3.Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri
Zamonaviy mutaxassislar oldiga qo’iladigan eng muxim masalalardan biri — malakali kadrlar sifatida o’zligini, o’z qobiliyatlari, intellekti, shaxsiy fazilatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mehnatini okilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko’rsatishdir. Bu o’rinda inson ruhiyati qonunlarini o’rganuvchi psixologiya fanining o’rni benihoya katta. Yosh avlodni yangi ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash OO’Yuda ta’lim olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlar tayyorlashning ham yangicha usullari talab etilmokda. Yangi pedagogik texnologiya usullarini mukammalashtirish va amaliyotga tadbiq etish davr talabidir. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, oldimizda hozirgi kunda oliygoxlarda talabalar bilim olishlari uchun, sohani chuqur egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish vazifalari turibdi. Gap fikr yuritish operatsiyalarini faollashtirish, aqliy faoliyatni faollashtirish xususida borar ekan, biz eng avvalo, e’tiborni talabalarning yo’nalganligini aniklashga qaratishimiz lozim. Yo’nalganlik shaxsning atrof muhitda ro’y berayotgan voqea, hodisalarga nisabatan munosabatlar majmui bo’lib, faoliyat sifatini belgilab beradi. 102 Xatti - harakatlar tuzilishining shakllanishiga ta’sir o’tkazadi (yangi extiyojlar, maqsadlar, motivlar). Bu o’rinda ustanovkalar ham alohida axamiyatga ega. O’qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida muhim ahamiyatga ega va chukur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar uzlashtriladi. Faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini kanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatni amalga oshrish va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma’noga ega. Motivatsiya-inson hulq-atvori, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxe hulkini, ya’ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yulida?» degan savollarga javob kddirish — motivatsiyani qidirish demakdir. Shaxsning jamiyatda odamlar orasida xulki va o’zini tutish sabablarini o’rganish tarbiyaviy axamiyatga ega bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farklanadi. 1. Ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qizikishlar va h.k.). 2. Tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlar. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chikishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir. Shaxs hulq-atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiya deb ham ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanilishi yoki anglanmasligi mumkin. Ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o’zi tushunib etmaydi. «Nega?» degan savolga «o’zim ham bilmayman», deb javob beradi. Bu anglangan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |