3-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga solish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi



Download 103,58 Kb.
bet5/6
Sana28.03.2022
Hajmi103,58 Kb.
#513947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 Mavzu Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga solish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ahamiyatiga koʻra ikkinchi boshqaruv organi Vazirlar Mahkamasidir. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vaznrlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati boʻlib, davlat boshqaruv organlari va ular tuzadigan xoʻjalikni boshqarish organlariga rahbarlik qiladi, ularning kelishilgan faoliyatnni ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufiga taalluqli boʻlgan davlat va jamiyatni boshqarnshning barcha masalalariii hal qilishga huquqlidir.
Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni boshqaradi, erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yaratadi;
xoʻjalik yuritishning yangi shakllari — konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, uyushmalarni barpo etish va mustahkamlashga yordam beradi, ularning faoliyatini yoʻnaltiradi va muvofiqlashtiradi;
boshqarish tarkibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
respublika byudjetini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlari va eng muhim dasturlarini ishlab chiqish hamda ijro etishni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnomalar va kelishuvlar tuzadi;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi rahbarlikni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining ishini muvofiqlashtirasi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi. Shunday qilib, Vazirlar Mahkamasi boshqa idoralar va davlat boshqaruv organlarini bogʻlaydigan boʻgʻin va ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz hisoblanadi. Hokimiyat organi sifatida Vazirlar Mahkamasi tarkibidan respublika davlat hokimiyatining barcha organlari oʻrin olganligi sababli ushbu funksiya Vazirlar Mahkamasining funksiyalariga kiritilgan. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, vazirlar, Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalarining raislari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradi.
Amalda barcha vazirlik va idoralar oʻz vakolatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek unga rahbarlik qiladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiyoriga tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish mexanizmining chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatga olishdek muhim masalasi berilgan. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalda uning barcha jihatlarida boshqarishni amalga oshiradi, oʻz faoliyatining mohiyatiga koʻra tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarishni amalga oshirmaydigan boshqa vazirliklar va idoralar esa ularni qoʻllab-quvvatlaydi yoki tartibga soladi .
Vazirlar Mahkamasi doimiy komissiyalarni tuzadi va ularning vazifalari, funksiyalari va faoliyat tartibini belgilaydi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflarni tayyorlash, Vaziraar Mahkamasi qarorlariningloyixdlarini ishlab chiqish uchun , shunishdek Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishga bevosita daxldordir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqtashtirish departamenti Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash toʻgʻrisida» 1995 yil 13 iyundagi 219-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 4 iyuldagi 254-son qaroriga 2-ilova sifatida berilgan Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisidagi Nizomga asosan faoliyat satadi.
Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga, Respublika davlat organlari, korxona va tashkilotlarining ishini muvofiqlashtirishni ta’minlashga, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga, Oʻzbekistonda qulay investitsiya iqlimini yaratishga yoʻnaltirilgan. Departamentning asosiy vazifalari quyidagalar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatiga va tashqi iqtisodiy faoliyatning me’yoriy bazasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
chet el mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korxonalarining tashqi savdoni shakllantirish va rivojlantirishga hamda Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish uchun chet el sarmoyasini jalb etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
ushbu tizimlarning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikka doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar missiyalarining respublikadagi faoliyatiga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyotiga bevosita chet el investitsiyalarini jalb etishga koʻmaklashish.
Departament tarkibiga Yevropa Itgifoqi komissiyasining Oʻzbekistondagi texnik koʻmaklashishni muvofiqlashtirish byurosi (Oʻz byuro KES) va Investitsiyalarga koʻmaklashish xizmati (IKX) ham kirib, ular mustaqil yuridik shaxslar hisoblanadi.

Download 103,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish