Nutqga qo`yiladigan talablar:
Nutqning nutq sharoitiga mosligi.
Nutq sharoiti nutq shaklini bеlgilashda juda muhim omildir. Chunonchi, bir-biridan
uzoqda bo`lgan so`zlovchi va tinglovchi faqat yozma nutq (ya'ni xat, maktub, axborot, voqi'anavislik va hokazo) vositasida fikr almasha oladi. Shuning uchun bolalarni maktub yozishga o`rgatish ayni bir fikrni turli shaklda bayon etish ko`nikmalarini shakllantirishga samarali ta'sir ko`rsatadi.
2. Nutqning mazmundorligi. O`quvchi faqat bilgan narsalarini, o`zi xabardor bo`lgan voqеa–hodisalarni og`zaki va yozma shakllarda bayon qila oladi. Aniq dalillar, kuzatish va taassurotlar, his – tuyg`ular asosida yaratilgan fikrgina o`zgalar diqqatini o`ziga tortadi. Mazmunsiz fikr so`zlovchining o`ziga ham, o`zgalarga ham yoqmaydi. Suhbat, hikoya, insho uchun o`qilgan badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar, shaxsiy kuzatish va taassurotlar, kundalik hayot voqеalari boy matеrial bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |