3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati. Rеja



Download 36,67 Kb.
bet6/16
Sana08.07.2021
Hajmi36,67 Kb.
#113359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3-MARUZA ORTA PODSHOLIK DAVRIDA MISR DAVLATI (2)

2.Xo’jalik taraqqiyoti Misrda XI sulоla va XII sulоla fir’avnlari Amеnеmхеt I, Sеnusеrt III, Amеnеmхеt III. zamonida yana qaytadan qudratli, markazlashtirilgan davlat vujudga kelgan. Bu davlat Shimoli-Sharqiy Afrikada hukmron bo’lishga va mamlakatlarda o’z ta’sirini kuchaytirishga intilgan.

Ichki va tashqi siyosat O’sha zamondan qolgan yozuv va yodgorliklar u davrda mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ancha o’sganligini, xo’jalikning turli tarmoqlari har tomonlama rivojlanganligini ko’rsatadi. Agrar mamlakat bo’lgan Misrda xo’jaligi kattagina o’rin tutib, u dastavval, ishlatiladigan yerlarning kengaytirnlishini va sug’orish sistemasining do­im yaxshilab turilishini talab qilgan. SHuning uchun ham davlat xokimiyati bu sohada bir qator tadbirlarni amalga oshirishi lozim bo’lgan. Qadimgi Podsholik davridayoq irri­gatsiya soxasida katta ishlar qilingan va toshqinlar vaqtida Nildan suvning ko’tarilishini doim kuzatib turilgan. Ge­rakleopol podsholari davlat birligini tiklash uchun dastlab uringan vaqtlarda sun’iy sug’orish sistemasini yaxshi- lash va kengaytirish zarurligi ko’ndalang bo’lgan. Siut nomida yangi kanal qazilgan; bu qanal aholini, asosan toshqinlar vaqtida ham suv chiqmaydigan balandlikdagi rayonlarda yashovchi axolini suv bilan mo’l ta’min etishi lozim bo’lgan. Biroq bu tadbirlarning torroq ko’lamda va faqat ayrim viloyatlar doirasidagina amalga oshirilishi mumkin bo’lgan. Faqat XII dinastiyaning qudratli fir’avnlari za­monida Misr yana katta va kuchli davlat bo’lib birlashgandan keyingina, faqat o’rta Podsholik gullab-yashnagan zamonda, xususan Amenemxet III davridagina sun’iy sug’orish tarmoqlari ancha kengaytirilgan va mukammallashtirilgan. XII dinastiya fir’avnlari davrida Nil daryosining pasayishi va ko’tarilishini ko’rsatadigan belgilar Semna yaqinida 2-ostona yonidagt qoyalarga chizib borilgan. Bu yerda topilgan va Amenemxet III podsholik qilishining 14-yiliga mansub bo’lgan bir yozuvda Nilning juda baland ko’tarilgani qayd qilingan, o’sha vaqtda Nil suvi xozirgi xolatidan 7 metr baland bo’lgan. Aftidan, maxsus tayinlangan amaldorlar Nildagi suvning past-balandligini kuzatib borgan bo’lsalar kerak, chunki mamlakatning xo’jalik hayoti uchun sun’iy sug’orish sistemasi g’oyat katta axamiyatga ega bo’lib, bu sistemaning foyda keltirishi tamomila Nildagi suvning ko’p- ozligiga bog’liq bo’lganligini davlat xokimiyati juda yaxshi bilgan. O’rta Podsholik davrida Fayum voxasida irrigatsiya soxasida ayniqsa katta ishlar qilingan. Greklar Merido ko’li deb atagan va aloxida kanal vositasi bilan Nilga tu- tashtirilgan katta suv ombori shu voxada bo’lgan. Gerakleo­pol podsholari Fayum voxasida qishloq xo’jaligini rivojlantirish to’g’risida g’amxo’g’lik qilib, bu yerda juda katta irrigatsiya qurilishi boshlab yuborganlar. «Gerakleopol podshosining nasixatnomasi»da ularning «Gerakleopolgacha damba qurgan» liklari aytilgan. XII dinastiya podsholari zamonida suvning Nil daryosidan Merido ko’liga oqib kirishi va ko’ldan chikib ketishini tartibga solib turadigan katta inshoot qurishga kirishganlar. Aftidan, bu inshoot o’ziga xos shlyo’z va to’g’onlar bo’lib, Nil toshganda suv o’sha inshootlardan Fayum suv omboriga oqib kirgan, Nil suvi qaytgandan keyin bu yerdagi suv daryoga oqib tushgan bo’lsa kerak. Bu gidrotexnik inshootlar va suv xavfidan saqlovchi katta devorlar qurish ishlari Amenemxet III zamonida tugagan bo’l­sa extimol. Irrigatsiya soxasida olib borilgan shu katta ish­lar natijasida Fayum voxasidagi juda ko’p botqoqliklarni quritib, sun’iy ravishda bunyod qilingan katta dehqonchilik rayonida sug’orish ishlarini to’g’ri tashkil etishga imkon tug’dirgan. SHuning uchun ham bu yerda yangi katta shahar (Ka- xun) bino bo’lgan.

Butun mamlakatda qishloq xo’jaligi ravnaq topgan. Misr gullab-yashnagan ko’m-ko’k bog’ga aylangan. Bu davrda vujudga kelgan yirik quldorlik mulklari dexxonchilik va chorvachilikning xiyla rivojlanishi uchun zarur bo’lgan hamma imkoniyatlarni yaratib bergan. Bani-Xasandagi G’azal nomi nomarxlarining maqbaralari devorlarida xuddi shu yirik mulklarda yashovchilarning xayotidan olingan manzaralar tasvir etilgan.




Download 36,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish