N. SHermuhammedova “insoniyatning intelektual tarixida ilmiy, falsafiy va diniy
ta’limotlar o‘zaro aloqasi, Yevropa madaniyatining tarixida fan, falsafa va dinning
to‘lqinsimon yaqinlashishi va uzoqlashishi”
1
2
uch davrga bo‘ldi.
Birinchi yaqinlashish: Qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim falsafasi hamda
fani ( mil.avv. VII-VIasrlardan to milodiy III-IV asrlargacha),
Ikkinchi yaqinlashish: xristian va arab-musulmon
diniy fani hamda falsafa
(II-III asrlardan XIV-XVI asrlargacha)
Ikkinchi uzoqlashish: xristian va arab musulmon diniy fani hamda falsafasi
(XV-XVI asrlardan XIX-XX asrlarga).
Uchinchi yaqinlashish: iostnoklassik fan va falsafa (XX asrning
ikkinchi yarmi XXI asrning boshi). Fan va dinning yaqinlashishishning hozirgi
kundagi omillari qayd etiladi.
Birinchi yaqinlashishga Turon va Eron zaminida Avesto g‘oyalari
tabiat va insoniyat hayotining tajribalari ilmiy ifodasida ko‘rish mumkin.
Din va fanning XXI asr yaqinlashuvi milliy g‘oyani yaratishga
xalqimizning qadriyatlaridan foydalanish zarurati asosida namoyon bo‘lmoqda.
Din asoslarini o‘rganishda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalanish shuningdek,
jamiyatning ma’naviy qudratini oshirishda, tasavvuf imkoniyatlarida foydalanish
masalasida pedagogikaning aloqasi fikrimiz dalilidir.
O‘z navbatida tasavvuf o‘rta asr musulmon
falsafasida hurfikrlilik
ko‘rinishi sifatida ham namoyon bo‘ldi. Xuddi shuning uchun ham, mashhur rus
olimi YE. YE. Bertels yozganidek, tasavvuf adabiyotini o‘rganmasdan turib, o‘rta
asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin
emas. Bu adabiyotdan xabardor bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham anglash qiyin”.
Tasavvuf falsafasining shakllanishida nafaqat «Qur’on» Hadislar
balki, Yaqin va O‘rta Sharq mamalakatlarida keng yoyilgan zardushtiylik,
buddizm, Yevropaning ko‘pgina malakatlarida tarqalgan neoplatonizm (asoschisi
yunon faylasufi Ploton), iudaizm va xristianlik g‘oyalarining tasiri sezilarli bo‘ldi.
Bir asrga yaqin fan va dinni bir – biriga qarshi qo‘yish, milliy qadriyatlar
ildiziga bolta urish xalqimizning madaniy, iqtisodiy
taraqqiyotda XX asrga kelib
ayrim mamlakatlardan orqaga qolishiga sabab bo‘ldi. Mustaqillikka va shovinistik
siyosat ustuvorligi, milliy madaniyatni yo‘qotishga harakat ma’naviy arosat
holatiga olib bordi. Ziyoli, davlat arbobining ayrimlari o‘z ota – onasining dafn
marosimiga qatnashaolmay qoldi.
Jahon xalqlari tan olgan buyuk bobokalonlarimiz: Al Xorazmiy, Abu
Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Burxoniddin Marg‘iloniy, Yusuf Xos Hojib,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning qomusiy ta’limoti,
pedagogik qarashlardagi diniy, milliy va ilmiy uyg‘unlik, yaxlitlik buzib
o‘rganildi.
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo‘lib,
islom olamida XIII
asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. IX asr boshlarida kelib tasavvufning nazariy
asoslari ishlab chiqildi, so‘fiylarning amaliy, ruhiy – psixologik mashqlari, o‘z –
1 Shermuhammedova N. Falsafa va fan metodologiyasi.- T.: M. Ulug‘bek, 2008 y
o‘zini tarbiyalash va chiniqtirish tadbir usullari shakllandi. Tariqat, marifat, haqiqat
degan tushunchalar yuzaga keldi.
Uning predmeti insonparvarlik, insonshunoslik odam va odam mohiyati
Soflik, Haqiqat, Marifat, Go‘zallik, Kamolot ideali unga yetishish: ta’lim – tarbiya,
o‘z – o‘zini tarbiyalash yo‘llari, usullaridir.
Pedagogika tarixining predmeti: kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab
ta’lim- tarbiya maqsadi, mazmun, metod, vositalarining taraqqiyoti, ta’lim –
tarbiya jarayoni qonuniyatlarini hayotda ifodalanishi;
xalq pedagogikasi
rivojlanishi va har bir davrda jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, har bir xalqning
ta’limiy - tarbiyaviy qadriyatlari va uni millat taraqqiyotida tutgan o‘rni; buyuk
mutafakkirlarning ta’lim – tarbiya haqidagi ta’limotining ilmiy, tarixiy va amaliy
ahamiyati; va nihoyat diniy ta’lim - tarbiyaning ijtimoiy, ilmiy va amaliy
mohiyatidir.
Demak, avvalo, pedagogika tarixi va tasavvuf ta’limotini uzviy bog‘liqligi
ularning ijtimoiy predmetida ifodalanadi. Malumki, kishilik jamiyati tarixiy
taraqqiyoti dinlar tarixi bilan bog‘liq. Ta’lim – tarbiya insoniyat hayotining
tarkibiy qismi, mohiyati va hayotbaxsh omil bo‘lib kelgan. Ibtidoiy jamiyatdanoq
yoshlarni
hayotga tayyorlash, turmush tajribalarini ularga o‘rgatish, tarbiyalash
kishilar faoliyati, urug‘ oqsoqqollari faoliyatining muhim qismi bo‘lgan, shu
asosda insoniyat rivojlangan, ta’lim – tarbiya tajribalari orta borgan, jamiyatning
ma’naviy, iqtisodiy taraqqiyot qudratiga aylangan.
Pedagogika tarixining muhim muammosi xalq pedagogikasi diniy ta’limot,
jumladan tasavvuf tariqatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Xalq pedagogikasi tarixini
o‘rganishda yangicha yondoshuv ana shu uyg‘unlikka asoslanishi taqozo etadi.
Masalan, “Avesto” dagi ta’lim – tarbiya tizimini tariqat tahlili pedagogika tarixini
sarchashmalarini ochilishiga imkoniyat berdi. Ta’lim - tarbiya maqsadi mazmuni,
metodlari, qadimgi yunon pedagogikasidan bir necha
asr oldin shakllanganidan
dalolat beradi. Bugun ham xalqning hayotida, zardushtiylik qoidalarini saqlanib
qolgani xalq pedagogikasi, diniy ta’limot bilan izchil rivojlanganidan dalolat
beradi.
Shuningdek, diniy asarlar, dostonlar, tasavvuf allomalarining hayoti, Alisher
Navoiyning “Lisonut - tayr” asarida keltirilgan rivoyatlar kabi hikmatlar
pedagogika tarixining muhim xazinasiga aylandi. Bu yaxlitlik va uzviylik ta’lim –
tarbiya maqsadi hayot mezoni mumtoz g‘oya jamiyat taraqqiyotining omili,
pedagogika tarixini o‘rganishning metodologik asosi ekanligini isbotlaydi.
Ta’lim – tarbiyaning ijtimoiy mohiyati, har bir davrda jamiyat taraqqiyotida
tutgan o‘rni uning mazmuni, metodlari va vositalari bilan belgilanadi. Bu borada
zardushtiylik va boshqa diniy ta’limoti alohida o‘rganilishi zarur.
Boshqa jahoniy dinlar va zardushtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya maqsadi
komil inson g‘oyasida uzviylik mavjud bo‘lsada ««Qur’on» va oxirgi payg‘ambar
Muhammad s.a.v. hadislari, islom ta’limotida inson
va uni kamoloti masalasi
o‘ziga xos xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: