Miqdoriylik nazariyasi va narxlar darajasi Klassik maktab vakillari (I. Fisherni ham hisobga olib) ish haqini va narxlarni absolyut egiluvchan deb hisoblashgan, umumiy tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi iqtisodiyotning odatiy rivojlanishda to‘liq bandlikka to‘g‘ri keladi, Shuning uchun ayirboshlash tenglamasida V ni qisqa muddat ichida o‘zgarmas deb hisoblash mumkin. Pulning miqdoriy nazariyasiga ko‘ra M 2 marta oshganda qisqa mudat ichida P ham2 marta oshishi kerak chunki V va Y doimiy bizning misolda N-5,Y=5trln dollar, P=1. M ning 2 trlnga oshishida, V va Y o‘zgarmas narx darajasi 2 marta oshadi(P=2)
Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867 – 1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini asoslab berdi.
M – muomaladagi pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – o‘rtacha tortilgan baho;
Q – tovarlar hajmi;
M1 – bank depozitlari summasi;
V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi.
Tovarlar uchun to‘lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash tengligi”ni ilgari surdi.
MV=PQ
Fisher chap va o‘ng tomoni bir – biriga to‘g‘ri proporsional bo‘lgan funksional tenglikka asoslangan holda, tovarlarning bahosi P muomaladagi pul miqdoriga to‘g‘ridan – to‘g‘ri proporsional va tovarlar miqdori Q teskari proporsionaldir degan fikrga keldi.
Fisherning funksional bog‘liqligidagi tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma’lum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning o‘zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi.
Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o‘zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi hamda pul muomalasi va bahosining shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o‘zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqega egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta’sir ko‘rsatadi.
Miqdoriy pul nazariyasining “tranzaksion varianti” ta’limoti asoschilari, monetaristlar M.Fridman, K.Brunner, A.Melderlar hisoblanadi. A.Marshall, L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglik “nisbiy” baholarning o‘zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi.
Monetaristlar ushbu tenglikning o‘zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan bog‘laydilar, shuningdek M.Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat banklarning tranzaksion hisobvaraqlaridagi (talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit sertifikatlar va muddatli depozitlar) qoldiq mablag‘larni ham inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi.
Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni kiritishdi. Xususan:
– birinchidan, ular pul massasi va bahoning o‘zaro bir – biriga to‘g‘ri proporsionalligidan voz kechdilar, faqat bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining baholarga ta’siri haqidagi ta’limotni yoqladilar;
– ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligini e’tirof etadilar, biroq bunga jiddiy e’tibor qaratishmaydi;
– uchinchidan, ular I.Fisherning tovarlar hajmining o‘zgarmas sharoitida muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini inkor etadilar;
– to‘rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi tebranishlarni aniqlashda pul massasi dinamikasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga ishonadilar, pul – kredit siyosatiga esa iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi.
Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher ta’limotidan farqli o‘laroq, odamlarning qo‘llarida pul ushlab turishlariga asos bo‘luvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi.
Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Sub’ektlar bitimlarni amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisherning pulga bo‘lgan talab bitimlar hajmiga bog‘liq va pulning bitimlarni amalga oshirishi uchun talabi nominal YAIMga proporsional ekanligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shiladilar.
Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni saqlash vositasi ekan, pulga bo‘lgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham bog‘liq degan fikrni ilgari suradi. Boyliklarning oshishi bilan sub’ektlarda ularni har xil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug‘iladi.
Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo‘lgan talab nominal YAIMga proporsional degan xulosaga kelishdi va pulga bo‘lgan talab funksiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |