Ish haqini berish tizimlari. Xodimlarga ish haqini berishning ikkita tizimi mavjud:
•
Avansli tizim – ushbu tizim asosan vaqtbay ishlovchi xodimlar uchun
qo‘llaniladi. Unga muvofiq to‘liq ishlagan xodimlarga hisobot oyning birinchi yarimi
uchun belgilangan ish haqining 50 foizigacha avans beriladi. Avans kassadan to‘lov
qaydnomalariga asosan beriladi.
•
Avanssiz tizim –ushbu tizimda ish haqi bo‘yicha korxonaning qarzi faqat hisobot
oyi tugagandan so‘ng to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.
Bankdan ish haqi uchun olingan pul mablag‘lari kassadan olingan kundan boshlab
uch kun ichida tarqatiladi. Ushbu muddatda olinmagan ish haqi