190
ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab
chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida
Nizom»ning «Ma’muriy –boshqaruv harajatlari» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan.
Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi
schyotlarning
kreditida
(0200,0500,1000,5110,5010,6710,6520,6990
va
boshqa
schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9420- schyotning debetida to‘plangan summa uning
kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u
yopiladi.
•
9430 “Boshqa operatsion harajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit)
schyotning debetida yil maboynida sotish va boshqaruvdan tashqari umum faoliyatga
doir davr harajatlari (moddiy yordam, kompensatsiyalar, mol-mulk, ekolgiya, yer, suv va
boshqa davr harajatlariga olib boriladigan soliqlar, pesiya fondiga va yo‘l fondiga
majburiy ajratmalar , mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar
va boshqa shu kabi
operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq
turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Boshqa operatsion
harajatlar» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu
schyotning
debetida
va
bu
harajatlarni
ifodalovchi
schyotlarning
kreditida
(1000,5110,5010, 6400,6710,6520,6990,9210,9220 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi.
Yil oxirida 9430- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi
moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
•
9440 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”-
ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonani kelgusi
faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi
texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa
shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan
harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va
sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» nomli 2- ilovasida
to‘lig‘icha keltirilgan. Ushbu turdagi davr harajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi
10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi.
Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi
schyotlarning kreditida (1000,5110,5010,6010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks
ettiriladi. Yil oxirida 9440- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va
9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlarini o‘zgarishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 “ Kelgusida soliq bazasidan
chegiriladigan hisobot davr harajatlari” schyotida belgilangan muddat ichida aks ettirilib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: