3-MAVZU: PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO‘G‘RISIDAGI FAN. ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
3.1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari
3.2. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi
3.3. Pedagogik fanlar tizimi
3.4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
3.5. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish
Tayanch so’z va iboralar: pedagogika, maqsad, vazifa, ob’yekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
3.1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi.
Pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan sohasi.
Pedagogikaning fan sifatida taraqiy etish jarayoniga turli pedagog olimlar tomonidan turlicha fikrlar beriladi.
Pedagogika kontekstlik ma’nosiga ega bo‘lib o‘rganuvchining turli xil faoliyatlarida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Amerikalik pedagog olim Bernstein fikriga ko‘ra pedagogika bir insonning ongli faoliyati boshqa bir insonni o‘rganishini ta’minlaydi. Uning fikricha pedagogika shaxsning yangi jihatlarini kashf qilish, fikrlarni bog‘lash, bilim, amaliyot va shaxs fikrini ta’minlovchi vosita xisoblanadi.Shu bilan birga u o‘qituvchining tashkilotchiligi,boshqaruvchanligi, talaba fikrini tahlil qila olishi va talabaga nisbatan o‘qituvchi masxuliyatini ko‘rsatuvchi hisoblanadi.1
Alexander’s fikriga ko‘ra pedagogika ham faoliyat ham tahlil turi xisoblanadi. Pedagogika o‘qituvchilarning fikrlashi, ularning e’tiqodi, munosabati, bilimi, talabalarni o‘qitish va o‘rganish jarayonida dars rejasini tushunishi, shuningdek ularni o‘qitish jarayonidagi ta’siridir va pedagogika ijtimoiy, madaniy, siyosiy jarayonlar bilan bog‘langan2.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati — uni o'qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishga yo'naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o'zlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo'ladi. Maxsus ta’lim — o'zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Pedagogika fanining ob’yekti – yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogika fanining predmeti – ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg’ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |