1-jadval
O’zb
е
kistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi
2004
2005
2006
2007
2008
Ko’rsatkich-
lar
mlrd.
so’m
foiz
mlrd.
so’m
foiz
mlrd.
so’m
foiz
mlrd.
so’m
foiz
mlrd.
so’m
foiz
Jami
daromadlar
7634,4 100,0 9728,6 100,0 12954,9 100,0 16872,7 100,0 22626,3 100,0
shu jumladan:
-m
е
hnatga haq
to’lash va
korxonalardan
olingan boshqa
daromadlar
2057,0
26,9
2860,2
29,4
3857,1
29,7
5417,5
32,1
7534,6
33,3
-mol-mulk,
tadbirkorlik,
qishloq
xo’jalik
mahsulotlarini
sotishdan
olingan
daromadlar
4593,7
60,2
5448,0
56,0
7135,8
55,1
8786,9
52,1
11290,5
49,9
-ijtimoiy
983,7
12,9
1420,4
14,6
1962,0
15,2
2668,3
15,8
3801,2
16,8
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
202
transf
е
rtlar
Jami
xarajatlar va
jamg’armalar
7561,1 100,0 9533,0 100,0 12680,7 100,0 16572,8 100,0 22240,7 100,0
shu jumladan:
-ist
е
’mol
sarflari
5871,8
77,7
6911,4
72,5
9538,9
73,6
12409,8
73,5
16613,8
74,7
-majburiy
to’lov va
badallar
598,7
7,9
667,3
7,0
895,8
6,9
1123,1
6,7
1445,6
6,5
-jamg’armalar-
ning o’sishi
1090,6
14,4
1954,3
20,5
2246,0
17,4
3039,9
18,0
3803,2
17,1
Manba: O’zb
е
kiston R
е
spublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
2008 yilda aholining ist
е
’mol sarflari 2007 yilga nisbatan 36,1 foizga o’sib,
16613,8
mlrd. so’mni tashkil etdi. Ist
е
’mol sarflarining pul daromadlari umumiy
hajmidagi ulushi 74,7 foizni tashkil qildi.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun
zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda
kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida
aniqlash mumkin.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari
tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1.
Tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar.
2.
Hayot kechirishning sanitar-gigiyena jihatidan sharoitlari.
3.
Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.
4.
Turar joy sharoitlari.
5.
Ma’lumot va madaniyat.
6.
Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7.
Aholining daromadlari va xarajatlari.
8.
Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.
9.
Transport vositalari.
10.
Dam olishni tashkil etish.
11.
Ijtimoiy ta’minot.
12.
Inson erkinligi.
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid
ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM,
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri
keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to‘plami mehnat sharoiti,
ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni
o‘z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining
alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini
mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada
(aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv
turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
203
keladigan yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil
qilish imkonini beradi.
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash
iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir
qator turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta’minlangan
byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va
aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi
bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini
takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik
minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida
chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb
ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol
savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr
qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat
buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining
mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar
xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |