3-mavzu: rivojlanish falsafasi


Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni



Download 54,4 Kb.
bet7/15
Sana16.01.2022
Hajmi54,4 Kb.
#372021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi

Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Hozirgi davrda murosa falsafasini olg‘a surayotgan ayrim tadqiqotchilar qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuniga qandaydir e’tiborsizlik bilan qaramoqdalar. Bu qonunda ayb yo‘q. Ayb hamma vaqt o‘zimizda, undan qanday foydalana bilishimizda. Qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni mutloqlashtirish bir yoqlamalikka, siyosatda xatolarga olib kelishini yaqin o‘tmishda ko‘rdik. Taraqqiyotning bu qonuni mazmunini to‘g‘ri tushunmaslik tabiatda qarama-qarshiliklarni, jamiyatdagi ob’ektiv ziddiyatlarni inkor qilishga, hayotni rangsiz, bo‘yoqsiz tasvirlashga, nihoyat sub’ektivizmga olib kelishi mumkin. Bunda bir xatardan qochaman deb ikkinchisiga giriftor bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.

Bu qonun qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, tafovut va ayniyat tushunchalari orqali ifodalanadi.

Inson har bir qadamda qarama-qarshiliklarga duch keladi. Har bir narsa, har bir hodisa qarama-qarshiliklarning birligidan iborat. Koinotda odamlarga osmon va Yer biri uzoq, ikkinchisi yaqin, tabiatda qish-yoz, sovuq-issiq, kecha-kunduz, qorong‘u va yorug‘ borligini o‘z tajribalaridan biladilar. Hayotda vijdonli-vijdonsiz, odobli-odobsiz, bilimli-bilimsiz, madaniyatli-madaniyatsiz, ishbilarmon-boqimanda, uquvli-uquvsiz, puldor-pulsiz, dono-nodon va h.k. kabi tushunchalar uchrab turadi.

Ilgari sotsializm-kapitalizm, materializm-idealizm, proletariat-burjuaziya, qizillar-oqlar kabi ikki qutbli (bipolyar) ziddiyatlar e’tirof etilardi. Bugungi kunda bunday yondashuvlar o‘z qimmatini yo‘qotdi. Endi ziddiyatlar ko‘p qirrali, rang-barang, ko‘p qutbli (bipolyar) qarama-qarshiliklardan tarkib topmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» asarida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Totalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qutblarga bo‘linishi barxam topdi .... Ikki mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro hayotning hamma sohalariga soya tashlashi ostida o‘tgan kuchli qarama-qarshilik barham topdi. Ammo shundan keyin ham bizni qurshab turgan dunyo, ko‘plar kutganidek, osoyishtaroq bo‘lib qolgani yo‘q. Unda mojarolar kamaymadi. Dunyoda yangi tartiblarni shakllantirish jarayoni mintaqalar darajasidagi va mintaqalar ichidagi eskidan saqlanib kelayotgan, zimdan tutab yotgan, har xil tarixiy, etnik, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ega bo‘lgan mojarolarning keskinlashuvi bilan birga yuz berdi. Bu mojarolar ilgari ikki tuzumning dunyo miqyosidagi qarama-qarshiligi doirasida ko‘pincha u yoki bu kuchlar qutbining manfaatlari yo‘lida ''bostirib kelingan'' edi. Bundan tashqari, yangi mintaqaviy mojarolarning vujudga kelishi va ularga turli tashqi kuchlar o‘z jo‘g‘rofiy-strategik intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat havflar ham mavjud». (O‘sha asar, 5, 19-b.)

Tafakkurda ham ilmiy-g‘ayriilmiy, mantiqli-mantiqsiz, asosli-asossiz, izchil-noizchil, aniq-mavhum, haqiqat-yolg‘on kabi tushunchalar, fanlarda - musbat va manfiy, differensial va integral, ta’sir va aksta’sir tushunchalari mavjud. Jamiyat hayoti ham undan holi emas. Yashashdan maqsad ana shu qarama-qarshiliklarni topish, amal qilish qonuniyatlarini bilish, insonga xizmat qildirish, ularni hal qilish yo‘llarini izlab topishdan, inson hayotini mazmunli qilishdan iboratdir. Sho‘ro dialektik materialistik falsafasida qarama-qarshiliklar kurashi taraqqiyot manbai deb hisoblanar edi. Vaholanki, I.A.Karimov aytganidek, «tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va ishonch olg‘a harakatlantiradi» (o‘sha asar, 323-b.).

Endi taraqqiyotning yana bir qonuni mohiyat-mazmuni bilan tanishib o‘taylik.Qarama-qarshilik nima?




Download 54,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish