27 –kasuz Muloqot maʼlumot, fikr yoki gʻoyaning bir odamdan boshqasiga uzatilish yoʻli boʻlib, u odamlar orasida va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni oʻrnatish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Muloqot samarali boʻlishi uchun uchta asosiy omil talab qilinadi: vosita, sabab va imkoniyat.
(1) huquqshunoslar faoliyatida muloqotning samarali tashkil etilishidagi omillarni konkret biror misol yordamida koʻrsatib, uning vositasi, sabab va imkoniyatlarini sharhlab bering.
Psixologiyada psixologik ta’sirning professor V.Karimovaning fikricha, uch vositasi farqlanadi:1. Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimiz. Asosiy vosita bu yerda so’zlardir. Nutq-bu so’zlashuv, o’zaro muloqot jarayoni bo’lib, uning vositasi-so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o’zidagi barcha so’zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.2. Paralingvistik ta’sir-bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni ko’chaytiruvchi yoki so’saytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko’chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formo’lasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.
2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir.
3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin.
4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.
5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Muloqot imkoniyatlari –bu shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni yuzaga kelishida va goya va fikrlar almashuvida yuzaga keluvchi shaxslar uchun yaratilgan yoki yuzagaa kelgan muloqot qilish imtiyozdir. Misol uchun Interaktiv muloqot bu shaxslarning huquqiy savodhonligini oshirish imkoniyatidir. O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” qonuniga asosan davlat organlari, ish beruvchilar va nodavlat notijorat tashkilotlarining shu jumladan, kasaba uyushmalarining o‘zaro hamkorligi natijasida yurtimizda tinchlik va barqarorlik xukm surmoqda.
Jannatmonand O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlariga jahon ahli tan bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida, “Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish xuquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart”, deb alohida qayd etilgan.
Ayniqsa, yangi tahrirdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida fuqarolarning muhim xuquqlaridan biri hisoblangan “murojaat etish xuquqini” ro‘yobga chiqarishda alohida axamiyat kasb etadi. Yangi qonunda fuqarolarning va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilishi tartibi va uni ko‘rib chiqish mexanizmi yanada takomillashtirilgan.
Kundalik turmushimizga va mehnat faoliyatimizga jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i, elektron va mobil aloqalarning qulay tizimi fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonuniylik va oshkoralikni ta’minlashga hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Soha xodimlari va kasaba uyushma a’zolarining yozma, og‘zaki va elektron shakldagi murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, shuningdek ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va savodxonligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining veb-saytida interaktiv muloqot (savol-javoblar) rukni tashkil etildi. Endilikda har bir kasaba uyushma a’zosi o‘zi uchun qulay bo‘lgan sharoitda va o‘zi tanlagan shaklda, har qanday huquqiy masala bo‘yicha Respublika kengashiga erkin murojaat qilish imkoniyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |