mamlakatlariga berib yuborishadi. Ko’pchilik arab
olimlari - shulardan eng
birinchisi - medik va alkimyogar Djabir ibn Xayni yoki Gaberdir uning "Kniga
semidesyati", "Kniga o yadax" “Zaharlar haqidagi“ asari Qair va Istambulda chop
etildi.Gaber (721-815) novshadil spirtini va xossalarini o’rgandi, oq bo’yoq (belila)
tayyorlash usulini taklif qildi, haydash orqali spirtdan toza holdagi sirka kislotani
oldi, uning turli konsentrasiyali eritmalaridan foydalandi. Simob va oltingugurtning
hamma metallarga transmutasiyasini aytib o’tdi.
7. Alkimyoning ikkinchi bosqichidagi O’rta Osiyolik olimlarning ishlari haqida
nimalarni bilasiz?
Hozirgi Markaziy Osiyo hududida ijod etgan tabiatshunoslar
orasida dunyoga tanilgan olimlardan buxorolik Abu Ali ibn Sino (980-1037)
tibbiyot sohasida ko’p ishlari bilan mashhurdir. Uning fikricha kimyoviy bilimlar
oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor moddalar yaratishga xizmat
qilishi kerak.
Xorazmda yashab ijod etgan Abu Rayhon Beruniyning (980-1048)
«Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami»
degan risolasi
o’sha zamondagi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq,
hatto Yevropada ham
ma’danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblangan. Ana shu davrda
ensiklopedist olimlar Al-Beruniy,
Al-Forobiy, Abu Ali-ibn Sino(X-XI)-vrach
alkimyogarlar faoliyat ko’rsata boshladi. Abu Ali-ibn Sino Buxoroda tug’ilib 21
yoshida Urganchga Ma’nun akademiyasiga o’qishga boradi. Bu akademiya
boshlig’i Al-Beruniy edi.Ibn Sino “Tib qonunlari” va ”Shifobaxsh vositalar haqida
kitob” nomli asarlarini yozadi. U 17 yoshida mohir tabib bo’lgan va
HCI,HNO
3
,H
2
SO
4
,KOH ,NaOH larni bilgan.
Ibn Sinoning ustozi Al
Beruniy buyuk matematik, fizik, astronom bo’lishiga
qaramasdan kimyoni amaliy fan sifatida ishlatdi.
U tabiiy minerallar ko’mir, ozokerit, neft asfaltlarni analiz qilib, xossalarini
aniqlab ularning qayerlarda ishlatilishini ham aytadi. Rudadan metallarni,
tarkibida oltin bo’lgan rudalardan esa oltinni ajratish metodikasini yozadi.
Qimmatbaho toshlarning analizini ularning solishtirma og’irliklarini aniqlaydi.
Ibn-Sino tomonidan yozilgan 450 kitobdan 242 tasi bizgacha yetib kelgan.
Shundan 80 tasi falsafa va ilohiyotga, 48 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 23 tasi
tibbiyot ilmiga, 1 ta riyoziyot, 2 tasi - kimyo tarixi, 4 ta adabiyot, 9 ta odob ilmi,
musiqa, 7 tasi - falakiyotga bag’ishlangan. Uning kitoblari
Yevropa dorilfununlarida
500 yildan beri darslik sifatida ishlatiladi. Ibn - Sinoning “Tib qonunlari” asarida
760 dan ortiq dori yozilib ular - mineral moddalar (metallar, oksidlar, asoslar,
kislotalar,
tuzlardan, organik (o’simlik va hayvonlardan) olingan moddalar
to’g’risida gapiriladi.
U “Shifobaxsh vositalar” kitobida tabiatshunoslik haqidagi bilimlarni
umumlashtiradi. Metallik xossasini simob beradi
u yaltiroqlik, plastiklik va olovga
munosabatini bildiradi deydi. Uning boshqa alkimyogarlardan farqi shuki, metallar
astronomiyaga bog’liq emas deydi.
8.
Do'stlaringiz bilan baham: