14-laboratoriya ishi gidroizogips xaritasini tuzish 1



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#654623



14-LABORATORIYA ISHI 
 
GIDROIZOGIPS XARITASINI TUZISH 
 
1.
 
Laboratoriya ishining maqsadi 
Gidroizogips xaritasini tuzish va yer osti suvlari oqimi yo’nalishini 
aniqlash. 
2.
 
Laboratoriya ishida foydalanish uchun materiallar va uskunalar 
 
-
qurilish maydonining qidiruv qazilmalari joylashish nuqtalari 
(parmalangan quduqlar va shurflar) va yer osti suvlari ko’zgusi joylashish 
chuqurligining sonli ko’rsatkichlari (suratda) va ko’zguning nisbiy belgilari 
(maxrajda) keltirilgan sxematik xaritaning tushda bajarilgan plakati;
-
laboratoriya ishlari uchun daftar. 
3.
 
Umumiy ma`lumotlar 
 
Gidroizogips xaritalari maxsus gidrogeologik xaritalar ichida eng katta 
qiziqish uyg’otadi va muhandislik maqsadlari uchun amaliy ahamiyatga ega. 
Bu xaritalar relef, ta'minlash sharoitlari, drenaj va suv joylashgan 
qatlamlarning tuzilishlariga bog’liq bo’lgan qandaydir vaqt mobaynida 
izochiziqlardagi yer osti suvlar ko’zgusining holatini ko’rsatadi. 
Gidroizogipslar (yunon.: gipsos – balandlik, tepa) – xaritadagi yer osti 
suvlari ko’zgularining bir xil absolyut yoki nisbiy sathlari nuqtalarini 
birlashtiruvchi chiziqlardir. Bu chiziqlar maydon relef gorizontallari bilan bir 
xil bo’lib va ular kabi suv ko’zgusi relefini akslantiradilar. 
Yer osti suvlar yuzasi shakli murakkab va ko’p omillarga (faktorlar) 
bog’liqdir: suv sig’diruvchi jinslar tarkibi, ularning suv o’tkazuvchanligi, relef, 
joylashish va singish sharoitlari, suv to’sig’i joylashishi, suv ushlab turuvchi 
qatlam qalinligi va hokazolarga. 
Gidroizogips xaritasi quyidagi masalalarni yechish imkonini beradi: 
- har qanday nuqtada yer osti suvlari oqimi yo’nalishini aniqlash
- yer osti suvlari harakat tezligini aniqlash; 
- xaritada suv ayirgichlarni (gidroizogipslarni yer osti suvlarining eng 
baland sathlari bilan tutashgan joylari) va yer osti suvlarining yer yuzasidagi 
qismlarini (nolinchi chuqurlikdan suvgacha zonalarni) ko’rsatib berish; 
- foydalanishdagi quduqlar va drenaj ariqlarini to’g’ri joylashtirish; 
- yer osti suvi oqimi gidravlik gradiyentini (oqishini) aniqlash; 
- yer osti suvlari joylashish chuqurligini aniqlash; 



- yer osti va yer usti suvlari orasidagi boq’lanishni o’rnatish.
Gidroizogips xaritasini tuzish uchun to’r bo’yicha joylashgan 
quduqlardagi va shurflardagi yer osti suvlari sathi o’lchanadi. Xarita aniqroq 
bo’lishi uchun kuzatilgan to’r zichroq bo’lishi kerak. Sathlar bir payitda yoki 
yaqin vaqt oralig’ida (1-2 kun) o’lchanishi kerak. Yer osti suvlari 
ko’zgularining eng baland va eng past holatdagi davrlari uchun tuzilgan 
xaritalar katta ahamiyatga ega. Yer osti suvlari chuqurligi har bir nuqtada 
absolyut yoki nisbiy belgiga hisoblab chiqiladi:
N
v
=N
z
-h, 
bu yerda: N
v
– yer osti suvlari sathining absolyut belgisi; 
N
z
– yer ostining absolyut belgisi;
h – yer osti suvlarining joylashish chuqurligi. 
Gidroizogips kesimi (joylashish ketma-ketligi) shunday tanlanishi kerakki, 
natijada yer osti suvlari ko’zgulari xususiyatlari xaritada aks ettirilgan bo’lishi 
kerak. Gidroizogips kesimini tanlash yer osti suvlari sirtining og’ish miqdori, 
xarita masshtabi va sathlar o’lchov nuqtalarining joylashish zichligiga 
bog’liqdir. 
Xarita masshtabi o’tkazilayotgan gidrogeologik izlanishlarning umumiy 
xarakteriga bog’liq holda tanlanadi. 
4.
 
Ish bajarish tartibi 
Talabalardan gidroizogips xaritasini tuzish va yer osti suvlari oqim 
yo’nalishini aniqlab berish talab qilinadi. 
Plakatdan daftarga yer osti suvlari chuqurligining sonli ko’rsatkichlari va 
qidiruv qazilmalari tushirilgan qurilish maydonining xaritasi chizib olinadi. 
Shurf va parmalangan quduqlarning shartli belgilarini minimal o’lchamda 
tushirish kerak (5mm gacha). 
1) joylashish chuqurliklari turlicha bo’lgan maydonlar uchun shartli 
belgilar xaritaning tagida ko’rsatiladi; 
2) suratdagi sathlar bo’yicha gidroizobat xaritasi tuziladi. Gidroizobatlar 
interpolyatsiya uslubi bo’yicha o’tkaziladi (6-laboratoriya ishiga qarang). 
Chizg’ich yordamida shartli belgilar bo’yicha belgilangan maydonchalar 
shtrixlanadi; 
3) gidroizogips xaritasi maxrajdagi belgilar bo’ycha tuziladi. 
Gidroizogipslar interpolyatsiya uslubi bilan kesimi 1 metrga teng bo’lgan 
holda rangli qalam bilan o’tkaziladi. Xaritadan tashqarida gidroizogips 
chetlarida ularning belgilari ko’rsatiladi; 



14.1-rasm. Gidroizogips xaritani tuzish 
Xulosa: yer osti suvlari oqim yo’nalishi______________________ 
Ikkinchi tajriba maydoni __________ sanadagi holati 



5.
 
Laboratoriya ishi bo`yicha natijalar va xulosalar 
Ish oxirida, talaba daftarida shaklga mos ravishda rasmiylashtirilgan ishni 
taqdim etadi va gidrogeologik xarita tuzish tartibi va vazifasini bilishi kerak.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish