosabatni saqlovchi ko’tariluvchi retikulyar formatsiyani aktivlashtirish faoliyati bilan uyg’unlikka egadir.
Diqqat turlicha sifat ko’rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko’rinishlarini diqqatning sifati yoki diqqatning xususiyatlari deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, ko’chishi, taqsimlanishi va ko’lami shular jumlasiga kiradi. Diqqatning har xil sifatlari bir-birlariga bog’langandir. Diqqat asosiy xususiyatlarining o’zaro bog’liqligi tufayli hosil bo’lgan murakkab funktsional strukturasi bilan belgilanadi.

Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish