3-mavzu: O‘zbekistonning tarixiy geografik jihatdan o’rganilishi Reja


Temuriylar davrida dunyo tarixiy-geografik ilmini rivojlantirishi



Download 57,74 Kb.
bet3/3
Sana10.07.2022
Hajmi57,74 Kb.
#769605
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu.O‘zbekistonning tarixiy geografik jihatdan o’rganilishi

3. Temuriylar davrida dunyo tarixiy-geografik ilmini rivojlantirishi. Temuriylar davrida dunyo tarixiy-geografik ilmini rivojlantirishda ulkan hissa qo‘shgan Abdurazzoq Samarqandiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalarning ilmiy merosini a’lohida ta’kidlash zarur. Dunyoga mashhur astronom, tabiatshunos olim, ma’rifatparvar shoh Mirzo Ulug‘bek O‘zbekiston tarixiy geografiyasining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. U Samarqand shahrida «Fanlar akdemiyasi» tashkil etib, unga o‘z davrining mashhur olimlarini yig‘di. Ular orasida Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi o‘z sohasining zukko bilimdonlari bor edi.
Mirzo Ulug‘bek madrasa, rasadxona qurdirish bilan birga, qator asarlar yozib qoldirdiki, ular ichida bizgacha etib kelgani «Tarixi arba’ ulus» va «Ziji Ko‘ragoniy» («Ulug‘bek ziji», ya’ni astronomik jadval) kitobidir. «Ziji Ko‘ragoniy» astronomiyaga bag‘ishlangan bo‘lsada, unda qimmatbaho geografik ma’lumotlar mavjud. Asarda jahondagi shaharlarning, jumladan Turkistondagi bir qator shaharlarning joylashuvi haqida ma’lumotlar berilgan. «Ulug‘bek Akademiyasi»da etishib chiqqan shogirdlari ichida eng iste’dodlisi Ali Qushchidir. U o‘z davrining Ptolemeyi hisoblanib, Ulug‘bek ishini davom ettirgan. Ali Qushchi Ulug‘bek o‘limidan so‘ng Eron, Turkiya kabi yurtlarda astronomiya, matematika, geografiyaga oid kuzatishlar olib borgan.
Ulug‘bek Mirzoning birinchi ustozi "Zamona Aflotuni" Salohiddin Muso ibn Mahmud Qozizoda Rumiy edi. Ulug‘bek Mirzo Qozizoda Rumiydan falakiyotga oid sir-sinoatlarni o‘rganib, keyinchalik mazkur allomaning maslahati bilan G‘iyosiddin Jamshid ibn Ma’sudni Samarqandga taklif qiladi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Ulug‘bek yana bir falakiyot ilmi allomasi- Mu’niddinni ham Samarqandga chaqirib keltirgan. Dunyo astronomiyasi taraqqiyotini Mirzo Ulug‘bekning xizmatlarisiz tasavvur etish qiyin. Movarounnahrda qirq yil hukmronlik qilgan sultonning ilm-fan uchun alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, madrasalar barpo etishi, Samarqandda yirik astronomiya maktabiga asos solishining o‘zi tarix oldidagi katta xizmatidir. Ulug‘bek tashabbusi bilan 1424-1428 yillar mobaynida Samarqand shimolida Obirahmat arig‘i bo‘yidagi Ko‘hak tepaligi bag‘riga bunyod etilgan jahonga mashhur rasadxona o‘z davrida osmon jismlarini o‘rganuvchi eng yirik inshoot hisoblangan. Ushbu tarixiy obida orqali kuzatishlar asosida 1437 yilda dunyoga mashhur "Ziji jadidi Ko‘ragoniy" asari yaratildi. Yevropada bu asarni birinchi bo‘lib tadqiq etgan olim Oksford universiteti professori Jon Grivs hisoblanadi. U 1650 yilda mazkur asardagi jadvallarni qisman nashr ettiradi. O‘sha davrda Evropada bu jadvallarga ehtiyoj juda katta edi. Aytish joizki, Evropa renessansida Ulug‘bek jadvallarining ham munosib o‘rni bor. Ulug‘bek "Ziji"da yulduzlar jadvali o‘ta aniqlik bilan tuzilgan. Ulug‘bek asarida erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi davomida ro‘y beradigan nozik chetlanish hodisasini aniqladi. Osmon jismlarining harakat nazariyasini o‘rgandi. 247 shahar va aholi punktining jug‘rofiy koordinatlarini belgilab berdi. Bu esa o‘rta asrlar geodeziyasi uchun katta yangilik edi. Bu rasadxona bosh teleskopining diametri qariyb 48 metr bo‘lgan.
1417 - 1430 yillar orasida Ulug‘bek Samarqand markazi Registon maydonida ulkan madrasa, xonaqoh, Muqatta’ masjidi va hammom qurdiradi. Shuningdek, 1417 yilda Buxoroda va 1433 yilda G‘ijduvonda ham madrasa qurdirgan. Mazkur madrasalarda diniy ilmlarga nisbatan matematika, geometriya, falakiyot, tabiyot, jug‘rofiya va tarix kabi dunyoviy ilmlar ko‘proq o‘qitilgan. Mirzo Ulug‘bek tarixnavis donishmand edi. "Tarixi arba’ ulus" asari Mirzo Ulug‘bekning turkiy xalqlar tarixini qanchalik chuqur bilganidan dalolat. Undagi nazmiy parchalar esa, ulug‘ ajdodimizning she’riyatdan etarlicha xabardor bo‘lganini ko‘rsatadi. Alisher Navoiy ham "Majolis un-nafois" asarida Ulug‘bekning she’riy iste’dodiga yuqori baho bergan.
Ulug‘bek atrofiga o‘z davrining eng yirik va iste’dodli olimlari to‘plangan edi. Samarqand o‘sha paytda Sharqning eng yirik ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangandi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan o‘nlab olimlar Ulug‘bekning bevosita homiyligi ostida faoliyat ko‘rsatgan. Ular orasida Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Nizomiddin al-Birjandiy, Miram Chalabiy kabi olimlarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Tarixda Mirzo Ulug‘bek kabi yuksak iste’dod va salohiyatga ega hukmdorlar kamdan-kam o‘tgan. Darhaqiqat, buyuk bobomiz jahon ichra yangi bir osmon yaratib ketdi. Uning birgina astronomiya fani rivojiga qo‘shgan hissasi insoniyat tamaddunidagi ulug‘ xizmatidir. Yana, Navoiy ta’biri bilan aytganda, dunyo bor ekan, uning merosi ham boqiy qolaveradi.
Temuriylar sulolasining yana bir vakili Zaxiriddin Muhammad Boburdir. Bobur tarixshunos, geograf, etnograf, mashhur shoir, olim va adolatli shoh bo‘lgan. U o‘zining bilgan, ko‘rgan, kuzatgan boy ilmiy dalillari asosida shoh geografik asar hisoblangan «Boburnoma» ni yozib qoldirdi. Bobur Farg‘ona, Zarafshon vodiylarini, Toshkent vohasini bir necha bor kezib chiqib, «Boburnoma» asarida mohirona badiiy ravishda tasvirlagan. Bobur o‘z asarida Turkiston, jumladan O‘zbekiston relefini, bo‘lib turadigan zilzilalarini, iqlimini ilmiy ravishda bayon etish bilan birga tarixiy-geografiyada taqqoslash usulidan mohirona foydalangan. U biror hududga ta’rif berayotganda geografik izchillikka katta e’tibor bergan.
«Boburnoma»da Turkiston iqlimi haqida ham qimmatli ma’lumotlar yoritiladi. Asarda Farg‘ona viloyati beshinchi iqlimda joylashganligi, Farg‘ona vodiysiga shamollar g‘arbdan kelishligi, yog‘inning kam tushishligi, atrofi tog‘lar bilan o‘ralganligi bayon etiladi. Bobur tarixiy geografiyada taqqoslash uslubiga asos solganlardan biridir. U «Boburnomada» Samarqand va Qobul tabiatini, xususan iqlimini bir-biriga taqqoslagan. Bobur o‘z davrining qomuschi olimi sifatida Turkiston tarixi, etnografiyasi sohasida ham qiziqarli ma’lmotlar qoldirganligi bilan birga tilshunos sifatida ham mashhurdir.
«Boburnoma» o‘zbek tarixiy-geografik va toponimik jihatidan katta ilmiy xazinadir. Bu jihatidan «Boburnoma»ni «Devonu lug‘otit turk» bilangina taqqoslash mumkin. Temuriylar sulolasi davridagi mahalliy sayyoh va olimlarning merosini o‘rganish, nafaqat tarixiy bilimlarni oshirishda balki O‘zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekistonning qadimgi geografiyasini qaysi yunon-rim tarixchilari o’rganishgan?
2. Afrosiyobning o’rganilishi haqida nimalarni bilib oldingiz.
3. Arab-eron geograflarining dunyo geografik ilmini rivojlantirishdagi hissasi haqida nimalarni bilib oldingiz.
4. Temuriylar tarixiy-geografik ilmni rivojlantirishda qanday hissa qo’shishgan?
Download 57,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish