3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Kassadagi pul mablag‘larining hisobi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/570
Sana01.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#303937
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   570
Bog'liq
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

6.2.Kassadagi pul mablag‘larining hisobi 
 
Kassadagi  pul  mablag‘larining  hisobi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 
tomonidan  tasdiqlangan  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  Vazirligi  tomonidan  1998 
yil  17  dekabrda  565-tartib  raqami  bilan  ro‘yxatga  olingan  «Yuridik  shaxslar  tomonidan 
kassa  operatsiyalarini  oshirish  Qoidalari»ga    va  ularga  kiritilgan  o‘zgartirishlar  va 
qo‘shimchalarga  muvofiq  olib  boriladi.  Ushbu  me’yoriy  hujjatga  asosan  xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar   kassa xo‘jaligini tashkil etishlari lozim. Kassa xo‘jaligi o‘z ichiga 
quyidagi elementlarni oladi: 

 
Kassa  bo‘yicha  moddiy  javobgar  shaxs,  ya’ni  kassir,  u  bilan  moddiy  javobgarlik 
to‘g‘risida tuzilgan  shartnoma; 

 
Tegishli  xavfsizlik  vositalari  bilan  ta’minlangan  va  jihozlangan  kassa  xonasi.  
Ushbu xonaning eshik va  derezalariga  temir panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, ichida  temir 
seyflar, signalizatsiya va o‘t o‘chirish anjomlari  bo‘lishi zarur; 

 
Kassa bo‘yicha hujjatlar tizimi, ya’ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari, 
ularni qayd etish jurnali va boshqalar. 
Kassaga  pul  mablag‘lari  turli  manbalardan  kelib  tushadi,  masalan  bankdan,  savdo 
shahobchalaridan,  korxona  xodimlaridan  va  boshqa  manbalardan.  Barcha  hollarda  pul 
mablag‘lari  kassaga  «Kirim  kassa  orderi»  hujjati  asosida  qabul  qilinadi.  Ushbu  barcha 
korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan hujjat buxgalteriyada tuziladi, 
unga  kirim    va  chiqim  kassa  orderlarini  qayd  etish    jurnali    bo‘yicha  tartib  raqami 
beriladi. Kirim kassa orderi chap va o‘ng tomonlarga bo‘linadi. Uning chap tomoni kirim 
kassa  orderi  deb  atalib,  unda  pul  mablag‘larining  kimdan,  qachon,  nima  maqsadda  va 
qancha  miqdorda  olinganligi  ko‘rsatiladi.    Hujjatning  o‘ng  tomoni  kirim  kassa  orderiga 
kvitansiya  deb  ataladi  va  unda  ham  chap  tomondagi  yozuvlar  bir  xil  mazmunda  aks 
ettiriladi.  Kirim  kassa  orderi  bosh  hisobchi  va  pulni  qabul  qilib  olgan  kassir  tomonidan 
imzolanadi.  Hujjatning  chap  tomoni  kassirda  qoladi,  o‘ng  tomoni  esa  pulni  topshirgan 
shaxsga beriladi.  
Kassadan  pul  mablag‘lari  turli  maqsadlarda  chiqim  qilinadi,  masalan  ish  haqi, 
nafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi  
va  boshqa  maqsadlarda  olingan  pullar  bankdagi  korxonaning  hisob-kitob  schyotiga  
topshiriladi. Barcha hollarda pul  mablag‘larining kassir bo‘ynidan soqit etilishi «Chiqim 
kassa orderi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat ham hamma korxonalar uchun 
yagona shakl va mazmunga ega. Unda qachon, kimga, nima uchun , qancha miqdorda pul 
berilganligi, olgan shaxsning  haqiqatda pulni qanday hujjat asosida olganligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxona rahbari, bosh hisobchi, kassir va pulni 
olgan  shaxs  tomonidan  imzolanadi.    Hujjatlar  sonini  ko‘paytirib  yubormaslik  uchun 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
131 
kassadan  ish  haqi,  mukofat  pullari,  nafaqalar,  safar  harajatlari  va  boshqalar  oldin 
kassadan    qaydnomalar  asosida  berilishi,  shundan  so‘ng  ularning  umumiy  summasiga 
bitta  chiqim  kassa  orderi  tuzilishi  mumkin.  Bunday  hollarda  chiqim  kassa  orderlarida 
ushbu  qaydnomalarning  tartib  raqamlari,  qaydnomalarda  esa  –  chiqim  kassa  orderining 
tartib  raqami  ko‘rsatiladi.  Barcha  chiqim  kassa  orderlariga  kirim  va  chiqim  kassa 
orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqamlari beriladi.  
Kirim va chiqim kassa orderlarida tuzatishlar, bo‘yab yozishlar, bitta tartib raqamini 
takrorlanishi mumkin emas.  
Kirim  va  chiqim  kassa  orderlari  asosida  kassir    «Kassa  kitobi»ni  yuritadi.  Ushbu 
kitob tikilgan, nomerlangan, korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolangan va 
korxona muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Kitobning har bir varag‘i ikki qismdan 
iborat bo‘lib, o‘ng qismi chap qismining tagiga bukiladi, ular o‘rtasiga nusxa o‘tqazuvchi 
qog‘oz  qo‘yiladi.  Kassir  kitobning  chap  qismiga  davr  boshiga  kassadagi  pul 
mablag‘larining qoldig‘ini, keyingi qatordan boshlab oldin kirim kassa orderlari bo‘yicha 
qabul  qilingan  pul  mablag‘larini,  keyin  esa  chiqim  kassa  orderlari  bo‘yicha  pul 
mablag‘larini  chiqimini  alohida  ustunchalarda  ko‘rsatadi.  Barcha  kirim  va  chiqim  kassa 
orderlari  yozilgach,  kirim  va  chiqim  summalari  jamlanadi.  Kitobning  so‘ngida  kassir 
davr  oxiriga  kassada  qolgan  pul  mablag‘larining  qoldig‘ini,  shu  jumladan  tarqatilmay 
qolingan  ish  haqi  summasini,  yozadi.  Kassa  kitobining    o‘ng  tomoni    yirtib  olinadi  va 
hisobot  sifatida  barcha  kirim  va  chiqim  hujjatlari  bilan  birga  imzolanib  buxgalteriyaga 
topshiriladi.  Kassirning  hisoboti  buxgalter  tomonidan  tekshirib  qabul  qilinadi, 
hisobotning  oxirgi  qismida  unga  nechta  kirim  va  chiqim  hujjatlari  kiritilganligi  yoziladi 
va    imzolanadi.  Kassa  kitobida  ham  boshqa  kassa  hujjatlari  kabi  bo‘yab  yozishlar, 
tuzatishlar  mumkin  emas.  Buzilgan  kassa  kitobining  varaqlari  qayta  yoziladi,  buzilgan 
varaqlar kitobda saqlanishi kerak. 
Buxgalteriyaga  topshirilgan  kassa  hisoboti  va  unga  ilova  qilingan  boshlang‘ich 
hujjatlar  kassadagi  pul  mablag‘larining  sintetik  va  analitik  hisobi  registrlarini  (  1-son 
jurnal-order va 1-son qaydnomani) yuritishga asos bo‘ladi. 
Chet  el  valyutasi  bo‘yicha  kassa  operatsiyalari  yuz  bergan  hollarda,  ularga  doir 
muomalalar  alohida kassa kitobida qayd etiladi.  
Kassadagi  pul  mablag‘larining  sintetik  hisobini  yuritish  uchun  21-  son  BHMS  da 
5010  «Milliy  valyutadagi  pul  mablag‘lari»  va  5020  «Chet  el  valyutasidagi  pul 
mablag‘lari»  schyotlar  ko‘zda  tutilgan.  Ushbu  aktiv  schyotlarning  debet  tarafida  pul 
mablag‘larining  qoldiqlari  va  davr  maboynidagi  kirimlari,  kredit  tarafida  esa    ularning 
chiqimlari  aks  ettiriladi.  Ushbu  schyotlar  bo‘yicha  asosiy  buxgalteriya  yozuvlari 
quyidagilardan iborat bo‘ladi. 
 
