3-mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Reja


Shaxs rivojlanishining yosh va individual xususiyatlari



Download 61,76 Kb.
bet4/6
Sana20.07.2022
Hajmi61,76 Kb.
#828660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

Shaxs rivojlanishining yosh va individual xususiyatlari. Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Zero, bola organizmining o‘sishi, rivojlanishi hamda psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida turlicha kechadi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Konstantin Ushinskiy va Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar. Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda qiyin. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, anglash tezligi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, tartibsiz ishlashi, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.

Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar

Ta’lim-tarbiya yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bu bola rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs, shuningdek, individual, shaxsiy, o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.





Shaxsning individual, shaxsiy xususiyatlari
uning yo‘nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti hamda faoliyatining o‘ziga xos, barqaror, muhim xususiyatlari

Shaxsning individual xususiyatlarini aniqlash uchun insonga xos temperamentning umumiy tiplari hamda bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikalaridan xabardor bo‘lish lozim. Temperament (lotinchadan “temperamentum” qismlarning bir-biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari mavjud. Masalan, V sinf o‘quvchici bilan IX sinf o‘quvchisini tenglashtirib bo‘lmaydi.



Shaxsning rivojlanganlik darajasini belgilovchi holatlar: uning fiziologik, ruhiy va intellektual o‘sishini ta’minlovchi faoliyat va xatti-harakatlarining miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishi

Shu sababli pedagogik-psixologik nuqtai nazardan ta’lim oluvchilarning yoshi ularning aqliy, axloqiy, jismoniy va ruhiy kamolotiga ko‘ra quyidagi davrlarga bo‘linadi:






Go‘daklik davrida bola bir qadar faol bo‘ladi. Bu faollik qo‘l-oyoqlarning shartli refleks asosida harakatlanib turishi bilan ifodalanadi. Harakatchanlik va faollik bolaning dastlabki chinqiriqlarida ham kuzatiladi. Bola tomonidan shartli reflekslar asosida tashkil etilayotgan harakatlar u besh-olti haftalik bo‘lganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu davrga kelib u o‘z onasini taniydi, uning ovozini eshitganda tinchlanadi, boshqalarning ovozlarini eshitganda xushyor tortadi. Go‘daklik davrida idrok va tasavvurlari tarkib topa boshlaydi. U ko‘zga tashlanadigan barcha narsani ushlay ko‘rishga, ozg‘iga solishga, mazasini totishga intiladi. Besh-olti oylik bola o‘tiradigan bo‘ladi, so‘ngra emaklab, tik yurishga ham harakat qiladi. Ba’zan bir yoshga, gohida ikki yoshga to‘lganda mustaqil yura boshlaydi.

Olti oydan so‘ng “g‘o‘ldirab” so‘zlashga intiladi, atrofdagilarning gaplarini tushuna boshlaydi, unda asta-sekin passiv nutq shakllanadi, 2 yoshga qadam qo‘ygach, faol nutqni o‘zlashtiradi. Nutqning o‘sishi bilan bola borliqni anglay boshlaydi. Go‘daklik davridayoq bolaning xatti-harakatlari, xulq-atvorida hissiy kechinmalar namoyon bo‘la boshlaydi.
Uning harakatida ovqatlanish, issiq yoki sovuqni sezish kabi hissiy ta’sirlar kuzatiladi


Maktabgacha ta’lim muassasasigacha bo‘lgan davrda bolaning harakatchanligi, idroki va nutqi zo‘r berib taraqqiy qiladi. Unda tafakkur yuzaga keladi. Uning tafakkuri dastlab “predmetli (obrazli) tafakkur” sanaladi, unga ko‘ra bola o‘zi idrok qilgan narsalar, shuningdek, atrofdagi narsalar haqida fikrlay oladi. Mazkur yosh davridagi tafakkur bolaning predmetlarga bo‘lgan munosabatida ifodalanadi. Uning nuqti tafakkuri bilan uzluksiz holda o‘sadi. Uch yoshda kundalik turmushda ishlatiladigan so‘zlarni, nutqning oddiy grammatik shakllarini o‘zlashtirib oladi.


Mazkur davrda sezgilar, atrofdagilarga munosabatni ifodalovchi tuyg‘ular ko‘zga tashlana boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning hissiyotga berilauvchanligiuning faolligida, katchanligida ko‘rinadi. Bu yoshda bola o‘ynay boshlaydi, uning o‘yinlari asosan katta yoshdagi kishilar hamda o‘zidan katta bolalarning harakatlariga taqlid qilishdan iborat bo‘ladi. Uni o‘yinning mazmunidan ko‘ra o‘ynalayotgan narsalar (qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar) ko‘proq zavqlantiradi.

O‘yinlar asosida maktabgacha ta’lim yoshi bolalarida ijodiy xayol, zehn, fahm-farosat, topqirlik kabi sifatlar tarbiyalanadi. Shu bilan birga o‘yin yordamida ularning hissiyotlari shakllanadi: o‘yin davomida bolalar o‘zlarini tetik his qiladilar, erishilayotgan yutuq, muvaffaqiyatdan zavqlanadi,lar go‘zallikni his qiladilar. Jamoa asosida o‘ynaladigan o‘yinlar orqali bolalarda o‘rtoqlik va do‘stlik hislari tarkib topadi. Rolli, muayyan qoidalarga muvofiq o‘ynaldigan o‘yinlar bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyatini o‘stiradi, xotirasini mustahkamlanishiga yordam beradi, intizomlilikni tarbiyalaydi

Maktabgacha ta’lim davrida bola bog‘cha va oila muhitida o‘ziga yarasha ijtimoiy munosabatlarda ishtirok eta boshlaydi. Kattalar va tengdoshlari bilan ko‘proq so‘zlashayotganligi sababli bolaning nutqi va tafakkuri o‘sadi. O‘zi ko‘rgan, eshitgan voqea-hodisalar to‘g‘risida ancha batafsil hikoya qiladi. Atrofdagilar bilan muloqot va munosabatda kirishayotganligi bolada xulq-atvor shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Buning natijada unda ma’naviy-axloqiy hukmlar tarkib topadi. Bola endilikda atrofdagilarning xatti-harakatlari, boshqalarga nisbatan yondashuvlari asosida “yaxshi” va “yomon”ni farqlaydi. Bu yoshda bolalar “sen yaxshisan (yomonsan)” degan so‘zlarning ma’nosini yaxshi anglaydilar.



Bola ikki yoshga to‘lib, uch yoshga o‘tganda undagi ixtiyorsiz faollikni
asta-sekin ixtiyoriy faollik egallay boshlaydi. Endilikda u kattalar
tomonidan topshirilgan oddiy yumushlarni bajara oladi. Shu bilan birga
unda ixtiyoriy diqqat ham o‘sa boshlaydi. Aynan shu yoshda bolada “men”lik
yuzaga keladi. U o‘zini atrofdagi tengdoshlari bilan solishtira, ulardan
o‘zini ajrata boshlaydi. Bunday harakatlarni “mening o‘zim”, “men istayman”,
“men istamayman”, “sen o‘zim bajaraman” yoki “men buni bajara olmayman”
kabi so‘zlar bilan ifodalaydi. Tevarak-atrofdagi narsalarga
muayyan ta’sir ko‘rsatish bilan birga ularga nisbatan o‘z
munosabatini bildiradi


Mazkur yosh davrida bola o‘z kuchi va egallagan ko‘nikmalariga tayangan holda rasm chizadi, turli narsalarning loyiha (konstruksiya)larini, shuningdek, turli materiallardan, loydan, plastilindan buyumlar yasaydi. Olti-yetti yoshga to‘lganda bolada o‘qishga bo‘lgan qiziqish, intilish yuzaga keladi. Maktab hayoti uning uchun qiziqarli, maroqli tuyuladi, o‘qishga boradigan birinchi kunni intiqlik bilan kutadi.



Boshlang‘ich ta’lim davrida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish mazkur davrda bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi bo‘lib qoladi. O‘qish jarayonida u darsliklarini va o‘quv qurollarini saranjom saqlash, o‘z vatida o‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni bajarish kabilar yuzasidan ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. Ushbu jarayonda o‘quvchi tobora mas’uliyatli bo‘lib boradi. Ta’lim jarayonida beriladigan bilimlar bolaning saviyasini o‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi

Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo‘ladi. Ta’limning dastlabki vaqtida qat’iy talablarning qo‘yilishi tufayli endilikda u darsda o‘qituvchini tinglay olishi, ko‘rsatilayotgan narsalarni diqqat bilan qarashi, tengdoshlari so‘zlayotganda e’tibor berishi, yozuv taxtasi yoki kitobdan ko‘chirib olinayotgan matnga diqqatni qaratishi lozim. Shu asosida o‘quvchida ixtiyoriy va barqaror diqqat o‘sadi, kuzatuvchanlik qobiliyati rivojlanadi.


Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi xotirasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘quvchi birinchi sinfdan boshlab, ta’lim jarayonida o‘quv materialining ko‘p qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. Shu bilan birga o‘z-o‘zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida o‘quvchi xotirasi takomillashadi.
Bu yoshda o‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘quv materialini yodlab olishga intiladilar. Buning sababli birinchi va ikkinchi sinflarda o‘quvchilarning “o‘z so‘zlari” kam bo‘ladi, grammatik nutq hali takomillashmagan bo‘ladi, shu sababli materialni yodlab olishga intiladilar.
Bilimlarni muntazam o‘zlashtirish, yozma nutqni bir qadar bilib olish va ta’lim jarayonining o‘zi o‘quvchilar tafakkurini yanada o‘stiradi. 7-8 yoshli bolalarda ham tafakkur hali konkret xarakterda bo‘ladi. Ular o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina fikr yuritadilar.
Ta’lim jarayonida birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Ona tili va matematika fanlarini o‘rganish ushbu tafakkur shaklini rivojlanishiga yordam beradi. Uchinchi va to‘rtinchi sinflarda o‘quvchilar ilmiy bilimlarga oid ayrim tushunchalarni ham o‘zlashtirib oladilar. Masalan, orol, yarim orol, dengiz, ko‘l, daryo, yomg‘ir, chaqmoq, tog‘, tekislik kabi geografik, qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish, bo‘lish kabi matematik, ot, sifat, fe’l kabi grammatik, davlat, davlat ramzlari, bayroq, gimn, gerb kabi ijtimoiy-huquqiy, sotish, sotib olish, miqdor, mahsulot kabi iqtisodiy tushunchalarni egallaydilar. Shunday bo‘lsa-da, mazkur davrda o‘quvchilar aniq misollarni, ya’ni idrok qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalarni ko‘rmasdan turib qandaydir ta’rif va ifodalarni o‘zlashtira olmaydilar, ularning ma’nosini tushunmaydilar. Shu sababli, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mavhum xarakterdagi biror qoidani tushuntirganda aniq hayotiy misollar yordamida bayon qilish maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga mazkur davrda o‘quvchilarning ruhiyatida hissiy kechinmalar yuz beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga keladi. Ular ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida o‘quvchi faoliyatiga qo‘yilgan yuqori baho o‘quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlikni, iftixor kabi ijobiy hissiy kechinmalarni tug‘diradi. Ularda darslarni yaxshi o‘zlashtirishga intilish yuzaga keladi. Yomon baho olganda esa o‘zidan norozi bo‘lish, pushaymon qilish kabi salbiy kechinmalar sodir bo‘ladi. Ayrim o‘quvchilar yomon bahoni tuzatishni. Yaxshi o‘qishni istaydilar, ammo ayrimlar yomon baho tufayli o‘ziga ishonmay qoladi, umidsizlik va tushkunlikka tushadi. Bu esa o‘qituvchidan xushyorlikni talab qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismonan nisbatan tekis o‘sadilar, o‘g‘il va qiz bolalar tashqi ko‘rinishidan bir-birlaridan kam farq qiladilar.
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr, tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o‘quvchilariga emosionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo‘ladi, his-tuyg‘ulari mazmuni o‘zgaradi.Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.

Download 61,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish