4. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so`roq qilish.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi so`roq qilishning umumiy qoidalariga rioya etgan holda so`roq qilinadi. Ayni paytda uning bir qator o`ziga xos jixatlari ham bor. Masalan, surishtiruv va dastlabki tergov o`tkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, so`roq qilish uchun chaqirtirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilganidan keyin darhol yoki yigirma to`rt soatdan kechiqtirmay, so`roq qilinishi kerak.
Surishtiruvchi yoki tergovchi so`roq qilinayotgan shaxsning kimligini, qaysi tilda ko`rsatuv berishi mumkinligini aniqlagach, unga huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va qo`yidagi harakatlarni bajaradi:
- gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma to`zgan himoyachining yohud, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma to`zishga ulgurmagan yoki to`za olmagan bo`lsa, boshqa himoyachining so`roqda ishtirok etishini ta’minlaydi;
- gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini e’lon qiladi;
- gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi to`grisidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi;
- Tergovchi ayblanuvchini birinchi marta so`roq qilishdan oldin u o`zini aybli hisoblashi yoki hisoblamasligini yoinki o`z aybini to`la yohud qisman rad etishi yoki etmasligini ham aniqlashi kerak;
Surishtiruvchi, tergovchi ushbu harakatlarining bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining so`roq bayonnomasida, sud esa sud majlisining bayonnomasida qayd qiladi (JPK 111-m.).
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan ko`rsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi o`z aybiga iqror bo`lgan taqdirda ham, o`zining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan boglangan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim (JPK 112-m.).
Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko`rsatuvlari va ayblanuvchining o`z aybiga iqror bo`lishi, mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin. Boshqacha aytganda, ayblanuvchining aybiga iqror bo`lishi «dalillar malikasi» sifatida tan olingan o`tmish saboqlari inobatga olinadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi o`zining «Sud hukmi to`grisida»gi 1997 yil 2 may qarorida sudlanuvchining tergovda yoki sud jarayonida aybiga iqror bo`lganligi ushbu fakt ish bo`yicha to`plangan va sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan tasdiqlangan taqdirdagina ayblov xulosasini chiqarish uchun asos bo`la oladi. Bu esa ayblov hukmi taxminlarga asoslanishi mumkin emasligini belgilab qo`ygan JPK 463-moddasining mazmunidan bevosita kelib chiqadi.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bilan ishlashda aybini bo`yniga olish to`grisidagi arz alohida o`rin to`tadi.
Aybini bo`yniga olish to`grisidagi arz ariza beruvchining o`zi sodir etgan jinoyati to`grisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasidan va unga ayblov e’lon qilinmasidan oldin bergan xabaridir. (JPK 113-m.).
Do'stlaringiz bilan baham: |