3-Mavzu. Shaxsni o`rganishning biografik metodi, shaxsni yo`nalganligini o`rganish, kasbiy qiziqish va layoqatlarni eksperimental o`rganish



Download 348,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana22.03.2022
Hajmi348,58 Kb.
#505513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu maruza

kontentanaliz 
deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki, 
uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta 
qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu 
metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X.Lassuell va B.Berelsonlar bo‘lib, ular 
bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, 
uning g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy 
amerikalik» nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni 
fashistik yo‘nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini 
ta’qiqlashga erishgan edilar.
Kontent-analizni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu 
tekshiruv birliklari — kategoriyalarni aniqlashdir. CHunki bunday birliklar 
tadqiqotning maqsadi va tadqiqotchining e’tiqodi va dunyoqarashiga ko‘ra har xil 
bo‘lishi mumkin. Masalan, kontent-analizning asoschilari X.Lassuell va 
B.Berelsonlar bunday birlik — ramziy birlik yoki simvollar bo‘lishi mumkin, deb 
hisoblashgan bo‘lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday birlik 
yaxlit mavzu bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, bunday birliklar kontent-analizda 
ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. 
SHuning uchun ham ko‘pgina tadqiqotchilarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar 
quyidagilar bo‘lishi mumkin deb hisoblaymiz:
a)
alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, 
demokratiya, faollik
tashabbus, hamkorlik va hokazo);
b)
yaxlit abzatslar, matnlar, maqolalar va shunga o‘xshashlarda ko‘tarilgan 
mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar 
mavzusi va hokazo); v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning 
nomlari;
g) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy 
mojarolar, O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga 
o‘quvchilarning munosabati va shunga o‘xshash).
Yaxshi o‘tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta 
ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir 
tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan, 
tadqiqot so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga 
keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak. Shaxsning faoliyatini yo`naltirib 
turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui 
kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi.
Shaxs Yunalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini 
belgilaydi. Shaxs yo`nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda 


xarakterlanadi. 
Qiziqish
– bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan 
tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi.
Dunyoqarash
– insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga 
munosabati va bu dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati 
hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo`ladi. 
E’tiqod
– insonni anglangan ehtiyoji bo`lib, u faoliyatga undaydi. 
Ideal
– bu namuna, 
intilishlarning eng Yuqori cho`qqisi.
Intilish
– birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir.
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o`zaro ta’sirga 
kirishadi. Ularni o`zgaradi, o`z faoliyatini yo`naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, 
jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o`z - o`zini yo`altiradi, o`z oldiga maqsad 
qo`yadi, maqsadga intilish yo`lida uchraydigan kiyinchilik va to`siqlarni engib o`tishga 
harakat qiladi. Maqsadga yo`naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda moddiy, 
ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Ehtiyojlar asosida 
odamda 
faoliyatning motivlari
, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq ichki turtki 
kuchlar paydo bo`ladi. Motiv odamni faoliyatiga, faolikka yo`naltiruvchi sababdir. 
Shaxs inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni bajaradi, uni natijasiga ega 
bo`lishga, uni qo`lga kiritishga o`z-o`zini yo`naltiradi. Shaxsning faolligining 
yo`nalishi turli ehtiyojlar: kelib chiqishi, predmetiga ko`ra a) tabiat - inson o`zini, 
avlodini saqlab qolishdagi faolligi; b) madaniy-odamning insoniyat madaniyati 
mahsuliga bog`liq bo`lgan faoliyati; predmetiga ko`ra: v) moddiy – ovqatlanish 
kiyinish, uy-joy, maishiy turmush ashyolari; g) ma’naviy - ma’naviy madaniyatni 
o`zlashtirib olish, yaratish, o`qish, ilm, san’at, musiqa, kinofil’m, teatr va boshqalar 
asosida boshqariladi, amalga oshiriladi.
4. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida o`ziga xos sifatlar mavjud: Ekstravertsiya – 
inson ongni va diqqatini atrofga, tashqariga, asosan o`zi atrofida bo`layotgan narsalarga 
qaratilganidir. Ekstravertsiya intravertsiyaga qarshi bo`lib, intravertsiya – bu ong va 
inson qiziqishlarini o`ziga, o`z ichiki dunyosiga qaratilgandir.

Download 348,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish