ENERGIYA OQIMI
Barcha tirik organizmlar moddalardan tashkil topgan va ularning barchasi energiyaga muhtoj. Moddalar esa takror va takror aylanadi. Moddalar va energiya tabiiy dunyoga turli xil yo’llar bilan ko’chiriladi. Moddalarning qayta ishlatilishi energiyani talab qiladi. Energiya qayta ishlanmaydi, ammo u birshakldan boshqa shaklga o’tadi. Energiyaning boshqa shaklga o’tishiYerdagi hayot uchun muhim.
Oziqa zanjiri deb, har bir organizm o‘zidan keyinda turgan organizm uchun ozuqa bo‘lib xizmat qilishi tushuniladi (10-11-rasmlar). U organizmlarning trofik darajasiga ko‘ra uch-besh halqadan iborat:
1. Produtsentlar (o‘simliklar).
2. Birinchi darajali kontsumentlar (o‘txo‘r hayvonlar).
3. Ikkinchi darajali kontsumentlar (o‘txo‘r hayvonlar biomassasi bilan oziqlanuvchi etxo‘r hayvonlar).
4. Uchinchi darajali kontsumentlar (etxo‘r hayvonlar biomassasi bilan oziqlanuvchi etxo‘r hayvonlar).
5. Produtsentlar va 1, 2, 3-darajali kontsumentlar biomassasi bilan oziqlanuvchi to‘rtinchi darajali kontsumentlar. Organizm tomonidan oziqa bilan qabul qilingan energiya oziqa zanjiri bo‘ylab organizmdan - organizmga o‘tishda zanjirning har bir halqasida birin-ketin kamayadi va oxirida yo‘qolib ketadi.
Masalan: tariq – hashorat – qurbaqa – ilon - kalxat.
Demak, ozuqa zaniridagi har bir bo’g’inning o’rni trofik darajani tashkil etadi.Trofik zanjirlar fotosintez hosil qiluvi organizmdan boshlansa, sarflanish zanjiri deyiladi.Masalan, o’simlik – kiyik – bo’ri –tariq – hashorat – qurbaqa – ilon – kalxat.Agar ozuqa zanjiri o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadi yoki chiqindilardan boshlansa, parchalanish (detrit) zanjiri deyiladi.Masalan, to’kilgan barg – yomg’ir chuvalchangi – qorayaloq – qirg’iy. Trofik darajalar o’rtasidagi energiya oqimi turli ekotizimda turlicha boradi. Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi Ekologik piramida (grekcha, piramidos – ko‘p qirrali + oikos - uy, vatan) – biomassa piramidasining o‘zi deyish mumkin, ammo undan farqi shundaki, ekologik piramida quyidagi 4 ta qoidaga asoslanib quriladi:
ikkilamchi biomahsulotning vazni birlamchi biomahsulot vaznidan doimo kam bo‘ladi; 2) iste’mol qilinadigan organizmlarning vazni iste’mol qiluvchilar vaznidan doimo ko‘p bo‘ladi; 3) biomahsulot hosil qilish tezligi ikkilamchi biomahsulot hosil qiluvchilarning qisqa yashaydiganlarida ularning uzun umr ko‘radiganlariga nisbatan tez kechadi (serpushtlik, tez ko‘payish va vazn orttirish tezligi hisobiga); 4) ekologik piramidaning yuqori pog‘onalariga ko‘tarila borgan sari organizmlar soni kamayadi4.
Do'stlaringiz bilan baham: |