51
9-chizma.Memorial-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi
10-chizma. Ixchamlashtirilgan shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi
Boshlang‘ich hujjatlar
Kassa
kitobi
Analitik
hisob
registrlari
Memorila orderlar
Bosh kitob
Moliyaviy hisobot shakllari
Boshlang‘ich hujjatlar
Kassa
kitobi
Xo‘jalik
operatsiyalarini qayd etish
jurnali
Qaydnoma-
lar
Bosh kitob
Moliyaviy hisobot shakllari
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
52
11- chizma. Kompyuterlashtirilgan shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash
tartibi
5.Kartochkalar - bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va
alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda
ma’lum shaklda tayyorlangan registrlar. Ularga misol etib ombor hisobi kartochkasini,
xodimning shaxsiy scheti kartochkasini, avtomobillar ishi hisobi kartochkasini va
boshqalarni keltirish mumkin.
6.Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va
dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot
registrlari. Mashinogrammalar buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shaklini
asosini tashkil etadi.
Turli hisob registrlariga asoslangan buxgalteriya hisobining turli shaklida
ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va jamlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega
(8,9,10,11- chizmalarga qarang). Shuning bilan birga barcha hisob shakllarida
ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish va jamlash quyidagi umumiy ketma ketlikda amalga
oshiriladi :
1.Barcha yuz bergan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xo‘jalik
operatsiyalari schetlarga ochilgan analitik va sintetik hisob registrlarida (hisobotlar,
qaydnomalar, jurnal-orderlar, memorial -orderlar) xronoligik tarzda qayd etiladi. Ko‘p
martalab yuz beradigan operatsiyalar dastlab jamlovchi qaydnomalarga o‘tqaziladi,
ularning jamlangan ma’lumotlari esa oy oxirida jurnal-orderlarga (memorial-
orderlarga, analitik hisob mashinogrammalariga ) o‘tqaziladi.
Boshlang‘ich
axborotlar
Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish
Ma’lumotlar bazasi
Natijaviy ma’lumotlarni chiqarishga mo‘ljallangan
rejimlar bo‘yicha ishlash
va ularni shakllantirish
Analitik hisob
mashino-
grammalari
Sintetik hisob
mashino-
grammalari
Moliyaviy hisobot
shakllari
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
53
2.Jurnal-orderlar,
memorial-orderlar,
analitik
hisob
mashinogrammalari,
qaydnomalarning yig‘ma ma’lumotlari Bosh kitobga o‘tqaziladi.
3.Bosh kitob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning
boshqa shakllari tuziladi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga buxgalteriya hisobini yuritishda soddalashtirilgan
shaklni qo‘llash ruxsat etilgan. O‘zbekiston Respublikasida ushbu hisob shaklining
registrlari, ularni tuzish tartibi 20-son BXMS bilan belgilangan. Boshqa turdagi
korxonalar buxgalteriya hisobini o‘zlarining hisob siyosatlarida ko‘rsatilgan shaklda olib
boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: