Ong haqida tushuncha. Ong psixik jarayonning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Uning asosiy xususiyatlari bu harakat va shiddatdir. U refleksik va turki bo’luvchi xususiyatga ega. “Men-mohiyat”. Inson onggi va miya rivojlanishi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. [2]
Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog‘liqdir. Nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi neyron deyiladi. Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi. Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.[2][3]
Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi. Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq. Har bir neyronda muntazam ravishda almashinuv jarayonlari ro‘y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to‘plangan holda o‘tkazilib turiladi.[3][3]
Neyron tanasining o‘rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, ko‘p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo‘ladi. Ularning taxminan 70% bolaning tug‘ilish davrigacha nobud bo‘ladi va bu jarayon tug‘ilgandan so‘ng ham, umri bo‘yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo‘lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo‘ladi. Neyronlar o‘ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud bo‘lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o‘z hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o‘lchamlari kattalashgani hisobiga yo‘qotilgan vazifalarning o‘rni to‘ldiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh miyadagi neyronlarning 90% ga yaqini nobud bo‘lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo‘lmay, inson sog‘lom ko‘rinishini saqlab qolar ekan. YA’ni, bitta tirik asab hujayrasi to‘qqizta nobud bo‘lgan hujayralarning o‘rnini bosishi mumkin ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir yo‘li – voyaga etgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab hujayralarining hosil bo‘lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab hujayralari bo‘linmaydigan bo‘lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo‘ladi? Ular voyaga etgan organizmning o‘zak hujayralaridan hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |