Pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
Markaziy Bank va tijorat banklari o’rtasidagi naqd pul aylanmasi.
Tijorat banklari o’rtasidagi naqd pul aylanmasi
Banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi naqd pul aylanmasi. (barcha naqd pul ko’rinishidagi pullarini tijorat banklariga topshirishlari shart.Tijorat banklari o’z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini moliyalashtrish uchun naqd pullar beradi: (Ish haqi, mukofot, mehnat ta’tili pullari va boshqalar.)
Tashkilotlar bilan tashkilotalar o’rtasidagi naqd pul aylanmasi
Tashkilotlar va ularning xodimlari o’rtasidagi naqd pul aylanmasi
Fuqarolar o’rtasidagi naqd pul aylanmasi.
Hozirgi davrda AQSh, Germaniya, Fransiya, Kanada va Braziliyada muomaladagi naqd pul tendensiyasi kuzatilmoqda. Lekin bu davlatlarda naqd pullarning muomladagi pul massasining salmog’i yuqori emas.
Kanada – 3.6%
Braziliya – 3.8%
AQSh - 4.9%
Frantsiya – 8.5%
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko’rsatkichning salmog’i ancha yuqoridir. Masalan Rassiyada bu ko’rsatkich 29% ni tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi bir qator kamchuiliklarga ega:
Naqd pullarni emissiya qilish tashish va saqlash katta xarajatni talab etadi. Markaziy banklar emissiya xarajatini kamaytrish uchun kupyuralarning nominalini yiriklashtirishga majbur bo’ladilar.
Naqd pullarni olib yurish xavflidir.
Naqd pullar bilan hisob kitob qilish soliq to’lashdan qochish imkonini beradi.
Naqd pul aylanamsi terrorizmni moliyalashtrish bilan bog’liq
Naqd pullar va inflyatsiya o’rtasida bevosita aloqadorlik mavjud.
Naqd pul aylanmasini tashkil qilish quyidagi printsiplar asosida amalga oshiriladi:
1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. Masalan, Markaziy bankning kassa operatsiyalarini amalga oshirish to’g’risidagi yo’riqnomasi muhim meyoriy hujjat bo’lib hisoblanadi.
2. Barcha korxonalar va tashkilotlar o’zlarining naqd puldagi mablag’larini tijorat banklarida saqlashlari shart.
3. Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd pul saqlab turishga ruxsat etiladi. Buning uchun ularning kassasiga tijorat banklari tomonidan limit belgilanadi. Bu limit ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi.
4. Naqd pullardan maqsadli foydalanish printsiplari
Banklardan korxonalar naqd pullarni pul cheklari orqali oladi. Pul chekida nima maqsadda naqd pul olinayotganligi ko’rsatiladi.
Naqd pullarning darajasiga baho berish uchun xalqaro amaliyotda iqtisodiyotda naqd pullarning etarliligi degan ko’rsatkich qo’llaniladi.
M0/YaIM*100%
M0 – Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jami naqd pullar
2012-yilning 1-yanvar holatiga
Germaniyada – 8.9%
Frantsiyada – 8.5%
Rossiyada – 10.9%
AQSh – 6.9%
Kanadada – 3.6%
Taraqqiy etgan mamlakatlarda bu ko’rsatkichning darajasi past. Buning bir qancha sabablari bor. Ulardan asosiylari ikkita:
Naqd pulsiz hisob kitoblar tizimi yuqori darajada rivojlangan. Naqd pul muomalasi bilan asosan aholi shug’ullanadi. Plastik kartochkalarga asoslangan to’lov amaliyotining rivojlanganligi naqd pullarga bo’lgan talabni qisqartirish imkonini bergan.
Xufyona iqtisodiyotni kichik salmoqqa ega ekanligi.
Plastik kartochkalar mo’ljallanishiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
Shaxsiy kartochkalar – bu kartochkalar banklar tomonidan jismoniy shaxsga beriladi.
Koorporativ kartochkalar - bu yuridik shaxslarga beriladi. Bu kartochkadan korxonaning xodimlari foydalanishi mumkin.
Plastik kartochkalar ishlash rejimiga ko’ra 2 ga bo’linadi:
Of – line
On – line
Plastik kartochkalarning to’lovni amalga oshirish xususiyatiga ko’ra:
Debetli kartalar-bu krtalar faqat plastik karta hisob raqamidagi pul mablag’lari doirasida to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Kreditli kartalar-plastik hisob raqamdagi pul tugaganini keyin ham tijorat bankining krediti hisobiga to’lovni amalga oshirish imkonini beradi.
Yaponiyaning Tashiba kompaniyasi Supersmartkardni chiqardi. Bu istagan joyda to’lovni amalga oshira oladi.