66-chizma. Yuqorigi hoshiya pog‘onaning konstruktiv yechimi
Zinadagi har bir pog‘onaning balandligi va kengligi muhim para-metr hisoblanadi. Pog‘ona balandligining ikkilangan qiymati va pog‘ona kengligining yig‘indisi 60 sm (odam qadamining o‘rtacha ma-sofasi) ga yaqin bo‘lsa, zinada harakatlanish qo‘lay bo‘ladi.
Pog‘onaning balandligi 135 mm dan 180 mm gacha (ko‘pincha 150 mm), kengligi esa, 250-300 mm oralig‘ida qabul qilinadi. Asosiy zi-nalarda pog‘onaning kengligi 300 mm qabul kilingan. U holda yuqorida aytilgan tavsiya mm bajariladi.
Zina maydonchalari qavat maydonchalariga va oraliq maydonchala-riga bo‘linadi. Zina maydonchasining kengligi marshning enidan va 1200 mm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Liftdan chiqish joyidagi maydonchaning kengligi 1600mm dan, kasalxonalarda 1900 mm dan ki-chik bo‘lmasligi kerak.
Zinani planda va qirqimda chizishdan oldin ayrim parametrlar-ni hisoblab olish kerak. Masalan, qavat balandligi N=3000 mm, marshning eni mm, qiyaligi 1:2 bo‘lsin. Bu qiyalikka o‘lcham-lari 150x300 mm (balandligi va kengligi) pog‘ona to‘g‘ri keladi. Yonma-yon joylashgan marshlar orasida, o‘t o‘chiruvchilarning shlangi o‘tishi uchun, kamida 100 mm oraliqqoldirilishi talab qilinadi. Shuni hisobga olsak, zina joylashgan zinaxonaning eni kamida B=2 +100= 100=2200 mm bo‘lishi kerak (67 -chizma).
Bitta marshning balandligi N:2=3000:2=1500 mm bo‘ladi. Unda-gi pog‘onalar soni n=1500:150=10 ta. Marshdagi xoshiya pog‘onaning kengligi zina maydonchasiga qo‘shilib ketganligi sababli, marshning planda ko‘rsatiladigan gorizontal proeksiyasining uzunligi d ni aniqlash uchun pog‘ona kengligi 300 mm ni pog‘onalar sonidan bitta kam qiymatga ko‘paytiriladi, ya’ni mm
Zina oraliq va qavat maydonchalarining kengligini qo‘llaniladi-gan konstruksiyaning o‘lchamlari va marshdagi hoshiya pog‘onaning keng-ligi xisobga olgan holda aniqlanadi. Masalan, qavat maydonchaning kengligi S1=1650 mm, oraliq maydonchasining kengligi S2=1300 mm (67- chizma) qabul qilinsa, zinaxonaning plandagi uzunligini aniq-lash mumkin, ya’niL=d+C1+C2=2700+1650+1300=5650 mm.
Qirqimda zinaning pog‘onalarga bo‘linish grafigini qurish quyi-dagi tartibda bajarilish mumkin (67-chizma):
qavat balandligini undagi pog‘onalar soniga teng qismga bo‘linadi va hosil bo‘lgan nuqtalardan gorizontal to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi;
zina planida marshning gorizontal proeksiyasini pog‘onalar soni-dan bir kam songa bo‘linadi va hosil bo‘lgan nuqtalardan vertikal to‘g‘-ri chiziqlar o‘tkaziladi;
hosil bo‘lgan to‘r chiziqlar bo‘yicha zina profilichiziladi.
Zinaxona devorlarining konturini planlar uchun qabul qilin-gan chiziqlar (S) qalinligida, pog‘onalar konturini esa, S/2 qa-linlikdagi chiziqlar bilan chiziladi. Zina bo‘yicha qirqimni planga nisbatan kattaroqmasshtabda chizish maqsadga muvofiq.
Zina pog‘onalarini boshqacha usulda qursa ham bo‘ladi (68-chizma).Buning uchun zinaxona devorlarini chizilgandan so‘ng zina maydon-
Do'stlaringiz bilan baham: |