 Tar-tib  
raqami 
Operatsiyaning mazmuni 
Debet 
schet 
Kredit 
schet 
Yozuvga asos 
bo‘luvchi hujjat 
1. 
Pul mablag‘larining tushumi: 
-bankdagi hisob-kitob schyotidan 
-valyuta schetidan 
-ta’sischilardan olinganda 
-hisobdor shaxslardan olinganda 
 
-kredit olinganda 
-qarz olinganda 
- qaytarilmaydigan moliyaviy yordam  
 
5010- 
5020 
 
 
 
5110 
5210 
4610 
4220- 
4230 
6810 
6820 
9380 
 
Kirim 
Kassa 
Orderi  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
132 
-sotishdan olinganda  
 
-xodimlardan qarzni qoplanishi 
-ortiqchalar evaziga 
-maqsadli mablag‘lar 
 
9010-
9030 
4730 
9390 
8810-
8890 
 
2. 
Pul mablag‘larini chiqimi: 
-hisob-kitob schyotiga topshirilsa 
-valyuta schetiga topshirilsa 
-kredit qaytarilsa 
-qarz qaytarilsa 
-ish haqi berilsa 
 
-safar harajatlari bo‘yicha qarz berilsa 
-xo‘jalik zaruriyatlariga berilsa 
-ish haqi hisobidan avans berilsa 
-safar harajatlari uchun avans 
-nafaqa berilsa 
-kelgusi davr uchun sarflansa 
 
-inkassatorlarga topshirilsa 
-kamomad chiqsa 
 
 
5110 
5210 
6810 
6820 
6710-
6720 
 
6970 
9420 
4210 
4220 
6520 
3110-
3190 
5710 
4730 
 
5010-
5020 
 
Chiqim kassa 
orderi 
 
Kassada  turli  pulli  ekvivalentlar  (  markalar,  biletlar,  yo‘llanmalar  va  boshqalar  ) 
saqlanishi  mumkin.  Bunday  pulli  ekvivalentlarning  hisobi  mahsus  5610  «  Pulli 
ekvivalentlar» schyotida hisobga olinadi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   570




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish