Baqlajonli ikra. Resept: baqlajon - 1,25 kg; o’simlik moyi - 100 ml; pomidor - 2 dona; shirin qalampir - 1 dona; piyoz - 2 dona; limon sharbati - 1 ch. Qoshiq; sarimsoq - 2 bo’lakcha; qalampir, tuz - ta’bga ko’ra.
Yosh baqlajonlar gazli pechda har tomonlama pishiriladi, so’ngra barmoqlarni sovuq suvda namlab, po’sti olib tashlanadi. Tozalangan baqlajonlar qiya sabzi taxtasiga qo’yilib silqitiladi. So’ngra baqlajonlar yog’och pichoq bilan maydalanadisalat idishiga solinaditinimsiz aralashtirgan holda o’simlik moyi quyiladi.
Ikra tuzlanadi,ta’bga ko’ra biroz qalampir va limon sharbati qo’shiladi. Ta’bga ko’ra urug’idan adjratib tozalangan va maydalanib pishirilgan shirin qalampir, shuningdek maydalangan sarimsoq (1-2 bo’lakcha) qo’shish ham mumkin. Ikrani yangi pomidor bo’laklari bilan bezatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |