11.5.Favqulotdagi zararlarning hisobi
21-son BHMSga muvofiq favqulotdagi zararlarning hisobi 9720 “Favqulotdagi
zararlar” schyotining debetida hisobga olinadi. Bunda favqulotdagi xodisalardan
ko‘rilgan zararlarni ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va
boshqa schyotlar kreditlanadi. Yil oxirida 9720- schyotning debetida to‘plangan summa
uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu
asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |