3-mavzu: pul nazariyalari. Pul aylanmasi va uning tarkibi



Download 100,96 Kb.
bet9/15
Sana22.06.2022
Hajmi100,96 Kb.
#691154
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
3 mavzu

Md=K*RY
Ularning modeliga ko‘ra iste’molchilar qo‘llarida qancha pul bo‘lishi kerakligini o‘zlari hal qiladi. Bu esa K – (proporsionallik koeffisiyenti)ning qisqa muddatlar ichida tebranishlarda bo‘lishini ko‘zda tutadi. Vaholanki, pullardan boyliklarni saqlash usuli sifatida foydalanish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish, boshqa aktivlardan kutiladigan daromadlarga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, boshqa aktivlardagi xususiyatlarning o‘zgarishi K ning ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan farq I. Fisherning Kembrij maktabi vakillari fikrlaridan farqni anglatadi.
Jon Meynard Keyns Kembrij maktabining eng so‘nggi vakillaridan bo‘lib, ularning fikrlarini rivojlantirdi. Keynschilik nazariyasi asosan XX asrning 30 – yillarida yaxlit g‘oyaviy oqim sifatida to‘liq shakllandi. Uning asoschisi XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk Britaniyalik olim J. M. Keyns edi.
M.Fridman tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya formulasi I.Fishernikidan ko‘rinishi nuqtai - nazardan farq qilib, mohiyatan pul massasi va baho o‘rtasidagi bog‘liqlikni asoslab berishga qaratilgan:


M = KRU
bu erda
M – pul miqdori;
K–pul zaxirasining daromadga nisbati;
R–baho indeksi;
U–o‘zgarmas baholardagi milliy daromad.
Monetaristlarning miqdoriy pul nazariyasini aks ettiruvchi zamonaviy tengligidan Shunday xulosa qilish mumkinki, pul massasining o‘zgarishi tenglikning o‘ng tomonida uchta holatning biriga ta’sir qiladi, ya’ni baholarning oshishiga (R), real milliy daromadning ortishiga (U), pul zaxirasini daromadga nisbatan koeffisiyentini o‘zgarishiga olib keladi.
Miqdoriy pul nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning vakillari sifatida A.Marshal, D.Roberdon va D.Patinkinlarni keltirish mumkin.
I.Fisherning miqdoriy pul nazariyasi haqida shakllantirgan “tranzaksion varianti”da pul asosan muomala vositasi va to‘lov vositasi funksiyalarini bajarishini e’tirof etgan bo‘lsa, A.Pigu miqdoriy pul nazariyasida pulni jamg‘arma vositasi funksiyasi vazifasini ham bajarishini ta’kidlab, unga alohida ahamiyat qaratadi.
Angliya Kembrij maktabi vakillari miqdoriy pul nazariyasi borasidagi ta’limotlarida I.Fisherning pul nazariyasi xususidagi ta’limotidan farqli yana bir konsepsiyani ilgari suradilar. Agar, I.Fisher iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini uning taklifini tahlil qilish asosida aniqlagan bo‘lsa, Kembrij maktabi vakillari iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini tovarlar va xizmatlar hajmidan kelib chiqib unga bo‘lgan ehtiyoj asosida aniqlash zarurligi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
Shuningdek, agar I.Fisher pulning hajmini muomalada bo‘lgan miqdoriga qarab va ular doimiy ravishda muomalada ishtirok etishini e’tirof etgan bo‘lsa, Kembrij maktabi vakillari muomalaga chiqarilgan pullarning barchasi doimiy ravishda muomalada ishtirok etmasligi, ular “kassa qoldig‘i” sifatida aholining qo‘lida, bank va korxona hisobvaraqlarida ma’lum muddatga saqlanib qolishi mumkinligi xususidagi ta’limotni asoslab berishadi.
I.Fisher jami ijtimoiy kapitalni va bahoning darajasini umumiy yaxlitlikda tahlil qilish asosida tegishli xulosalarni shakllantirgan bo‘lsa, A.Pigu asosiy e’tiborni kapitalning individual harakati va ularning sohiblariga qaratadi.
A.Pigu miqdoriy pul nazariyasining “kassa qoldig‘i” haqidagi ta’limotni ilgari surganda uning tarkibiga muomaladagi naqd pulsiz va joriy hisobvaraqlardagi qoldiq summalarni, ya’ni pul miqdorini aniqlashda aholining qo‘lidagi naqd pul qoldiqlari va korxona -tashkilotlarning banklardagi hisobvaraqlarini qoldiqlarini ham inobatga oladi.
E’tirof etish lozimki, A.Piguning pul nazariyasi haqidagi yondoshuvlari I.Fishernikidan farq qilsada, mohiyatan miqdoriy pul nazariyasi doirasidan chiqib ketolmagan edi, pul va baho o‘rtasidagi to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqa saqlanib qolgan edi. Buni A.Pigu tomonidan yaratilgan M = RPQ yoki P = M/Q tengligida ham kuzatish mumkin, chunki bu I.Fisherning “ayirboshlashni tenglashtirish” konsepsiyasiga yaqin bo‘lib, unda:
M – pul massasi;
P – baho darajasi;
Q – tovar massasi (yoki tovar aylanmasining moddiy hajmi);
V – jismoniy va yuridik shaxslarning pul ko‘rinishida saqlashi mumkin bo‘lgan daromadlar.
I.Fisher va A.Piguning tengliklari o‘rtasidagi farq, Fisherda pul birligining aylanish tezligi V foydalaniladi, ikkinchi koeffisiyent K, Vga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, agar Piguning tengligidagi K almashtirilsa Fisherning formulasi kelib chiqadi.
XX asrning 50 yillarini o‘rtalaridan boshlab, miqdoriy pul nazariyasining Kembrij ta’limotiga asoslangan neoklassik yo‘nalishi vujudga keldi. Ushbu yo‘nalishning asosiy nomoyandasi D.Patinkin hisoblanib, u o‘zining asarlarida pul massasi va baho o‘rtasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri proporsionalllik mavjudligidan kelib chiqdi. D.Patinkin “kassa zaxirasi”ni yuqori likvidli manba sifatida qaraydi, uning hisobidan qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish va keyinchalik ushbu mablag‘larni real kapitalga yo‘naltirish zarurligini ta’kidlaydi.
D.Patinkin miqdoriy pul nazariyasida daromadni uchta yo‘nalishga, ya’ni iste’mol, investisiya va “kassa zaxirasi” sifatida joylashtirish zarurligini uqtiradi.
Xulosa qilib aytganda, pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi holatini o‘rganish va tahlil qilish asosida bu xususda iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilarning fikrlari turlicha bo‘lsada, barchasining asosida uning ayirboshlash vositasi ekanligi va pulning mavjudligi asosida mehnat taqsimoti yotishi e’tirof etiladi.

Download 100,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish