3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


 O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi qonunchilik



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/252
Sana06.05.2023
Hajmi1,37 Mb.
#935754
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   252
 
4. O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi qonunchilik 
Mustaqillikning ilk yillaridan O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi va 
raqobat siyosatining huquqiy-me’yoriy bazasini yaratish vazifasi belgilab olindi. 
Bu boradagi birinchi me’yoriy hujjat bo‘lib 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi 
qonuni hisoblanadi.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli 
o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 
dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va 
g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va 
huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat
munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan. 
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, 
monopoliyaga qarshi taribga solishning printsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u 
mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik 
mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda 
tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan 
monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi 
belgilab qo‘yilgan. 
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishni taqiqlamay, balki bozorda 
uning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga 
qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar hatti-harakatiga qarshi 
o‘rnatilgan. 
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid 
hisoblanadi: 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining 
suiste’mol qilinishi; 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


106 
- xo‘jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro 
kelishilgan hatti-harakatlari); 
- boshqaruv barcha darajalaridagi hokimiyat organlarining raqobatni 
cheklashga yo‘naltirilgan hatti-harakatlari; 
- nohalol raqobat. 
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida 
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni xalqaro 
analoglar asosida tuzilgan, biroq, bu qonun amalga oshirilayotgan muhit 
rivojlangan mamlakatlar sharoitidan tubdan farq qilib, uning bajarilishiga ta’sir 
ko‘rsatadi.
Qonunga ko‘ra bozor ulushi 65%dan yuqori bo‘lgan korxonalar ustun 
mavqega ega hisoblanadilar. Bozor ulushdagi ustunlikning 35-65% darajasi 
bozorning barqarorligi, raqobatchilarning nisbatan ulushi, tarmoqqa kirishda 
to‘siqlarning mavjudligi va boshqa shu kabi qo‘shimcha omillarni tahlil qilish 
orqali aniqlanadi. 
Taqqoslama tahlil shuni ko‘rsatadiki, korxonani ustun mavqega ega deb 
hisoblanishi uchun bozor ulushining «etalon» hajmi mavjud bo‘lmay, har bir 
mamlakat uni o‘z mezoniga ko‘ra aniqlaydi. Masalan, bu ulush Polsha va 
CHexiyada – 40%, Vengriyada – 25-30%, Rossiyada – 35-65%, AQSHda – 
70%, Kanadada – 35%, yevropa Ittifoqida – 40-50%. AQSH, Kanada, yevropa 
Ittifoqi va boshqa qator mamlakatlar qonunida bozor ulushlari ko‘rsatilmagan, 
ustunlik esa pretsedent huquq asosida aniqlanadi. 
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, huquqiy shaxslarning birlashmalari 
(uyushmalar, assotsiatsiyalar, kontsernlar va h.k.) uchun assotsiatsiyalashgan 
subyektlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashuv taqiqlanadi. Biroq, amalda tashkil 
etilgan birlashmalar, odatda ilgari amal qilgan tarmoq vazirliklarining 
davomchilari bo‘lib, hozirgi vaqtda ularga xom ashyo resurslarini, 
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni taqsimlash, mahsulotlarni sotish va 
boshqa vazifalarning yuklatilishi ko‘pincha raqobat muhitining rivojlanishini 
sekinlashtirib qolmay, balki ularning yaratilishiga to‘sqinlik ham qilmoqda. 
Ularning amal qilishi kichik va o‘rta biznesning xom ashyo resurslariga, valyuta 
mablag‘lariga bo‘lgan imkoniyatini cheklash orqali to‘siqlar qo‘yishi jiddiy 
salbiy holat hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi 
siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning tovar 
bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va 
unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu 
maqsadda monopolist-korxonalar Davlat reestri yuritiladi. Ushbu reestrlarga 
ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan korxonalar 
kiritiladi. Reestrga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mahsulotlarining 
narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi 
moliya organlarida deklaratsiyadan o‘tkazishlari shart. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


107 
Dastlab monopolist-korxonalar Davlat reestrida faqat alohida xo‘jalik 
yurituvchi subyekt bozordagi tovarlarning ulushi miqdoriy ko‘rsatkichi bo‘yicha 
monopolist korxonalar tarkibiga kiritilar edi. Bu o‘rinda bozorning sifat 
jihatidan tarkibi, xususan, raqobat muhitini yarata olishga layoqatli bo‘lgan 
o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning mavjudligi hisobga olinmay, bunday 
yondoshuvni to‘g‘ri deb hisoblash mumkin emas edi. Shunga ko‘ra, qonunda 
tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
mezonlarini yanada aniqroq belgilab, ularni monopolistlar toifasiga kiritishda 
ham miqdoriy, ham sifat ko‘rsatkichlaridan foydalanish zarur edi. 
Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib 
borish, kichik va o‘rta tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investtsiyalarining 
kirib kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog‘ining oshishi va 
boshqa omillar ta’sirida ko‘pgina monopolist korxonaning tovar bozorlaridagi 
ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda. Agar 
1999 yilning 1 oktyabr holatiga reestrda 716 xo‘jalik yurituvchi subyekt 1924 
turdagi mahsulot, ish, xizmat bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2003 yilning 1 
yanvar holatiga 386 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish 
va xizmat)lar turlari bo‘yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1 
yanvariga kelib monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, 
monopol mahsulotlar soni esa 17 barobarga qisqardi. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish