Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘linmas”, “yagona” ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina
tashkil eta oluvchi biologik mavjudot
Manbaalarda, lug’atlarda aytilishicha individ atamasi lotincha individium so’zidan olingan bo’lib, bo’linmaydigan, mustaqil yashaydigan, degan ma‘noni anglatar ekan. Individ bu insoniyat vakili, barcha ijtimoiy va psixologik belgilarni (aql, ehtiyoj, qiziqish va boshqalarni) o’zida ifodalaydigan konkret kishidir. Individ tushunchasi odamni tabiiy mavjudot sifatida aks ettiradi. Masala bunday qo’yilganda turli xil biologik omillar (ya‘ni yosh xusuciyatlari, jinsi, temperamenti va boshqalar) nazarda tutiladi. Insonning o’ziga xosligini ifodalaydigan xislatlar uning individualligini belgilaydi. Individni odam ham deb atashadi.Ayrim mutaxasislar, psixologlar ta‘kidlashicha individuallik davri tug’ilgandan to unda nutq paydo bo’lgunga qadar vaqt birligini qamrab oladi. Bu davrda bolada turli harakatlar bajarish, tevarak-atrofga moslashish, ota-onani, qarindosh- urug’larni tanish, sezgi, idrok, xotira jarayonlari rivojlanadi, emotsiya, hissiyotlar paydo bo’ladi. Unda odamlar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji tug’iladi.
Shaxsga oid ko’pgina atamalar arab dunyosidan kirib kelganligi uchun ularning asl mohiyati bugungi kungacha o’z qimmatini saqlab turibdi. Misol uchun “odam ” tushunchasi yer kurrasida ongli zotning yaralishi bilan bog’liq diniy aqidalarga borib taqaladi. Ya‘ni “Odam ato va momo havo” to’g’risidagi muqaddas manbaalaridagi “tug’ilish”, “yaralish”, “jon ato etish” haqidagi mulohazalardan kelib chiqib talqin qilinadi.
Odam tushunchasi ilmiy adabiyotlardagi “individ” ya‘ni ongli mavjudotga xos belgini bildiruvchi atamaning mohiyatiga mos tushadi. Odam zotining boshlanishi, hayvonot dunyosidan farqli jihatlarini e‘tirof etish maqsadida qo’llanilgan tushuncha hisoblanadi.
“Inson” tushunchasi esa “odam” tushunchasiga juda yaqin bo’lib, ijobiy axloqiy sifatlarni jamlagan odamlarga nisbatan ko’proq qo’llanadi va shuning uchun axloqiylikka moyildir.Odamzodga xos xususiyatlar, sifatlar, fazilatlar, xulq-atvor malakalarini egallay borish jarayonida insoniylik shakllanadi. Odamning mohiyatini o’rganish avvolo, uning boshqa turdagi jonzodlardan farqlanuvchi belgilarini aniqlashni taqozo qiladi.
Odamning boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turadigan belgilar juda ko’p. Bular ichki va tashqi, jismoniy, xulqiy va boshqa tafovutlar bo’lib, ularning barchasini sanab chiqish ancha vaqt talab qiladi. Lekin shunday tafovutlar borki, ular tirik mavjudotlar va odamning mohiyatini belgilab beradi. Odam bilan hayvonlarni ajratib turadigan farqlardan biri bu – odamda ongning mavjudligidir. Odamning hayvondan ajratib turadigan eng asosiy tafovutlardan biri xulqdir. Hayvonlar xulqi tug’ma bo’lsa, odamlar xulqi jamiyatda shakllanadigan xulqdir. Hayvonlar xulqi irsiy kodlar yordamida avloddan avlodga o’tsa, odamlar xulqi jamiyatda ijtimoiy munosabatlar, til, tarbiya, ibrat va ma‘naviyat yordamida shakllanadi. Jamiyatda ham xulq normalari avloddan avlodga o’tadi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan prefarmizm oqimi namoyandalarining fikricha odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo’lajak shaxsga xos barcha xususiyatlariga ega bo’ladi, rivojlanish esa ana shu xususiyatlarning miqdoriy ko’payib borishidan iborat emish.
Prefarmistlar ham naslning shaxs rivojlanishidagi roliga favqulotda yuksak baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadilar.
Bu nazariyaning yana bir yo’nalishi XX asrda keng tarqalgan bixeviorizm oqimi edi.
Bixeviorizm oqimiga amerikalik pedagog va psixolog E.Torndayk asos soldi. Uning fikricha shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan, ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o’tadi. Go’yo odamning ko’zi, tishlari, barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgan, deydi. Bu bilan Torndayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta‘siri inkor etadi, tarbiya shaxs xususiyatlariga ta‘sir etishdan ojiz, deb biladi.
Amerikalik pragmatizm (pragma – foyda degani) pedagogikasining otaxoni Djon Dyun va Kombos ham yuqoridagi fikrni yoqlab chiqdilar. Ular ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asosladilar. Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatini o’stiradi, deydi D. Dyun.
Pedagogik psixologlar va boshqa fanlarning keyingi yillardagi inson tarbiyasiga, kamolotiga oid ilmiy ma‘lumotlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi juda murakkab jarayon ekanligini isbotladi, odamning shaxs kamolga yetishida biologik omil (nasl) ijtimoiy omillar (muhit) va pedagogik omil (ta‘lim-tarbiya) alohida rol o’ynaydi. Inson tabiatning bir bo’lagi. Inson bolasi ma‘lum layoqat kurtaklari, ma‘lum imkoniyatlar bilan tug’iladi. Ammo bular imkoniyat. Bu layoqat kurtaklarining rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhit, sharoit, ta‘lim-tarbiya zarur.
Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar ham inson tarbiyasiga ta‘sir etuvchi omillar ahamiyatiga katta e‘tibor berib kelganlar. Farobiy inson kamolotida ta‘lim-tarbiyaning muhimligini ta‘kidlab: “Munosib inson bo’lish uchun odamda ikki imkoniyat, ta‘lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta‘lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa bu kishilar bilan muloqatda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo’ldir”, deydi.
Farobiy o’zining, “Fozil odamlar shahri”, “Baxt – saodatga yetishuv to’g’risida”, “SHarhlar” kabi asarlarida shaxs rivojlanish muommolarini bayon qiladi. Farobiy inson boshqa jonzotlardan sifat jihatidan tubdan farq qiladi, deb ko’rsatadi.
Birinchidan, deydi u inson aqlli mavjudot bo’lib, aql va jon insonning tabiiy ibtidosidir. Ikkinchidan, insonning tili va nutqi bor. Uchinchidan, inson kasb-hunarga ega. Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bu barcha xususiyatlar insonning rivojlanishi va takomillashuviga imkon beradi. Farobiy pedagogik ta‘limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya‘ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarash yotadi.
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy o’zining ta‘lim-tarbiyaga oid qarashlarida inson kamolotiga juda katta e‘tibor bergan edi.
Beruniy shaxs rivojlanishi, kamolotida uch narsa muhimligini ta‘kidlaydi. Ya‘ni hozirgi davr pedagogikasida e‘tirof etilganidek shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiya muhim rol o’ynaydi, deydi. Beruniy insonning rivojlanishida ilmu- ma‘rifat, san‘at, adabiyot, amaliy faoliyat, ayniqsa ijtimoiy turmushning ham ahamiyati katta ekanligini ta‘kidlaydi.
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino pedagogika qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanish uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Ibn Sino inson rivojlanishida, kamolotida aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyani o’zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy asoslarini ko’rsatib berdi.
Ibn Sino ayniqsa, bolaning har tomonlama rivojlanishida oila tarbiyasining o’rni katta ekanligini ko’rsatdi. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta‘siri ham bor. Har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba‘zi biologik sifatlarga ega bo’lgan holda tug’iladi. Tananing tuzilishi, soch, ko’zning, terining rangi, bo’yi-basti va boshqalar shular jumlasidandir. Bular jismoniy xususiyatlar. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug’ma o’tadi. (xorelik, flegmatik, sangvinik, melanxolik). Bular fiziologik xususiyatlar hisoblanadi.
Akademik I. P. Pavlov ta‘limotiga ko’ra bola bir qator tug’ma xususiyat va instinktlarga ega xolda tug’iladi. Bular shartsiz reflekslar gruppasini tashkil etadi. Bular: oshqozon refleksi (so’lak ajratish), muhofaza refleksi (issiqdan qo’lni tortish, yorug’dan ko’zni qisish) kabilar.
Ayni vaqtda insonga xos bo’lgan xususiyatlar ham irsiyat yo’li bilan o’tadi. Masalan tananing vertikal holatdagi harakati bir necha tug’ma imkoniyatlar ya‘ni tafakkur, nutqning rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati kabi tug’ma imkoniyatlar ham o’tadi. Bularning rivojlanishi uchun inson bolasi odamlar orasida, kishilik muhitida yashashi, tarbiyalanishi kerak. Bulardan tashqari odamga nasliy yo’l bilan bir necha kasalliklar ham o’tadi.
Inson kamolotiga ta‘sir etuvchi omillardan biri muhitdir. Muhit deganda kishiga ta‘sir etuvchi tashqi voqealar kompleksi tushuniladi. Bunda tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, ayniqsa oila muhitining roli katta.
Bola shaxsiga ijtimoiy muhit, ijtimoiy omillar (ya‘ni mikro muhit) roli katta. Bola munosabatga kirishadigan muhit, odamlar, ko’cha, maxalla, maktab, sport, radio, televideniya, adabiyotlar, san‘at va boshqalar.Yoshlarga ijtimoiy sifatlarni singdirish jarayoni asosan oilada, so’ngra qo’shni-qarindoshchilik munosabatlari ta‘siri ostida, shuningdek, xalq urf-odatlari, rasm-rusumlari, qadriyatlari, an‘analari ruhi orqali amalga oshirilgan.
Bola dunyoga kelishi bilan oila va ijtimoiy muhitda o’sadi, ulg’ayadi. So’zlashuv, uchrashuv, muloqat va muomala madaniyati malakadlarini egallay boradi. Harakteri, dunyoqarashi shakllanadi. Bolaning jismonan, aqlan ijtimoiy mavjudot-inson sifatida shakllanishi va rivojlanishi ko’p bosqichli bo’lib bunda, ayniqsa maktabdagi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlaridagi ta‘lim-tarbiyaning roli katta.
SHaxs ikki asosiy omil ta‘sirida shakllanadi. Birinchi omil ijtimoiy hayot bo’lsa, ikkinchisi maqsadga qaratilgan ta‘lim-tarbiyadir.Har bir kishi faqat ta‘lim tarbiya tizimini, ijtimoiy tarbiya va kasbiy shakllanish natijasidagina shaxs maqomiga ko’tariladi.
SHaxs ijtimoiylashuvi jarayonida insonga xos fazilatlarni egallab oladi. Ya‘ni ijtimoiylashuv jarayonida shaxs jamoatchilik ishlariga aralashadi, biror vazifani o’z zimmasiga oladi, yashashdan maqsadni anglaydi, jamiyatdagi boshqa kishilar bilan muomila, munosabatga kirishadi va hakozo.
Tabiiy muhit ham shaxs rivojiga ta‘sir etadi. Ob-havo, ekologiya, yomon ekologiya, har xil tabiiy ofatlar, zilzila va boshqalar shaxs rivojiga salbiy ta‘sir etadi.Tabiat bizga ma‘naviy oziq beradi. Xis-tuyg’ularni uyg’otadi, faqat ularni anglash zarur. Pedagogikada odamning qanday shaxs bo’lib yetishuvi:
15 % - irsiyatga o’rtacha 40 % - muhitga va 45 % - tarbiyaga bog’liqligi isbotlangan.
I.A.Karimov asarlari, nutqlarida yosh avlodni aqliy, axloqiy, jismoniy jihatdan rivojlantirish, barkamol insonni shakllantirish vazifalari, yo’llarini belgilab berdi.
I.A.Karimov 2000 yilni “Sog’lom avlod yili” deb e‘lon qilishda so’zlagan nutqida “Bizning taraqqiyot strategiyamiz sog’lim avlod tarbiyasiga tayanadi va uni rivojlantirishga qaratilgan” deb ta‘kidladi. Mamlakatimizda I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Ta‘lim to’g’risidagi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, “Sog’lom avlod ” dasturi va boshqa xujjatlarda har tomonlama rivojlangan, erkin fikrlaydigan shaxsni shakllantirish vazifalari, yo’llari belgilab berildi”.
Go‘dak tug‘ilganidan ma’lum yoshga qadar, ya’ni borliqni eng oddiy tarzda anglaguniga qadar individ sanaladi. Bu davrda ham bola atrofdagi turli kishilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi, istaklarini xatti-harakatlari, ovozi yordamida ifodalashga intiladi. Biroq, uning bu harakatlari ongli tarzda emas, balki shartli reflekslar yordamida tashkil etiladi. Demak, biologik mavjudot sanaladigan individ shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini anglashi, shuningdek, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Har bir shaxs o‘zgalardan farq qiladi. Shaxsni o‘zgalardan farqlovchi jihatlar individuallik sanaladi. Individuallik shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarning aks etishi sanaladi.
Shaxsning individual xususiyatlari shaxsning yo‘nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti va faoliyatining o‘ziga xos, barqaror, muhim xususiyatlari
Tarbiya jarayonini tashkil etishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish va uning individual xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Individual yondashuv o‘quvchining aqliy qobiliyati, bilishga bo‘lgan qiziqishi va iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bolaning harakatlari uning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ongli ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Bu ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida irsiyat, ijtimoiy muhit va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’siridagina individ shaxs sifatida rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |