To’lov aylanmasining tarkibi. Pul-to’lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo’lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar to’lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy sub’ektlar o’rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag’lari ko’rib chiqiladi.
Pul mablag’lari harakatining har biri bo’yicha muqobil harakat ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, pullarning aylanishi ko’p yo’nalishli bo’ladi va xo’jalik faoliyati sub’ektlarini qamrab oladi.
To’lov aylanishi ushbu mamlakatda amal qiladigan to’lov vositalarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. Boshqacha aytganda, pul aylanishi deganda to’lov vositalarining shaklidan qat’i nazar bunday barcha vositalarning majmui tushuniladi. Bevosita pul mablag’larining harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va veksellarning ko’chib yurishi shunga kiradi. Pul aylanishi to’lov aylanishining bir qismidir.
Pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgilarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir.
O’z navbatida pul aylanishi to’lov vositalari muomalasining ikki shakliga: pul muomalasi (yoki naqd pullar aylanishi) va pul-to’lov aylanishiga bo’linadi.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablag’lari muomalasi, pul belgilarining bir yuridik yoki jismoniy shaxslardan boshqa shaxslarga doimiy tarzda o’tib yurishi bilan bog’liq qismidir. Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi muomalada qatnashadigan bevosita naqd pul massasidir. Shu tufayli pul muomalasini ba’zan naqd pullarning aylanishi deb ham atashadi.
Pul-to’lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo’lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar to’lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy sub’ektlar o’rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag’lari ko’rib chiqiladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining tarkibiy tuzilishini yoritib bering?.
2. Naqd pul aylanmasi, uni tashkil qilish printsiplari va naqd pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olish tartibini yoritib bering?.
3. Naqdsiz pul aylanmasi, uni tashkil qilish printsiplari, hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlarini tushuntirib bering?.
4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini va ularga tavsif bering?
5. “Umumiy to’lov aylanmasi” tushunchasi va uning tarkibi hamda to’lov aylanmasining tarkibini yoritib bering?