3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati. Rеja



Download 36,67 Kb.
bet13/16
Sana08.07.2021
Hajmi36,67 Kb.
#113359
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3-MARUZA ORTA PODSHOLIK DAVRIDA MISR DAVLATI (2)

Shaharlar Qishloq jamoalarining sekin-asta bo’linib ketishi natijasida jamoa a’zolari yangi kattagina qismi ko’pchiligi badavlat kishilardan ibo­rat to’g’li-tuman xunarmandlar va savdogarlarga, yeri va uyalari bo’lgan mayda xususiy mulk egalariga aylangan. Xunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaxarlarning vujudga kelishi va o’sishiga sabab bo’lgan. O’rta Podsholik davrida xam, xali natural xo’jalik asosiy o`rin tutishiga qaramay, yangi shaxarlar, ma’muriy va xo’jalik markazlari vujudga kela boshlagan, bu shaxar va markazlarning xayoti ijtimoiy turmushning yangi shakllariga kirgan. Fayum voxasida o’tkazilgan qazishlar vaqtida shunday shaxarlardan biri (Kaxun) ning qoldiqlari topilgan edi. Bu shaxar Se­nusert II zamonida vujudga kelgan. Bu yerda podsho dastlab piramida bino qildirgan va bu piramida atrofida tez muddat ichida muayyan bir reja asosida qurilgan shaxar vujudga kelgan. SHahar, asosan, to’g’ri geometrik shaklda qurilgan, ko’chalar to`ppa-to`g’ri bo’lib, bir-birini tikka kesib o’tgan; shahar g’isht devor bilan o’ralgan. Uylarning xajmi va ichki tuzilishi shahar axolisining ijtimoiy jixatdan keskin ravishda tabaqalanganligini ko’rsatadi. Bu shaharda boylar bilan bir qatorda shahar axolisining o’rta tabaqalari, ya’ni hunarmandlar va mayda savdogarlar, nixoyat, harob kulbalarda kambag’al-qashshoqlar yashagan. Kambag’allar maxallasi shaharning g’arb tomonida bo’lib, ularning kulbalari 240X105 metr keladigan maydonga juda zich bo’lib joy­lashgan. Bu yerda odamlar chumoli singari tiqilishib yashagan va qashshoqlik xukm surgan. Bu shaharda kambag`allarning shu harob kulbalari bilan bir qatorda aristokratlarning ko’pincha katta-katta (45x60 m) maydonni egallagan qo’rg’ronga o`xshagan xashamatli uy-joylari qad kutarib turgan. Bunday uylarning har biri kambag`alning kulbasiga nisbatan taxminan 50 xissa kattalik qiladi. Boylarga qarashli uylarning har birida 70 tacha xona va yo’lak bo’lib, bu uylar shaxarning sharq tomonidagi aristokratlar maxallasida joylashgan. SHaharning harobalarida kambag’allarning kulbalaridan sal kattaroq, lekin aristokratlarning xashamatli binolariga qaraganda ancha kichkina bo’lgan uylar ham topildi. Bu uylarda axolining erkin o’rta tabaqasidan bo’lgan, hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullanuvchi kishilar yashagan. Abidosdagi mozorni qazish vaqtida topilgan juda ko’p yozuvlar, o’sha vaqtda xaqiqatan ham axolining o’rta tabaqasi, ya’ni xunarmandlar «poyabzal ustalari», «oltindan buyumlar yasaydigan zargarlar», «miskarlar» yoki yozuv­larda o’zlarini «shaxarliklar» deb atagan kishilar paydo bo’lganligini tasdiqlaydi.

Asta-sekin axolining mayda xunarmandlardan, savdogarlardan va mirzalarning eng pastki tabaqalaridan iborat o’rta shahar tabaqasi vujudga kelgan. Bu tabaqaga mansub bo’lgan kishilarning eng kambagallari ijtimoiy xarakatlar vaqtida qo’zg’olon ko’targan qullar va kambagallarga ko’shilib, ular bilan birgalikda boylarning xokimiyatini yiqitganlar.

SHunday qilib, o’sha vaqtda qadimgi Misr jamiyati misoli bir jonli piramidaga o’xshagan. Bu piramidaning negizini qattiq ekspluatatsiya qilinuvchi qullar va kambag’allar ommasi tashkil etgan. Piramidaning o’rta qismi axolining erkin o’rta tabaqasi bo’lgan dehqonlar, jamoa a’zolari va xunarmandlardan iborat bo’lib, bular iqtisodiy jixatdan quldor zodagonlarga qaram bo’lgan, og`ir soliq va tulovlar bilan juda ezilgan va deyarli tamomila asoratga tushib qolgan. Piramidaning eng yuqori qismini davlat xokimiyati bilan diniy xokimiyatni o’z qo’liga olgan mustabid fir’avn boshliq amaldorlar va koxinlardan iborat quldor aristo­kratiya tashkil qilgan. Bu ijtimoiy tuzumning mustaxkamligi mexnatkashlar ommasini juda qattiq ezish yo’li bilan markazlashtirilgan va byurokratik davlatning kuchli appa­rata vositasi bilan, shuningdek podshoni xudo deb, butun ijtimoiy tuzumni esa xudolar tomonidan o’rnatilgan va din uni azaldan muqaddas bilgan deb e’lon qiluvchi diniy ideo­logiya yordami bilan ta’min etilgan. Lekin eski urug’chilik tuzumining sarqitlari xali kuchli bo’lgan bu eng qadimgi quldorlik jamiyati ichida iqtisodiy jipslik bo’lmagan Axolining o’rta tabaqalari barqaror bo’lmagan, ular o’zgarib turgan, shu sababdan butun sinfiy tuzum xam beqaror bo’lgan. Biroq zamon o’tishi bilan qadimgi Misr jamiyatining sinfi sostavi ham murakkablashgan va shu bilan bir­ga ijtimoiy ziddiyatlar ham keskinlashib borgan. Borgan sari katta boyliklar bir to`da boylar quliga to’plangan. Juda ko’pchilikni tashkil qilgan kambag`allar bilan qullar va xatto axolining o’rta tabaqalari ham kattik ekspluata­tsiya qilingan. Bularning hammasi sinfny kurashning keskinlashuviga sabab bo’lgan. Misrda O’rta Podsholik davrining oxirida mexnatkash omma mavjud sinfiy tuzumga qarshi quldorlar aristokratiyasiga va podshoga qarshi qo’zg’olonlar ko’targan.


Download 36,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish