Yer atmosferasining yuqori chegarasida gorizontal sirtga tushayotgan quyosh
radiasiyasining oqimiga insolyasiya deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
J
г
= J
o
sinh ; (3.2)
sinh = sinφ sinδ + cosφ cosδ cosτ
o
; (3.3)
τ
o
= ωτ ;
ω = 2π / T ;
T = 24 soаt ; (3.4)
bu yerda h, δ – Quyoshning balandligi va og‘ish burchagi, grad;
τ
o
- soatli burchagi, grad; τ – vaqt, soat;
ω – Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish chastotasi, rad/soat;
T - Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri, soat.
Sutka mobaynida Yer atmosferasining yuqori chegarasida gorizontal
sirtga tushuvchi Quyosh radiasiyasining miqdoriga sutkalik insolyasiya deb ataladi va
quyidagicha ifodalanadi:
Q
г
=
o
o
d
J
г
; (3.5)
bu yerda +τ
o
, -τ
o
- Quyoshning chiqish va botish vaqti, bu kattaliklar sinh=0 sharti bilan
aniqlanadi.
(3.3), (3.4) ifodalardan ko‘rinadiki, Q
g
ning qiymati faqat joyning jugrofik kengligi φ va
Quyoshning og‘ish burchagi δ ga (yil fasllariga) bog‘liq.
3.4-rasm: Janubiy yo‘nalishga ega bo‘lgan yuzalarga
quyosh nurlarning tushish burchagini aniqlash sxemasi:
N va S – shimol va janub; YE va W – sharq va g‘arb; n
va n
g
–qiya va gorizontal yuzalarga
normallar; i – nurlarning yuzaga tushish burchagi; α – gorizontga nisbatan yuzaning
qiyalik burchagi; A
- qiya sirtning azimuti
S
n
г
n
i
W
N
E
S
A
Yer atmosferasining yuqori chegarasida tushadigan Quyosh radiasiyasi, atmosferaga o‘tib
sochiladi va qisman yutiladi. Quyosh radiasiyasini yutadigan asosiy gazlarga suv bug‘i, ozon,
karbonat angidrid gazi, kislorod va boshqa bir qator gaz aralashmalari kiradi. Yutilgan Quyosh
radiasiyasi boshqa tur (issiqlik, elektr) energiyalarga aylanadi. Ozon (O
3
) asosan spektrning
ultrabinafsha qismini yutadi. Molekulali kislorodning yutishi spektrning uzoq ultrabinofsha
qismini tashqil etadi. Suv bug‘i (N
2
O) va karbonat angidrid gazi (
S
2
O) spektrning ko‘rinuvchi
qismini ham va infraqizil qismini ham yutadi. Quyosh radiasiyasini atmosfera aralashmalari va
changi ham yutadi. Agar atmosfera juda ifloslangan bo‘lsa (ayniqsa shaharlarda) qattiq
aralashmalar tomonidan quyosh radiasiyasini yutilishi ancha katta bo‘ladi. Atmosfera quyosh
radiasiya oqimiga nisbatan o‘zini xiralik muhit tarzida namoyon etadi. Xiralik muhit sifatida
molekulali komplekslar va turli aralashmalar qatnashadi. Molekulali komplekslarda sochilish
molekulali yoki Relleyli sochilish deb ataladi. Aralashmaning zarralaridagi (havoda muallaq
turgan qattiq yoki suyuq zarralarda) sochilish esa aerozolli sochilish deb ataladi. Sochilish
mohiyati tushayotgan elektromagnit to‘lqinlarning o‘zgaruvchan maydoni havodagi zarralari
bilan o‘ziga xos shaklda o‘zaro ta’sirlashuvidan iborat. Bunday o‘zaro ta’sir natijasida zarralar
sochilgan radiasiyaning yangi elektromagnit to‘lqinlar manbai bo‘lib qoladi.
Quyosh radiasiyasini quyidagi asosiy turlariga bo‘linishini qabul qilingan:
a) to‘g‘ri radiasiya – Quyoshdan bevosita to‘g‘ri tushadigan nurlanish;
b) sochilgan radiasiya – atmosferada sochilgan radiasiyasi;
v) qaytgan radiasiya – atrofdagi yuzalardan qaytgan radiasiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: