Zamonaviy SMD-114 modelli 800×600 mm o‘lchamli ikki rotorli bolg‘ali maydalagich
SMD-114 modelli 800×600 mm o‘lchamli ikki rotorli bolg‘ali maydalagichning maydalashi juda yuqoridir. Ushbu tipdagi maydalagich ishlab chiqarishda birlamchi maydalashni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi (2–rasm). Rotorli maydalagich materialni tanlab maydalaydi.
2–rasm. SMD-114 modelli 800×600 mm o‘lchamli ikki rotorli bolg‘ali maydalagich chizmasi.
SMD-114 model mustahkamligi o‘rtacha qiymatdan oshmaydigan va kolosnikli panjarada yopishmaydigan tog‘ jinslari (tosh ko‘mir, ohak tosh, yonadigan shlak va boshqa mayda donador qattiq materiallar)ni maydalash uchun mo‘ljallangan.
Maydalagichning ushbu tipi juda iqtisodiy tejamli va kam elektr energiyasi sarflaydi. SMD-114 modelning maydalash darajasi 27 ga ega. SMD-114 modelli 800×600 mm o‘lchamli ikki rotorli bolg‘ali maydalagich zamonaviy texnologiyalarni qo‘llanilishi bilan yaratilgan. Ya’ni yuqori ishlab chiqarish samaradorligi, ishlash tartibi me’yordaligi, ishonchli va mustahkamligi ko‘rsatkichlariga javob beradi.
SMD-114 modelli 800×600 mm o‘lchamli ikki rotorli bolg‘ali maydalagichning texnik tavsifi
Ikki rotorli bolg‘ali maydalagichning ishlab chiqarish
samaradorligi, m3/s .................................................................................. 27
Yuklanadigan materialning mumkin bo‘lgan maksimal o‘lchami, sm 25
Rotor o‘lchami, sm:
diametri..................................................................................................... 80
uzunligi................................................................................................ 60
Material kiradigan eni, mm.................................................................... 8–13
Olinadigan material o‘lchami, mm.......................................................... 8–13
Rotorning aylanish chastotasi, ayl/min................................................ 1300
Elektrodvigatel quvvati, kvt................................................................ 2×75
Maydalagich o‘lchamlari, m:
uzunligi................................................................................................. 2,15
eni........................................................................................................... 1,50
balandligi ................................................................................................. 1,25
Maydalagichning umumiy og‘irligi, t..................................................... 5,5
Do'stlaringiz bilan baham: |