3-mavzu: Zafar Diyor va Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Sulton Jo‘ra va Hakim Nazirning hayoti va ijodi. Sulton Jo‘ra hayoti va ijodi tahlili. Hakim Nazir hayoti va ijodi tahlili. Reja



Download 457,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.12.2021
Hajmi457,98 Kb.
#81147
1   2   3   4
Bog'liq
3-maruza

 

Tayanch  tushunchalar:  she`rlarda  musiqiylik,  badiiy  tasvir,  janr  rang-

barangligi, badiiy xususiyat. «Mamlakat», «Kazbek», «Tilsiz o‘rtoq», «Madriddan 

kelgan mehmon».  

 

                                               

Zafar  Diyor  1912-yilda  Namangan  viloyatining  hozirgi  Chust  tumanidagi 

Samsoqtepa  qishlog’ida  dehqon  oilasida  tug’ildi.  1916-yilda  Zafarlar  oilasi 

Toshkent  shahriga  ko’chib  keladi.  Zafarning  otasi  dala  ishlarida,  onasi  esa 

bosmaxonada mehnat qilardilar. Bo‘lajak shoir 1923- yilda eski usuldagi maktabga 

o‘qishga kiradi va 1925- yildan boshlab 7- bolalar uyida tarbiyalanadi. 1927- yilda 

Zafar  to’liqsiz  o’rta  maktabni  bitiradi  va  Samarqanddagi  Narimonov  nomli 

pedagogika  texnikumiga  o’qishga  kiradi.  Texnikumda  o’qib,  ko’proq  ilm-fan 

sirlaridan  bahramand  bo’lishga  harakat  qiladi.  Uning  dastlabki  she’riy  mashqlari 

bilim 

yurti 


devoriy 

gazetasi 

sahifalarida 

ko’rina 


boshlaydi. 

Yigirmanchi  yillar  oxiri  va  o’ttizinchi  yillar  boshlarida  hozirgi  „Tong  yulduzi» 

gazetasida,  „Yosh  kuch“  va  boshqa  bolalar  jumallarida  ilk  she’rlari  chop  etila 

boshladi.  Zafar  Diyorning  birinchi  she’ri  yosh  shoirlaming  „Qurilish  kuylari» 

to’plamida bosilib chiqdi.o’p o’tmay, uning birinchi she’rlar to’plami „Qo’shiqlar“ 

nomi bilan 1933- yilda nashr etildi. U Toshkent davlat pedagogika oliygohining til 

va  adabiyot  fakultetiga  kirib,  o’qishni  davom  ettiradi.  O’zbek  hamda  qardosh 

xalqlar yozuvchilari asarlarini qunt bilan o’rganadi.  




Zafar  Diyor  1933-  yilda  texnikumni  bitirib,  o‘qituvchi  bo‘lib  ishlay 

boshlaydi. Ayni vaqtda badiiy ijod bilan shug‘ullanib, qator asarlar yaratadi. Uning 

she’rlari, hikoya va ocherklari gazeta va jurnallarda bosilib turadi. 

1934-  yilda  Zafar  Diyor  Samarqanddan  Toshkentga  kelib,  hozirgi  „Sharq 

tongi" gazetasining adabiyot va maktab bo‘limida adabiy xodim, keyinroq „Sharq 

tongi" gazetasining mas'ul kotibi bo‘lib ishlaydi. 

U  1941-46-  yillarda  hozirgi  „O‘zbekiston  ovozi"  gazetasida  mehnat  qildi. 

Toshkent  davlat  pedagogika  institutining  til  va  adabiyot  fakultetiga  kirib  o‘qishni 

davom  ettirdi,  o‘z  bilimini  oshirish ustida qunt  bilan ishladi, xalq og‘zaki ijodini, 

o‘zbek va sharq klassiklarining asarlarini sevib o‘rgandi. 

Shoir  iste’dodining  kamolga  yetishuvidagi  yana  bir  muhim  hayotiy  asos 

o‘sha  davrdagi  adabiy  muhit  bilan  bog‘liqligidir.  G‘afur  G‘ulom,  Oybek,  Hamid 

Olimjon,  Abdulla  Qahhor,  Shayxzoda,  G‘ayratiy,  Sobir  Abdulla,  Yashin,  Uyg‘un 

kabi  zabardast  san'atkorlar  ana  shu  muhitning  ajoyib  vakillaridan  edilar.  Zafar 

Diyor  o‘z  ijodida  hamkasblaridan  ibrat  olmasligi  va  shundan  kelib  chiqib  ijodga 

katta mas'uliyat bilan yondashmasligi mumkin emas edi. 

Zafar  Diyorning  asarlari  yosh  kitobxonlarni  uzoq  vaqtdan  beri  o‘ziga  rom 

etib, avloddan  avlodga  o‘tib, yoshlar tarbiyasida  muhim  vositaga  aylandi. Shoirni 

yosh  kitobxonga  aziz  va  yaqin  qilgan  narsalardan  biri  shuki,  u  butun  aqli, 

qobiliyati,  qalam  kuchini  yosh  avlodga  qaratgan,  bolalarning  shodlik  va 

tashvishlari,  orzu-intilishlarini  sezgirlik  bilan  anglab  ko‘ngilga  joylagan,  dilini 

dillarga  payvand  etgandi.  Bolalar  yozuvchisi  uchun  lozim  bo‘lgan  hamma 

xususiyat — nozik ta'b va o‘tkir didlik, haqiqiy pedagogcha donolik va soddadillik

g‘amxo‘rlik, murabbiycha hushyorlik va bag‘rikenglik jamul jam bo‘lgan bu inson 

haqiqatan  ham  tug‘ma  bolalar  shoiri  edi.  Uni  bolalarga  yaqinlashtirgan  yana  bir 

xususiyat  —  asarlari  behuda  kuchaniq  va  qochiriqdan  xoli,  ko‘ngilga  yaxshi 

o‘tirishadigan samimiy va tabiiy bo‘lganligidadir.  

 Chindanam  u  bolalarga  juda  yaqin  edi.  Maktablar  va  bolalar  uylarida, 

kutubxona  va  bog‘chalarda  bot-bot  bo‘lar,  yosh  kitobxonlarga  yangi-yangi 

she’rlarini  bolalarcha  muloyim,  sodda,  shirali  ovozi  bilan  o‘qib  berar,  ayrim 

she’rlarini yoddan juda o‘xshatib deklamatsiya qilar, bolalardan ham she’r o‘qitib 

eshitardi.  Shunda  u  o‘zining  qaysi  she’rlari  bilan  bolalar  ko‘rigidan  yaxshi 

o‘tganini,  qaysi  she’rni  ko‘proq  sevib  qolganlarini  ko‘rar,  bolalarga  yoqtirish 

uchun  qanday  she’rlar  yozish  lozimligini  fahmlab  olardi.  „Biz  bolalarga  nuqul 

o‘rgatibgina qolmay, ulardan o‘rganib ham turishimiz kerak", derdi. 

 Ha,  bolalardan  o‘rganib,  ularga  o‘rgatib  ijod  qilgan  shoir  ayniqsa, 

maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning serzavq kuychisi sifatida ular 

qalbida  abadiy  muhrlanib  qoldi.  Uning  „Qo‘shiqlar"  (1933),  „Mashinist"  (1936), 

„Tantana"  (1938),  „She’rlar"  (1939),  „Muborak"  (1940),  „Bizning  qurolimiz" 

(1941),  „Bizning  oila"  (1942),  „Sovg‘a"  (1944),  „Chaman"  (1948),  „Asarlar" 

(1954), „Suv bilan suhbat" (1976) kabi kitoblari bolalarga katta tortiq bo‘ldi. 

Zafar Diyorda, ayniqsa, ona yurt, serquyosh o‘lka tushunchasi zo‘r. Shoir el-

yurtimizni,  Vatanimizni  qattiq  sevadi.  Ijodkor  qalbidagi  buyuk  muhabbat  juda 

chiroyli  bo‘lib  she’rlariga  ko‘chadi.  „G‘unchalar",  „Yashna,  Vatan",  „Serquyosh 

o‘lka"  singari  asarlarining  sarlavhasiyoq  bolalar  kay-  fiyatini  chog‘  qiladi. 



Bolalarda  ona-Vatanga  bo‘lgan  mehr-  muhabbatni  o‘n  chandon  oshirib  yuboradi. 

„G‘unchalar"da shoir bolalarni erkalab: 

Vatan agar bo‘lsa bir chaman,  

Siz qo‘ynida xandon g‘unchalar.  

Ay, siz mening kichik do‘stlarim,  

Vataningiz sevar shunchalar, —deydi. Ammo shu g‘unchalar ona-Vatanimiz 

asosi ekanli- gi, bular oldida turgan buyuk ishlar shoir e’tiboridan chetda qolmaydi  

„Suv  bilan  suhbat"da  ham  ajoyib  voqea  qalamga  olingan.  Asar 

qahramonining  suvning  bunchalik  ariqda  to‘lib-toshib  va  juda  shoshib  oqishi 

qiziqtiradi.  Suv  va  bola  o‘rtasida  jonli  suhbat  bo‘ladi.  Suvning  so‘zlaridan  bola 

juda  ko‘p  narsalarni  o‘rganib  oladi.  Suv  hayot  ibtidosi  ekanligini,  suv  —  butun 

borliqqa  umr,  shodlik  baxshida  etishini  tushunadi.  Natijada  bolada  suvga,  uni 

in'om etgan ona tabiatga, hayotga qiziqishi, muhabbati oshadi. 

30-  yillarda  yaratgan  asarlari  orasida  „Kichkina  bog‘bon  haqida  doston" va 

„Kel, uchaylik shimolga!", „Yuksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa" 

she’rlari  alohida  ajralib  turadi.  Bu  asarlar  ham  bog‘cha  bolalari  hayotini  ochib 

berishga  xizmat  qiladi.  Ularda  bog‘  ko‘paytirish,  parvarish  qilish  („Kichkina 

bog‘bon  haqida  doston");  davr  bilan  hamnafas  bo‘lish,  texnikaga  qiziqish  („Kel, 

uchaylik  shimolga");  tabiatga  mehr  qo‘yish,  cho‘l-biyobonlarni  o‘zlashtirish 

(„Yuksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa") kabi masalalar yoritiladi. 

 Shoirning  „Mergan"  she’ridagi  qahramon  ham  orzular  qanotida 

yashaydigan  bola.  Uning  akasi  qahramon  jangchi,  nemis  bosqinchilariga  qarshi 

kurash olib borayotgan dov- yurak yigit. Lirik qahramon harbiy ishni, mashqni jon- 

dilidan  yaxshi  ko‘radi,  qiziqadi.  Mashq  qilaverib  miltiq  ishlatishni,  to‘g‘ri 

mo‘ljalga  olishni  o‘rgangan.  Bolaning  ezgu  niyati  bitta:  tezroq  ulg‘ayish,  ona-

Vatanni akasi kabi himoya qilish: 

 Do‘stlar, o‘sib-ulg‘aysam, 

 Askarlikka boraman.  

Unda mohir kurashchi  

Akam o‘rnin olaman. 

Bulardan  tashqari,  shoirning  „Qurol  bering  menga  ham",  „Qahramon", 

„Qo‘riqchilikda",  „Oltin  yulduz",  „Biz  yasha-  moq  istaymiz",  „Tankist",  „Ona 

qo‘shig‘i",  „Maktab  —  sening  fronting",  „Temirchilar  minbari",  „Yosh  vatan- 

parvar",  „Poyezd  ketar  frontga",  „Otam  kelar  yaqinda",  „Qahramonning  kelishi" 

kabi  she’rlari  ham  urush  davri  o‘zbek  bolalar  adabiyotining  taraqqiyotiga  katta 

hissa bo‘lib qo‘shildi. 

Zafar  Diyorning  adabiy  merosi  nihoyatda  boy  va  rang-  barangdir.  Uning 

bolalar  hayotidan  olib  yozgan  „Baxtli  yoshlik",  „Uch  og‘ayni",  „Yosh 

vatanparvarlar", „Oq oltin", „Omonat" kabi pyesalari, „Yuksak tog‘, keng o‘tloq va 

mard o‘rtoq haqida qissa", „Yangi ertak", „Burgut" ertaklari, „Sharaf egasi", „Tank 

g‘ildiraklari  ostida",  „Nojo‘yaliklar"  kabi  hikoya  va  ocherklari  bolalar  adabiyoti 

xazinasiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. 

Shoir  ijodidagi  muhim  mavzulardan  biri  inson  va  tabiat  munosabati 

mavzuidir.  Shu  jihatdan  uning  «Binafsha»,  «Navbahof»,  «Qushlar  haqida 

qo‘shlq», «Kapalak» singari she’rlari shular jumlasiga kiradi.Rang-barang gullami, 



turli-tuman qushlami sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqurtahlil yen’, ularni ham 

ona  tabiatni  sevishga  va  parvarish  qilishga  ruhlantiladi,  yoshlami  mehnatdan 

zavqlanishga  o'щatadi.  Shoir  bolalarda  qushlalga  muhabbat  hissini  uyg‘ota 

oladigan quvnoq vazn, o‘ynoqi misralar yaratadi.  

Shoir  bolalaming  tabiat  hodisalariga,  hasharot-u  jonivorlarga,  ayniqsa, 

kapalakka  qiziqishini,  mehr-muhabbatini  kichkintoylarga  xos  so‘z  va  ohangda 

ifodalab,  hayotga  diqqat-e’tiborlarini  oshiradi,  kuchli  zavq  uyg‘otadi,  kapalak 

obrazi orqali kitobxonda insoniy tuyg‘ularni shakllantirishga harakat qiladi. 




Download 457,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish