3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. Boshqаruv faoliyatida muomala qilish madaniyati. Boshqаruv faoliyatida nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari



Download 372,5 Kb.
bet10/21
Sana15.06.2022
Hajmi372,5 Kb.
#674314
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
2 5226770462435973392

Muzokara-
larning


tashkiliy
qismini


aniqlashtirish:



      1. o'zga tomon delegasiyasini kutib olish va joylashtirish




      1. madaniy dam olish dasturini ishlab chiqish




    1. sovg’a-salom va yodgorliklar




    1. yakuniy ziyofat




  1. delegaciyalarni kuzatish

Muzokara davomida yolg’on ishlatish.

Quyida keltirilgan belgilar suxbatdoshimiz yolg’on gapirayotganligini aniqlash uchun axborot manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin:



    • Ko’p gapirish, aniq matinning kuzatilmasligi;

    • Javob berishdan avval uzoq sukut saqlanishi cho’zib va past tovushda gapirish;

    • Ichki zo’riqish;

    • Nomunosib qo’l hati-harakatlari;

    • Tabiiy bo’lmagan yuz ifodasi.

    • Yuzning notabiiy qizarishi yoki oqarishi;

    • Ko’z qorachig’ining nihoyatda kengayishi;

    • Ko’zni suxbatdoshdan olib qochish;

    • Tez-tez kiprik qoqish;

    • Ishonchsizlikni ifodalovchi qo’l harakatlari;

Muzokara davomida yolg’on ma’lumot berish ob’ektiv mezonga zid keluvchi, lekin shunga qaramay, ko’p uchrab turadigan holdir. Muzokaradagi u yoki bu tomonning yolg’on ishlatish sabablarini tahlil etmagan holda, yolg’onga berilmaslik va unga qarshi turish imkoniyatlari haqida to’xtalib o’tamiz. Ma’lum psixologik qonunlar mavjudki, ularning inson ruhiyatida amal qilishi yolg’onga berilish ehtimolini kuchaytiradi. Jumladan quyidagilarni kiritish mumkin: obro’-e’tiborga ega shaxs bilan muloqatda unga shubxasiz ishona boshlaymiz. O’zga shaxs bizga qanchalik yoqimli bo’lsa, uning ma’lumotini shunchalik ishonch bilan qabul qilamiz va aksincha biz yoqtirmagan kimsaning ma’lumotini shubxa ostiga olamiz va ishonqiramay qaraymiz. Odamning bilim saviyasi va aqliy salohiyati qanchalik yuqori bo’lsa, u hayotga shunchalik ishonch bilan qaraydi, u mushohadaga moyil, vaziyatlarni mustaqil ravishda tahlil qila oladi va yolg’on ta’siriga kamroq beriladi.
Shuni unutmaslik lozimki, har bir insonda ushbu ko’rsatkichlarning namoyon bo’lishi o’ziga xos tarzda o’tadi. Odamni bilmay turib, u yoki bu belgiga qarab talqin berish mumkin emas.
Ko’rsatilgan belgilarga asoslanishdan avval o’zga kimsa bilan qisman bo’lsa ham oddiy muloqot sharoitida bo’lish lozim.
Samarali muzokarani tashkil etishda tanlangan guruh ahamiyatga ega. Tanlangan guruh bu muzokara qoidalariga, talablariga va yo’nalishlariga oldindan o’rgatilgan guruhlardir. Bu guruhlar muzokara uchun asosiy yo’nalish beruvchi, masalani hal etuvchi va eng asosiysi muzokarani boshqaruvchi hisoblanadi.
Ko’p hollarda muzokara yakuni hal qiluvchi to’xtamlar bilan tugallanishida oldindan tayyorlangan tanlangan guruhlar asosiy rolni ijro etadilar. Bu guruhlar faol trening kurslari orqali shakllantiriladi. Turli masalani hal etishga qaratilgan muzokara sharoitlarida faollashtiriladi.
Bu guruh tarkibida axborot yig’uvchi (informator), emotsional ta’sir ko’rsatuvchi va yakuniy ijrochi kabi rollar mujassamlashadi. Bu uch rol birgalikda muzokara mazmuniga ta’sir ko’rsatadi. Muzokarada moderatorlik qiluvchi shaxs muzokara guruhidagi bu uch rol axborotlariga suyangan holda faoliyat olib boradi.
Samarali muzokarani amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri – muzokara guruhidir. Oqilona tashkil etilgan muzokarada kamida uch kishi qatnashishi o’rinli. Muzokaradagi birinchi shaxs rahbar bo’lib, suhbat davomida asosiy faoliyatni o’z qo’liga oladi. Ikkinchi ishtirokchi esa o’zga tomon vakillarining psixologik holatini talqin qiladi, ularning manfaatlarini o’rganadi, ular nimani ta’kidlashyapti-yu, nimada o’z so’zlariga qarshi chiqishayotganini aniqlaydi va x.k.
Umuman olganda, kuzatuvchilik vazifasini o’tayotgan xodimning vazifasi o’zga tomon vakillarining qanchalik samimiyligi darajasini aniqlashdan iborat. Kuzatuvchi bergan ma’lumotlar nafaqat o’zga tomon, balki rahbarning aniq-noaniq harakatlari borasida ham bo’lishi maqsadga muvofiq, ya’ni rahbar kuzatuvchidan o’z xatti-harakati o’rinliligi yoki asosiy maqsadga zid borayotgani haqida ma’lumot olib turadi. Guruh rahbari oradagi tanaffusdan foydalanib kuzatuvchidan ma’lumot oladi va muzokara jarayonini o’zgartirish yoki takomillashtirish uchun asos yaratadi. Guruhning uchinchi a’zosi esa muzokara jarayonidagi ahamiyatli qismlarni yozma qayd etadi, protokol olib boradi. Ikki yordamchi bergan ma’lumot asosida rahbar eng maqbul qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ma’lumki, har qanday muzokara tanishish, kontakt o’rnatishdan boshlanadi. Muzokara jarayonining boshlanishidayoq o’rnatilgan hissiy muhit ko’p jihatdan uning keyingi bosqichlarida o’z aksini topadi va har bir tomon ushbu muhitni ijobiylashtirishga alohida e’tibor berishi lozim. Axir, muzokaraning bo’zilishi ko’rsatkichlaridan biri ayni shu muhitning sovuqlashuvi bilan ifodalanadi.


Muzokara qiyin o’tayotgan vaziyatdagi asosiy shartlardan biri – keyingi uchrashuv uchun ham «oq yo’l» qoldirishdir. hatto o’ylangan natijaga erishilmagan taqdirda ham, bizdan keyingi delegatsiya muzokara olib borishi uchun imkoniyat qoldirishimiz zarur. Mo’zokarlarni ta’minlovchi muhit haqida o’ylar ekanmiz, o’zga tomon vakillariga xos bo’lgan xususiyatlar haqida iloji boricha to’la ma’lumotga ega bo’lish lozim.
Ma’lumki, turli millat yoki jins, yoki yosh vakillari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bu xususiyatlarni muzokara oldidan bir bor qayd etish suhbatni ko’zlangan maromda olib borish imkonini beradi. hozirga kelib, xalqaro munosabatlar mavzusiga tegishli adabiyotlarda turli xalqlarga xos bo’lgan milliy psixologik xususiyatlar haqida ko’plab ma’lumotlar yozilgan.
Bunday manbaalar bilan tanishish, yoki o’zga guruhga oid yosh, jins, kasb mavzusidagi psixologik bilimlarni qayd etish muzokara boshlanishi chog’idayok ijobiy muhitni yaratishga katta ko’mak bo’ladi.
Uchrashuv natijalari ko’pincha suhbat olib borish uslubiga va muzokaralar qurishning metodologik asosiga bog’liq. Psixologik nuqtai nazardan, anchagina malakali tartibda o’tadigan muzokara turi «maqsadga yo’nalgan muzokara» deb, ataladi. Bunday muzokaraning asosiy mohiyati – ob’ektiv me’yorlarga asoslangan qaror topish maqsadida suhbat uchun maqbul sotsial-psixologik sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Bunda, ob’ektiv me’yorlar sifatida yo’riqnomalar, huquqiy qonunlar va imzolangan shartnomalar ishtirok etadi. Muzokara olib borishning bu turi ish mohiyatiga qat’iy yondoshish va uchrashuv ishtirokchilariga nisbatan esa iltifotli munosabatda bo’lishni nazarda tutadi. Maqsadga yo’nalgan muzokaralar qo’yilgan maqsadlarga erishish va shu bilan birga insoniy munosabatlarni saqlab qolish imkonini beradi.
Maqsadga yo’nalgan muzokaradagi asosiy tamoyillardan biri – tomonlarning muammoga qarashi, masalaga bo’lgan munosabati yuzasidan baxs olib borilmaydi, balki tomonlarning muammoda ifodalangan manfaatini aniqlash va uni qondirish yo’l-yo’rig’ini izlashdan iboratdir. Muzokara jarayonida asosiy diqqat-e’tibor nizodagi tomonlar pozitsiyasiga emas, balki bahs predmetiga qaratiladi. Bahs predmeti, uni hal etish asosiy va yagona masaladir. Muzokara uch natijaga erishilganda muvaffaqiyatli deb hisoblanishi mumkin: oqilona kelishuv, vaqtni tejash, tomonlar o’rtasidagi munosabatning yaxshilanishi (hech bo’lmaganda yomonlashmasligi).
O’zga tomonning qarashini, ularning fikrlash uslubi va masalaga munosabati ustida bahs olib borish o’zganing e’tiqodi va nafsoniyatiga putur etkazish bilan barobardir, bunday vaziyatda esa muzokaraning o’zilishi muqarrardir. Demak, muzokara qarashlar o’rtasidagi kelishmovchilikni emas, balki turli manfaatlar o’rtasidagi kelishmovchilikni hal etishdan iboratdir. Muzokara olib borar ekanmiz, muammoni muhokama etishda qat’iy turishimiz va ishtirokchilar bilan munosabtlarda esa yumshoq bo’lishimiz kerak.
Muzokara tashkil etilishida uchrashuv kimning hududida o’tishiga katta e’tibor beriladi. Mehmonni kutib oluvchi tomon qator shartlarni amalga oshirish bilan birga, o’z xududida ma’lum imtiyoz va qulayliklarga ham ega bo’ladi. Shuning uchun ham, xuddi sport musobakasi kabi o’z hududida o’tayotgan uchrashuvdan rahbar maqsadga erishish yo’lida iloji boricha ko’proq foydalanib qolishi lozim. o’zga tomon hududida muzokara olib borishning ham o’z xususiyatlari bor. Bu esa avvalambor, mexmonlik mavqeidan foydalanish va hatto natijasi qoniqarsiz bo’layotganda muzokarani yanada o’zoqroq muddatga cho’zish imkoniyatidir.

Download 372,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish