3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Ekspertiza tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar



Download 203,16 Kb.
bet14/16
Sana03.09.2021
Hajmi203,16 Kb.
#163338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3 мавзу Процесс хужжатларни расмийлаштириш

Ekspertiza tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.


Ekspertiza - maxsus bilimlarni talab etadigan va surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida o`tkaziladigan tekshiruv. Ushbu tergov harakati ish uchun ahamiyatli holatlar to`grisidagi ma’lumotlarni fan-texnika, san’at yoki kasb sohasi bo`yicha bilimi bo`lgan shaxs o`tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo`lganda tayinlanadi. Bunda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, holislarning bunday bilimlarga ega bo`lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.

Ayni paytda ekspert oldiga qo`yilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertlarning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas.

Qonun ekspertizani JPKda belgilangan tartibga xilof ravishda o`tkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yo`l qo`ymaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish xujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza o`tkazish zaruratini istisno etmaydi (JPK 172-m.).

Ekspert tomonidan tekshiriladigan ob’ektlar jumlasiga:

- ashyoviy dalillar va ekspert tekshiruvi uchun olingan namunalar;

-ekspertiza orqali daliliy ahamiyati aniqlanadigan boshqa moddiy ob’ektlar

- tirik odamning badani;

- ruxiy holati;

- murda;

- xujjatlar kirishi mumkin.

Ekspert tekshirishi lozim bo`lgan ob’ektlar, agar ularning xajmi va xususiyatlari imkon bersa, ekspertga o`ralgan va muhrlangan holda berilishi kerak.

Sudlar ekspertiza tayinlash va o`tkazishda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, JPK, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli sud-ekspertiza muassasalarida O`zbeknston Respublikasnning «Sud ekspertazasi to`grisida»gi 2010 yil 1 iyun qonuniga, O`zbeknston Respublikasining «Sud eksper­tizasi to`grsidagi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`grisida»gi 2010 yil 1 iyun qonuniga va boshqa meyoriy xujjatlarga asoslanadi hamda sud ekspertazalari tayinlaydi va o`tkazadi. Tekshrish o`tkazish vaqtida ekspertiza moddiy ob’ekt tekshiruv uchun zarur darajada bo`zilishi yoki ishlatalishi mumkin. Ekspertiza o`tkazib bj`linganidan keyin o`sha tekshiruv ob’ektlari to`la sarf qilinmay ortib qolgan bo`lsa, ekspertiza tayinlagan surishtruvchi, tergovchi yoki sudga qaytarilishi lozim.



Ekspertiza ob’ektlari ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi (JPK 175-m.).

Birlamchi ekspertizadan tashqari uning qo`shimcha, takroriy, komissiyaviy hamda kompleks turlari mavjud.

Qo`shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo`shliqlarning o`rnini to`ldirish uchun taynilanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o`tkziladi.

Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantarilmaganda yoki uning to`griligiga shubha tugilganda yohud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertezani o`tkazishning protsessual qoidalari jiddiy bo`zilganda qayta eksper­tiza tayinlanadi.

Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo`llanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi to`grsidagi masalani qo`yilishi mumkin.

Qayta ekspertazani tayinlash to`grisidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertezani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qanoatlanmaganligi sabablari ko`rsatalishi lozim.

Qayta ekspertazani o`tkazish boshqa ekspert (ekspertlar komisiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertazani o`tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertazani o`tkazishda xozir bo`lishi va tushuntarishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini o`tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. (JPK 176-m.).

Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan o`tkazilishi mumkin.

Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o`tkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizannig o`tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yohud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.

Ekspertizani o`tkazish topshrilgan ekspertlar komissiyasi o`z oldiga qo`yilgan masalalarni xal etish zarurligidan kelib chiqib, o`tkaziladigan ekspert tekshiruvlarining maqsadi, ketma-ketligi va xajmini kelishib oladi.

Ekspertizani o`tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o`zi va komissiyaning boshqa azolari tomo­nidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo`yilgan savollar yuzasidan o`z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.

Ekspert tekshiruvlarining ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to`liq yoki qismani o`tkazilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Komissiyaviy ekspertiza o`tkazitayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini to`liq xajmda o`tkazadi va ular aniqlan­gan natijalarni birgalikda taxlil qiladi.

Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so`ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo`qligi to`grsidagi xujjatni tuzadi va imzolaydi.

Ekspertlar o`rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo`yicha alohida xulosa beradi.

Kompleks ekspertiza uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o`tkazish yo`li bilangina aniqlash mumkin bo`lgan holatlarda tayinlanadi.

Kompleks ekspertizani o`tkazishda ekspertlarning har biri o`z vakolati doirasida tekshiruvlarni olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshirishlarini va qancha xajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o`zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko`rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo`ladi.

Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantarishga vakolatli bo`lgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan bo`lsa, bu haqda xulosada ko`rsatilishi kerak.

Ekspertlar o`rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo`yicha alohida xulosa beradi.

Agar kompleks ekspertizani o`tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo`lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning raxbari zimmasiga yuklatiladi. (JPK 178-m.).

Ekspertiza o`tkazish haqidagi masalani surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya xal qiladi. Buning ustiga, ekspertiza jinoyat ishi qo`zgatilguncha tayinlanishi va o`tkazilishi mumkin. Biroq ekspertizasiz jinoyat ishini yuritish mumkin bo`lmagan hollar ham bor.

Ish bo`yicha:

- o`limning sababini, etkazilgan tan jaroxatlarining xususiyati va ogirlik darajasini;

- jinsiy aloqada bo`lganlikni, xomiladorlik holatini va xomilani sun’iy yo`l bilan tushirish belgilarini;

- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqida xujjatlar bo`lmasa yoki xujjatlar shubxa tugdirsa;

- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yo`sindagi majburlov choralarini qo`llashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruxiy va jismoniy ahvolini hamda ularning gayriqonuniy qilmishni sodir etayotgan paytda o`z harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida ko`rsatuvlar berish hamda o`z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;

- jabrlanuvchining, guvohning ruxiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli bo`lgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va so`roq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chogida o`z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;

- tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyoxvandlikka duchor bo`lgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini;

- giyoxvandlik vositalari va ularning turlari mavjudligini;

- pul belgilari, qimmatli qogozlar va boshqa xujjatlar qal- bakilashtirilganligini;

- portlashlar, xalokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur bo`lganda ekspertiza tayinlash va o`tkazish shart.

Bundan tashqari, jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik boshqa holat- larni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qo`llash zarur bo`lsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan aniqlanmagan bo`lsa, ekspertiza o`tkazish shart (JPK 173-m.).

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudya ekspertiza qaerda o`lkazilishini va uni kim amalga opshrishi mumkinligini yaxshi bilishlari kerak. Ekspertizani ekspertiza muassasalarining, boshqa davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mutaxassislari yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarning yohud sudlarning mazkur xodimlari tayinlagan boshqa bilimdon shaxslar o`tkazadi.

Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixalogiya, sud-avtotexnika, sud-ballistika, kriminalistika ekspertizalarini faqat ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, davlatga qarashli boshqa muassasalarning mutaxassislari o`tkazadilar. Alohida hollarda ekspertiza tayinlash to`grisidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza o`tkazish to`grisidagi talabi shu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot raxbari uchun majburiydir (JPK 174-m.).

Ekspertiza tayinlash to`grisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda:

- ekspertiza tayinlash uchun asos bo`lgan sabablar;

- ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy dalillar va boshqa ob’ektlar, ularning qachon, qaerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi;

- ish materiallari bo`yicha ekspertiza o`tkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim bo`lgan malumotlar;

- ekspert oldiga qo`yilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza o`tkazish topshirilgan shaxsning familiyasi ko`rsatiladi.

Ekspertiza o`tkazish to`grisidagi qaror yoki ajrim unga taalluqli shaxslar uchun majburiydir (JPK 180-m.).

Qonunda ekspertiza o`tkazishda majburlash chegaralari belgilangan. Murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli ogrik berish bilan boglik usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza o`tkazilayotgan shaxsning roziligi bilan yo`l qo`yiladi. Basharti bunday shaxs 16 yoshga to`lmagan yoki ruxiy kasal bo`lsa, ekspertiza uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiyining roziligi bilan amalga oshiriladi (JPK 181-m.).

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va o`tkazishda quyidagi huquqdarga ega:

- ekspertiza o`tkazilgunga qadar ekspertiza taynilash to`grisidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va o`ziga berilgan huquqlarni tushuntirilishini talab qilish. Ekspertiza taynilash haqidagi qaror yoki ajrim bilan tanishganlik to`grisida alohida bayonnoma tuziladi yoki sud majisi bayonnomasiga yozib qo`yiladi;

- ekspertni rad etish;

- o`zi ko`rsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish;

- ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qo`shimcha savollar qo`yish, qo`shimcha materiallar taqdim etish;

- ekspertiza o`tkazilayotganida surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan xozir bo`lish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qo`llayotgan usullarining va olingan namunalarning moxiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish;

- ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qo`shimcha yoki qayta ekspertiza o`tkazish to`grisida iltimos qilish huquqiga ega.

Xuddi shunday huquqlardan tibbiy yo`sindagi majburlov choralari qo`ullanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruxiy holati imkon bersa, foydalanadi (JPK 179-m.).

Ekspertiza ekspert muassasasida ham, undan tashqarida ham o`tkazilishi mumkin. Odatda surishtiruvchi, tergovchi, sud ekspertiza tayinlash to`grisida o`zi chiqargan qarorni yoki ajrimni, tekpshriladigan ob’ektlarni, zarur hollarda jinoyat ishini ham ekspertiza muassasasining raxbariga yuboradi. Qaror yoki ajrimda muayyan ekspert ko`rsatilmagan bo`lsa, ekspertiza muassasasining raxbari o`z farmoyishi bilan shu muassasa xodimlaridan biriga ekspertiza o`tkazish vazifasini yuklatadi. Bu haqda u ekspertizani tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga xabar beradi.

Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muas­sasa, tashkilotning raxbari ekspertiza o`tkazishni tashil qiladi, tekshirish ob’ektlarining saqlanishini ta’minlaydi, ekspertizani o`tkazish muddatlarini aniqlaydi, ekspert tekshiruvi tugaganidan so`ng xulosani, tekshirish ob’ektlari va materiallarini eksper­tizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.

Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muas­sasa, tashkilotning raxbari, agar mazkur tashkilotda ekspert tekshiruvlarini o`tkazish uchun tegishli mutaxassislar yohud zarur moddiy- texnik baza yoki maxsus sharoitlar bo`lmasa, ekspertizani tayinlash to`grisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda ekspertizani o`tkazish uchun taqdim etilgan tekshirish ob’ektlari va ish material­larini uch kunlik muddatda qaytarishi, ekspertizani taynilagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga ushbu tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan muta- xassislarni, agar ekspertizani o`tkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur bo`lsa, kiritish to`grisida iltimos qilish huquqiga ega.

Davlat sud-ekspertiza muassasasninig yoki boshqa korxona, muas­sasa, tashkitotning raxbari ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) roziligisiz ekspertizani o`tkazish uchun ushbu tashkilotda ishlamaydigan mutaxassislarni jalb etishga; ekspertizani o`tkazish uchun zarur bo`lgan qo`shimcha tekshirish ob’ektlarini ekspertiza­ni tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga haqli emas (JPK 182-m.).

Ekspertiza ekspertiza muassasasidan tashqarida o`tkaziladigan bo`lsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza o`tkazish to`grisida qaror yoki ajrim chiqargandan keyin ekspertiza o`tkazish topshirilayotgan shaxsni chaqirtiradi, uning shaxsi va malakasini, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, jabrlanuvchiga bo`lgan munosabatini va uni rad etishga asoslar bor-yo`qligini aniqlaydi.

Ekspertizani tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi to`grisidagi qarorin yoki ajrimni taqdim etadi, uni JPKning 68-moddasida ko`rsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va bila turib noto`gri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yohud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo`yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to`grisida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilsa, ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi.

Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohning badanini yohud ruxiy holatini tekshirish zarurati paydo bo`lsa, ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularning ekspertga olib kelinishini taminlashi shart (JPK 183- m).

Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini o`tkazib bo`lganidan keyin tegishlicha ekspert yohud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.

Xulosada: - ekspertiza o`tkazilgan sana va joy;

  • ekspertizani o`tkazish asosi;

  • ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) to`grisida malumotlar;

  • ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab to`rgan lavozimi) va ekspertizani o`tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlar;

  • ekspertning bila turib noto`gri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yohud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuning­dek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo`yni tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to`grisida ogohlantirilganligi;

  • ekspert­ning oldiga qo`yilgan savollar;

  • ekspertga taqdim etilgan tekshirish ob’ektlari va ish materiallari;

  • ekspertiza o`tkazilayotganda xozir bo`lgan shaxslar haqida ma’lumotlar;

  • qo`llanilgan usullar ko`rsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo`lsa, kim tomonidan o`tkazilganligi;

  • ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qo`yilgan savollarga berilgan asosli javoblar: ish uchun ahamiyatga molik bo`lgan va ekspertning tashabbusiga ko`ra aniqlangan holatlar ko`rsatilishi lozim.

Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ko`rsatilgan bo`lishi mumkin.

Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo`lib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini xujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonun xujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qo`shib qo`yish uchun taqdim etiladi.

Agar taqdim etilgan tekshiruv ob’ektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari etarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida ma’lum bo`lib qolsa, xulosa ayrim qo`yilgan savollarga javob berishni rad etish asosini o`z ichiga olgan bo`lishi lozim.

Ekspert tekshiruvi tugaganidan so`ng xulosa, tekshirish ob’ektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi (JPK 184-m.).

Agar ekspert qo`yilgan savollarni o`zining maxsus bilimlari asosida xal qilish mumkin bo`lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish ob’ektlarining yohud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun etarli emasligiga va ularni to`ldirib bo`lmasligiga yohud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo`yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch xosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo`qligi to`grisida asoslantirilgan xujjat tuzadi, hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi (JPK 185-m.). Amaliyotning ko`rsatishicha, bunday xatlar sud-biologik, sud-buxgalteriya va ba’zi bir boshqa ekspertizalarni o`tkazishda uchraydi.

Tergov amaliyotida ekspertni so`roq qilish zarurati yuzaga keladigan holatlar uchrab turadi. Ekspertning xulosasi etarli darajada aniq bo`lmay, kamchiliklarni to`ldirish uchun qo`shimcha tekshirish o`tkazishga zarurat bo`lmasa yoki ekspert foydalangan usullarga aniqlik kiritish zarur bo`lib qolsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertni JPKning 98-108-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda so`roq qilish huquqiga ega. Ekspert faqat o`zi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan o`tkazgan ekspert tekshiruvlari yuzasidan so`roq qilinishi mumkin. Ekspertni u xulosa berguniga qadar so`roq qilish taqiqlanadi. (JPK 186-m.).

Ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan ish bo`yicha to`plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o`tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi. U surishtiruvchi tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega emas. Xulosadagi qo`shilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilishi lozim.

Jinoyat ishi bo`yicha bir necha ekspertiza o`tkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan bo`lsalar, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ba’zi ekspertlarning xulosalariga qo`shilishi va boshqa ekspertlarning xulosalariga qo`shilmaslik to`grisidagi o`z fikrini asoslab berishi lozim (JPK 187-m.).



  1. Download 203,16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish