Kimyoviy jarayonlarda suv o‛tlari va bakteriyalarning ishtiroki. Suv o‛tlari (ular taxminan 30 ming turdan iborat) suv muhitiga
organik modda chiqaradi, (biroq) minerallar va karbonat angidrid yutadi. Bakteriyalar bo‛lsa,
aksincha, organik moddalarni
minerallarga aylantiradi, demak fotosintez jarayonida hosil bo‛ladigan organik moddani tirik organizmlar tomonidan (masalan, baliqlar) o‛zlashtira oladigan shaklga aylantiradi. Tabiiy suvlarda bakteriyalarning soni 1-300 mln/ml
ni tashkil etadi, ya’ni tuproqqa qaraganda 10 marta kam. Fitoplankton turlaridan (muallaq holda uchraydigan mikroskopik suv o‛tlari) bitta bakteriya ishtiroki bilan parchalanish (oksidlanish) jarayonini soda kimyoviy tenglama ko‛rinishida yozish mumkin:
Gidrosferada quyidagi kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlar o‛tadi. Ulardan ba’zilarini ko‛rib chiqamiz.