3-mavzu: XI-XV asrlarda Sharqiy Osiyo davlatlari Seminar savollari



Download 29,68 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi29,68 Kb.
#260299
1   2   3   4   5   6
Hindiston.

Dehli sultonligining tashkil topishi. Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg’on qabilalarining hujumlari va joylashuvi XI–XII asrlarda ayniqsa kuchaygan. Musulmonlar bosib olgan viloyatlarda 1206-yili Dehli sultonligi (1206–1526) vujudga keladi. Dehli sultonligining ilk hukmdori Qutbiddin Oyboqning qo’shini asosini turkiy qabilalardan tuzilgan suvoriylar tashkil qilgan. Sulton viloyatlar noibligiga harbiylar, qo’shin boshliqlarini tayinlagan.

XII–XIII asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o’rnatiladi. Sulton Qutbiddin Oyboqning vafotidan so’ng taxtga Shamsiddin Eltutmish (1211–1236) keladi. Uning boshqaruvi paytida Panjob, Sind va Bengaliyalar bo’ysundiriladi.

Yer egaligi. Dehli sultonligida barcha yerlar hukmdorniki hisoblangan. Davlatga dastlab dehqonlar hosilning 1/5 ni to’lagan bo’lsa, XIII asr oxiridan soliq oshib mahsulotning 1/4 ga teng bo’ladi.

Mamlakatda yer egaligining asosiy turi iqto’ hisoblangan. Viloyat noiblari to’plangan soliqlarning 10–20% ini o’ziga qoldirishi, evaziga zarur bo’lganda sultonga o’z qo’shinini berishi lozim edi. Xususan, Eltutmish Dehli shahrining atrofidagi qishloqlami shaxsiy gvardiyasining 2000 suvoriysiga iqto’ga bo’lib bergani manbalarda yozilgan.

Yer egaligining yana bir turi – xolisa deb nomlangan. Xolisa davlat ixtiyoridagi yerlar bo’lib, undan olinadigan soliqlar xazinaga tushib, davlat xarajatlari va maxsus qo’shinni ta’minlash uchun ishlatilgan. Yer–mulklarning ma’lum qismi mahalliy hind feodallari – zamindorlarga tegishli edi. Dehli sultonligida vaqf yerlari va sulton hadya etgan yerlar ham bo’lgan. Sulton saroy amaldorlari, shoirlar, din peshvolariga in’om etgan yer-mulklar, keyinchaiik merosiy mulkka aylana borgan. Xususiy yer egalari, olingan hosil hisobidan soliq toiaganlar. Vaqf yerlari masjid va madrasalarga umrbod foydalanishga taqdim etilgan. va ulardan soliq olinmagan.

Dehli sultonligi XIV–XV asrlarda. Eltutmishning vafotidan so’ng mamlakatda taxt uchun kurash kuchayib ketadi.

Bu urushlarda g’olib chiqqan va taxtni egallagan Alouddin Xiljiy islohotlar o’tkazib, davlat xazinasi daromadlarini oshiradi. Kuchli qo’shin tuzib, o’zboshimcha feodallarni bo’ysundiradi. Bu davlatni vaqtinchalik bo’lsa-da o’zining avvalgi qudratini tiklashiga yordam beradi.

Xiljiyning o’g’li Muhammad Tug’luq 1325-yili taxtga keladi. U o’z hukmdorligini otasi paytida mustaqillik yo’lini tutgan knyazliklarni bo’ysundirishdan boshlaydi. O’zini “Iskandar Zulqarnaynning davomchisi” deb nomlagan sulton davrida Hindiston yarim oroli to’liq birlashtirildi. Harbiy yurishlarda omadli sultonning, soliq islohoti natijasiz tugaydi. Qatoriga 7 yil davom etgan qurg’oqchilik aholining katta qismini qirilib ketishiga sabab bo’ladi.

Sulton poytaxtni Davlatobod (avvalgi Devagiri)ga o’tkazib, unga saroy amaldorlaridan tashqari hunarmandlar va savdogarlarni ham ko’chiradi. Tug’luqning oltin va kumush pullar bilan teng muomalada bo’lishi mo’ljallangan mis tangalarini zarb qildirishi uni ko’p o’tmay qadrsizlanib ketishga, har ikki islohotni natijasiz tugashiga olib keladi.

Keyingi hukmdor Feruzshoh Tug’luq davrida soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo’lib beriladi. Uning boshqaruvi paytida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilikning yuksalishi oqilona boshqaruvi sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi. Ammo mamlakatda XIV asrda boshlangan siyosiy tarqoqiik davrida, ayrim knyazlarning mustaqillikka intilish jarayoni kuchayib boradi.

Dehlining keyingi sultoni Mahmud 1398–1399-yillar Amir Temur qo’shinlariga qarshi kurashadi. Lekin tajribali sarkarda Mahmud qo’shinlarini yengib, Dehlini zabt qiladi. Sohibqiron Samarqandga ko’plab hind hunarmandlari, me’morlarini olib qaytgan.



Shundan so’ng Hindiston mayda knyazliklarga bo’linib ketadi. Oradan o’n yilcha o’tib Sayyidlar sulolasi (1414–1451) taxtga keladi. Sayyidlar sulolasini afg’on qabilalari sardori Bahlul Lo’diy (1451 – 1489) taxtdan tushirib, Lo’diylar sulolasiga asos soladi. Uning nabirasi Ibrohim Lo’diy Zahiriddin Boburga qarshi kurashadi.
Download 29,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish