Xizmat ko’rsatish strategiyasi va menejmenti.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit sharoiti tashqarisida bo‘lib qoldilar, chunki oldin yagona tovar bo‘lib moddiy mahsulot, aniqrog‘i uning torgina qismi – xalq iste’moli tovarlari hisoblanar edi. Yangi munosabatlar kapital bozori, ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. kabi bozorning yangi segmentlarini o‘zlashtirishni talab etadi.Chet elda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez taraqqiy etuvchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotida xizmatlar ulushi 60 foizdan ham oshadi. O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish uchun, avvalo turistik xizmatlarning mohiyatini aniqlash zarur.
Xizmat termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro ta’sirning natijasidir, hamda iste’molchi ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi. Bu tushuncha o‘z tarkibiga qo‘yidagilarni qamrab oladi:
Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri;
Ijrochilarning o‘zlari tamonidan xizmat ko‘rsatish jarayoni (ya’ni, ma’lum ishlarni bajarish);
«Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» ko‘rinishidagi ushbu faoliyat natijalari.
Boshqa istalgan xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi, buni shartli ravishda «uchta S » bilan belgilasak u qo‘yidagi xolatda bo‘ladi:
Sezilmaslik. Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, intelletual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘rish yoki baholash mumkin emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi hisoblanadi (turist);
Servisni va iste’molchini o‘zaro bog‘liqligi. Xizmatlar iste’molchi va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tavarlarni ishlab chiqarish, uni sotuvidan oldin bo‘ladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni boshlanadi;
Saqlanmaslik. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab va taklifni mo‘tonosibligini talab etadi,chunki xizmatlar talab bo‘lmaganga qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bilan farqlanadi. Turistik korxonalar ko‘rsatadigan asosiy xizmatlarga qo‘yidagilar kiradi:
Tashishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar;
Joylashtirish;
Turistlarni ovqatlantirish;
Turistik korxonalar ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmatlarga qo‘yidagilar kiradi :
Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‘yicha xizmatlar;
Turistlarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar;
Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon
xizmatlari;
Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan joyigacha -mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‘yicha, hamda sayohat shartlarida ko‘zda to‘tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan) istalgan boshqa tashishlar bo‘yicha xizmatlar;
Texnikani ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar;
Prokat bo‘yicha xizmatlar;
Valyuta ayirboshlash;
Telefon xizmati;
Pochta xizmati;
Maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatlari;
Plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k.
Shunday qilib O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish jarayonida, kelgusida turizmni asl mohiyatini belgilovchi qo‘yidagi uchta jihatlarni hisobga olishni xozirgi davr talab qilmoqda:
dam olish va ko‘ngil ochar faoliyat sifatida;
bevosita turizmga xizmat qiluvchi tarmoqni qamrab oluvchi biznes sifatida;
turizm bozoriga yo‘naltirilgan moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmog‘i korxonasining faoliyati sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |