Uch, ucha ber, ucha ber,
Go 'zal bog‘cham - gulshanda.
Sira ozor bermayman,
Sevgim, fikrim ham sanda.
Kapalakjon, kapalak;
Do 'st bo 'laylik ikkimiz,
To'xta, so 'zlayin andek!
(„Karalak” ).
Zafar Diyor bahorni sevgan, go‘zal ko‘klam oshig‘i bo‘lgan shoir edi. U o‘z
ijodida bahor mavzuiga qayta-qayta murojaat qilgan va bu haqda rangBarang
she’dar uozgan shoirdir. Vu o‘ynoqi, quvnoq she’rlarda u to‘la ehtiros bilan
bahomi quchar, quyosh nurini simirib ichar, bahor gullarini asalariday to'yib-to'yib
hidlar va bol - ilhom yig‘ar edi. Bahor haqidagi she’rlarining birgina ro‘yxatiyoq
uning bu mavzuga qanchalik oshiq bo‘lganini yaqqol ko‘rsatuvchi dalildir. «Bahor
yaqin», «Navbahor», «Bahor keldi», «Bahor», «Bahor keldi, o‘rtoqlar!»,
«Gunafsha» va hokazo...
Zafar Diyor bugungi o‘zbek bolalar dramaturgiyasi taraqqiyotiga ham
barakali hissa qo‘shdi. U bolalar hayoti haqida «Baxtli yoshlik», «Yosh
vatanparvarlar”, «Omonat», «Uch og‘ayni» kabi qator dramalar yozdi.
O‘zbek bolalar nasrini rivojlantirishga ham Zafar Diyor o‘z hissasini
qo‘shgan yozuvchilardan. Uning «Jo‘natish», «Cho‘pon qizi», «Nojo‘yaliklar»
kabi hikoyalari shular jumlasidandir.
Zafar Diyor bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi.
U bolalaming talab-ehtiyojlari hamda orzu-tilaklarini, turmushini, ruhiyatini
puxta bilganligi uchun bolalaming yoshiga, ong-tushunchasiga moslab, g‘oyaviy-
badiiy jihatdan pishiq asarlar yaratdi.
Zafar Diyor turli yoshdagi bolalarning tilini yaxshi o‘rganib, ular uchun
sodda, ravon, shirali tilda, o‘ynoqi vaznlarda ohangdor, ta'sirchan she’rlar yozdi.
Shoir o‘zining qo‘shiq va she’rlarida hamda boshqa asarlarida yosh
kitobxonlami ulug‘ yurtimizning behisob boyliklari bilan faxrlanishga, kelgusida
yaxshi hayot bunyod etishlari uchun astoydil kurashuvchi, ongli, madaniyatli,
vatanparvar kishilar bo‘lib yetishishlari uchun a'lo baholar bilan o‘qishga
chaqiradi. U yosh avlodni mehnatga muhabbat bilan qarashga, rostgo'u va
intizomli bo‘lishga undadi, ularda vatanparvarlik, do‘stlik tuyg‘ularini o‘stirishga
katta e’tibor berdi. Uning asarlari davr bolalari va yoshlari uchun zavq bag‘ishladi,
ulami o‘qish-o‘rganish va kamol topish uchun kurashga rublantirdi.
O‘zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga she’r, qo‘shiq, doston va
ertaklari bilan juda katta hissa qo‘shgan Zafar Diyoming asarlarini bolalar hamon
sevib o‘qiydilar va yuksak qadrlaydilar.
Shukur Sa’dulla (1912 - 1972). Shukur Sa’dulla 1912- yilning
yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. 1924- yilda
Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil ko‘rdi, so‘ngra Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston davlat universitetida o‘qidi.
Shukur Sa’dullaning birinchi she’rlar to‘plami 1932- yilda „Hayqiriq“ nomi
bilan bosilib chiqdi. Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va
mulohazalari shoirni yanada chidam, qunt bilan ijod qilishga, o‘z ustida ko‘proq
izlanishga, eng muhimi, hayotni o‘rganishga va shu asosda ijod etishga chorladi.
Sh.Sa’dulla butun umri davomida bunga amal qildi. Qirq yildan ortiqroq hayotini
badiiy ijodga bag‘ishlagan san’atkorning „Uch ayiq“, „Ayyor chumchuq“ (1935-
1936), „Yoriltosh“ (1939), „Ikki sandiq“ (1942), „Sen nima qilding?“, (1942),
„Shohista“ (1944), „Shirin kun“ (1946), „She’rlar“ (1955), „She’r va ertaklar“,
(1957), „Dastyor qiz“ (1960), „Sening alboming“ (1962), „Ozoda“ (1969),
„Komandirning boshidan kechirganlari“ (1962), „Kachalpolvon“ (1963), „Ism
qo‘yilmagan xat“, „Sening bayraming“, „Mening aziz bolalarim“ va boshqa
kitoblari bosilib chiqdi.
Dramaturg Shukur Sa’dullaning „Yoriltosh“, „Gulxan“, „Bizning
bog‘chamiz“, „Dalada bayram“, „Vatan ishqi“ (dramaturg Z.Fatxullin bilan
hamkorlikda yozilgan), „Ikki bilaguzuk“, „Zubayda“, „Afsona yaratgan qiz“
‘yesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi. Quvnoq va jo‘shqin asarlar kuychisi
bo‘lgan Shukur Sa’dulla o‘zining juda ko‘p she’r, qo‘shiq, ertak, ertak-doston,
pyesalarini kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlagan.
Shukur Sa’dulla tabiat kuychisi sifatida e’zozlanadi. Shoir so‘lim bahorni
ko‘pgina she’rlarida qalamga olar ekan, kichik yoshdagi bolalarda olamni
tushunish qobiliyatini shakllantirishga katta e’tibor beradi. Odatda, boychechak
juda erta ochiladi. U qor erib-erimasdanoq ko‘zga tashlanadi:
Ochildimi boychechak,
Endi har yon gul demak,
Chunki bahor elchisi —
Shu mitti gul — boychechak.
Bahor boshlangach, tez-tez yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘ir tabiat husniga husn
qo‘shadi, odamlar ruhini yengillatadi. Shukur Sa’dulla „Yomg‘ir yog‘aloq“
she’rida yomg‘ir ona tabiatni gulga burkashi bilan birga, ekin-tekinlar uchun ham
koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga yetib boradigan darajada quvnoq va
sho‘x misralarda ifodalaydi:
Yomg‘ir yog‘aloq,
Chiqar kamalak.
Yam-yashil o‘tloq,
Yomg‘irdan foyda
Endi ekinlar
Maysaga, donga.
Chiqarar quloq...
Yurt serob bo‘lar
Yomg‘ir tinganda,
Oq bug‘doy, nonga.
Shukur Sa’dulla „To‘rt fasl“ she’rida yil fasllarining o‘ziga xos
xususiyatlarini shoirona timsollar yordamida yoritadi. Ularning jozibasi, tabiatga
alohida ko‘rk bag‘ishlashi, insonlar qalbiga ta’siri xususida bolalarbop xulosalar
chiqaradi. She’rda bahor fasli shunday tasvirlanadi:
Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi: — Do‘stlar, qish odosh.
Ko‘rsak, yo‘l qora bulut,
Yer yuzi ko‘k gilam — o‘t.
Shoir Vatanimizning boyligiga boylik qo‘shayotgan dasturxonimizni
bezovchi noz-ne’matlarni yetishtirayotgan kishilarni zo‘r muhabbat bilan ajoyib
misralarda ulug‘laydi:
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda...
Poliz to‘la bodring,
Bog‘bon, tez uzib bering!
—Sabr qiling siz andak,
So‘yib beray handalak.
Shukur Sa’dulla yoz faslini ulug‘lash bilan birga, kuzning ham o‘ziga xos
fazilatlarga to‘laligini, tabiatning oltin davri ekanligini obrazli tasvirlaydi:
Quyosh tushar taftidan,
Qo‘rqib qishning aftidan.
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
Barg to‘kadi daraxtlar.
Hosil yig‘ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Shoir qishning ham o‘ziga xos gashti borligini, kishilarda zavq-shavq
uyg‘otishini lirik bo‘yoqlarda ko‘rsatadi:
Dala-dashtda tindi ish,
Xuddi yozday, bahorday —
Keldi mehmon bo‘lib qish.
Iliq kuzgi nahorday —
Qish emas, u — qorbobo,
Qor yog‘ar kecha-kunduz,
Sovg‘alari bor bobo...
Suv sovqotib kiygan muz.
Shukur Sa’dulla “Egizaklar“, “Sen menga do‘st, men senga do‘st“,
„Hovlimizning bolalari“ kabi qator she’rlarida do‘stlik g‘oyalarini ilgari suradi.
Shoirning asarlarini bolalar hozir ham darsliklarida sevib o‘qiydilar. „O‘yin“,
„Lola va mushuk“, „Bahor keldi“, „Vatanim“, „Dastyor qiz“, „Ozod diyor“, „To‘rt
fasl“, „Qush tili“ kabilar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |