3-Mavzu: O`rta podsholik davrida Misr davlati. Rеja


Nomarxlar hokimiyatining kuchayishi



Download 36,67 Kb.
bet10/16
Sana08.07.2021
Hajmi36,67 Kb.
#113359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
3-MARUZA ORTA PODSHOLIK DAVRIDA MISR DAVLATI (2)

5.Nomarxlar hokimiyatining kuchayishi

Nоm zоdagоnlari bilan munоsabatlar. Fiva fir’avnlari tomonidan Misrning birlashtirilishi zodagonlarining birlashtirishdan avvalgi olag’ovur davrda juda oshib ketgan qudratiga putur yetkazgan. Lekin nomarxlar xali xaqiqiy xokimiyatni o’z qo`llarida saqlab qolganlar. O’sha davrdagi quldor aristokratiya namoyandalari, ayniqsa viloyatlarning xokimlari tomonidan bino qilingan maqbaralarning devorlarida ularning mol-mulklari tasvirlangan. Katta mansabdorlarga qarashli maqbaralarning devorlarida saqlanib qolgan tarjimai xollarga doir yozuvlar shuni ko’rsatadiki, bu zodagon nomarxlar katta yer va mol-mulkka hamda ko’pgina moddiy va kishi resurslariga ega bo’lganlar, bu esa ularning o’zlari xokim bo’lgan viloyatlarning butun xo’jalik xayotini nazorat qilishlariga imkon bergan. Ba’zi nomarxlar o’z yozuvlarida, ocharchilik yillarida o’zlariga qarashli nomdagi yerlarning hammasini xaydab, ekin ekkanliklari, juda ko’p chorva boqqanliklari va viloyatdagi och axolining hammasini boqishni o’z ustlariga olib, maxsus kemalarda boshqa joylardan don keltirib, butun-butun shaxarlarni don bilan ta’minlaganliklari to`g’risida gapiradilar. Mazmundan, o’z viloyatlardagi och qolgan axoliga g’alla qarz berib, ular xonavayron bo’lgan axolining anchagina qismini iqtisodiy jixatdan ularga qaram qilib olganlar.

Nom zodagonlari katta yer-mulklarini o’z qo’llariga to’plab, davlat xizmatidagi amaldorlardan irsiy katta yer-mulk egasi bo’lgan aristokratlarga aylana boshlaganlar. Ilgari yirik quldorlar podsho in’om qilgan yergagina egalik qilgan bo’lsalar, endi ular meros qolgan yer-mulklariga egalik qiladigan bo’lib olganlar.

O’rta Podsholik davridan qolgan yozuvlarda xususiy yer mulkini ifodalovchi «otamning uy-joyi» yoki «ota mulki» degan yangi maxsus termin paydo bo’lib, bu termin o’sha vaqtdan qolgan yozuvlarda «knyaz yeri» degan terminga qarama- qarshi qo`yiladi. Masalan, Likopol uyining nomarxi va koxinlar boshlig’i Xep-je-fa koxin degan nomga va viloyat xokimi degan unvonga ega bo’lib, birinchisi otasidan meros qolgan, ikkinchisini esa podsho taklif qilgan. SHunga binoan, uning butun mulki va yeri ikkita aloxida-aloxida qismga bo’lingan: otasidan meros qolgan yer-mulklar va vaqtincha foydalanish uchun podshodan olingan knyazlik yer-mulklari quldorlar bolalariga o’zlarining irsiy xususiy mulk deb hisoblangan yerlarinigina emas, balki o’zlarining unvonlarini ham meros qilib qoldirganlar. Ular meros qolgan nom, unvon va mansablarning bir to'dasini yig’ib olib, ota tomo­nidan xam, ona tomonidan o’zlarining yuqori aristokra­tiya avlodidan ekanliklarini g’urug’ bilan ta’kidlaydilar.

Biroq o’sha vaqtda katta ijtimoiy siljishlar kurtak bera boshlaydi. Bu ijtimoiy siljishlar O’rta Podsholikning ravnaq, topgan davrida XII dinastiya podsholari zamonida yuzaga chiqa boshlaydi. O’sha vaqtdan qolgan ba’zi yozuvlar nom aristokratiyasi bilan markaziy xokimiyat o’rtasida janjal yuz berganligini ko’rsatadi. Davlatni birlashtirishga xarakat qilib, Misr fir’avnlari xaddan tashqari kuchayib ketgan nomarxlarning bexad o’zboshimchaligiga chek qo’yishga intilganlar, viloyatlarning eski mustaqil xokimlarini butunlay podsho xokimiyatiga bo’ysundirilgan yangi xokimlar bilan almashtirganlar. Xukumat va davlat xizmatidagi podshoga sodiq quldorlar aristokratiyasi davlat birligining tiklanishini uzoqqa cho’zilgan alg’ov-dalg’ovlar va sotsial kurash natijasida putur ketgan «targ’ib» tantanasi deb hisoblaganlar. SHuning uchun XII dinastiya fir’avnlari nomlar o’rtasidagi qadimgi chegarani qayta tiklaganlar. Yozuvlardan birida Amenemxet I to’g’risida bunday deyilgan: « U vayron bo’lgan shaxarlarni tuzatdi, «birovlardan tortib olingan shaharlarni egasiga qaytarib berdi. U bir shaharning (ikkinchi) shahargacha chegarasini «ko’rsatib berdi. U shaharlarning arsh alodek chegara toshlarini joyiga qo`ydirdi, ularning suvlarini yozmalardan bildi, ularni qadimgi xujjatlardan tekshirib aniqladi, chunki u adolatni juda sevardi». SHunday qilib, shaharlar­ning chegara toshlari qadimgi yozuvlarga qarab yana tiklangan. Davlatni markazlashtirish ishini amalga oshirishda Misr fir’avnlari amaldorlarning yangi tabaqasiga suyangan, bu amaldorlar fir’avining atrofidagi eng yaqin kishilari bo’lib, o’zlarini fir’avining «ishonchli vakillari» deb ataganlar. Masalan, Senusert I zamonida yashagan amaldor Ikudidi bunday deb yozgan: «Men podshoning, unga nimaiki yoqsa, shuni bajaradigan ishonchli vakili sifatida, yangi chaqirilgan askarlarga bosh bo’lib, voxaning axolisini boshqarish uchun oliy amaldor sifatida Abidosga jo`nab ketdim».




Download 36,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish