Asosiy tayanch tushunchalar Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi.
Iqtisodiy sikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi
boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati.
Turg‘unlik (depressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini
anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart–sharoitlarning vujudga
kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi.
Jonlanish – iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib
borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi.
Yuksalish – iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishilishi,
ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga
layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari
rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat.
Agrar inqirozlar – qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar
bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq
davr davom etadi.
Inflyatsiya – qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi.
Ishsizlik – mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan
ta’minlanmagan ishchi kuchi.
Friktsion ishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar
bo‘shashini kutayotganlar.
Tarkibiy ishsizlik – ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar
natijasida vujudga keladigan ishsizlik.
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda
vujudga keladigan ishsizlik.
Ishsizlik darajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati.
Ouken qonuni – ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi
o‘rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1.
Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo‘llari qanday?
Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?
2.
Iqtisodiy siklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining o‘ziga xos
belgilarini ko‘rsating.
3.
Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. siklli tebranishlar vujudga kelishining
sabablarini ko‘rsating.
4.
Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
173
5.
Iqtisodiy sikl asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini
ko‘rsating.
6.
Iqtisodiy siklning oqibatlarini baholang.
7.
Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
8.
Talab va taklif inflyatsiyalarining grafikdagi ko‘rinishlarini tasvirlang va
izohlang.
9.
Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering.
10.
Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?
11.
Ishsizlikning tabiiy darajasi nimani anglatadi va u qanday tartibda
aniqlanadi?
12.
Ouken qonunining mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?
13.
Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com