3-mavzu: pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari ma’ruza mashg’uloti rejasi


Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi



Download 68,2 Kb.
bet3/10
Sana17.07.2022
Hajmi68,2 Kb.
#811816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu (1)

3.2. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi
Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Teribtermachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo'lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo'lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat faoliyati yo'nalishida yetarlicha bilimga ega bo'lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o'rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma'lum yo'nalishlar bo'yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» demakdir.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug'ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o'rgatilgan.
O'rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo'lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag'dod), «Ma'mun akademiyasi» (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqane) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo'nalishlari bo'yicha kuchli bilimga ega bo'lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo'lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo'nalishlarda keng ko'lamli tadqiqotlar olib borilgan.
O'rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya (Sharqda madrasa)lar ko'rinishidagi maktablarda ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar bo'yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Chunonchi, Muhammad Tarag'ay Ulug'bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o'z davrining taniqli olimlari — Ali Qushchi, Taftazoniy, Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta'lim berganlar.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma'rifatparvarlar — Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma'naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar.
Quldorlik tuzumida erkin bo'lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan. Quldorlik tuzumi o'rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g'oyalar feodallar manfatlarini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g'oyalar yetakchi o'rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G'arbda cherkov, Sharqda esa masjidlar)ning roli osha borib, bolalarni o'qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g'oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ'ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko'zga tashlangan bo'lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko'lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko'rish ehtiyoji ilmiy bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustahkam o'rin olgan Sharq
Uyg'onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi — o'rta asrlar davrida sodir boidi. Sharqda buyuk allomalar - Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy, G'arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom, antik dunyo va burjuaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o'zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo'lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishini tasdiqladi. Mazkur davrda ilg'or, progressiv pedagogik g'oyalar ilgari surildi. Aksariyat g'oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qarash o'z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o'rinda pedagogika fani rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shgan mutafakkirlar: G'arbda — Ya.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko,
V.A.Suxomlinskiy, Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta'lim berish va uni tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanada boyitdilar hamda ta'lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tatbiq etish, o'qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g'oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq Sho'ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta'lim muassasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, har tomonlama (gormonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tatbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo'li demokratik, insonparvar va huquqiyjamiyatni barpo etishdan iboratligi e'tirof etilib asosiy e'tibor yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi. 2.3. Pedagogik fanlar tizimi
Shaxs kamolotini ta'minlash, uning intellektual, ma'naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi. Ular quyidagilardir:

Download 68,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish