3-mavzu: O’rta asrlar tarix falsafasi



Download 176,95 Kb.
bet3/5
Sana27.05.2022
Hajmi176,95 Kb.
#610613
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU (2)

3. Avreliy Avgustin asarlari va ta’limoti
Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik amaldor oilasida tug’ilgan. Otasi majusiy bo’lib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 va’znasi – xat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan “Akademiklarga qarshi” (386), “Baxtli hayot xaqida” (386), “tartib haqida” (386) “Monologlar” (387) “ Jon manguligi haqida” (387-389) “O’qituvchi haqida” (388-389), “to’g’ri din haqida” (390), “Erkin iroda haqida”(388-395), “Tavba” (401), “Tazarru” “ilohiy shahar haqida” (413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian iloxiyotchilaridan biri sifatida G’arbiy yevropa o’rta asr ma’naviy – diniy hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi. XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy ta’limotni ishlab chiqdi. SHuningdek xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy ta’limoti va qadimgi ta’limotlarni taqqoslash mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr falsafiy doktarinalaridan Platon ta’limotini asosan neoplatonchilar talqini orqali o’rgangan. Avgustin ta’limoti o’rta asr tafakkurini belgilochi ma’naviy omilga aylanib, butun G’arbiy yevropa xristianlik ta’limotiga katta ta’sir ko’rsatadi. O’rta asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin darajasiga ko’tarila olmagan. U uning izdoshlari diniy falsafada xudoni va ilohiy muhabbatni anglash inson ruxining asosiy maqsadi, yagona hayot qadriyati, deb bilganlar. U san’atga madaniyat va tabbiy fanlarga nixoyatda ham e’tibor bergan. Avgustin o’z falsafasining xristian asosiga katta ahamiyat bilan qaragan uning falsafasi Geotsentrik ruhda, ya’ni xudo falsafiy tafakkur markazidir. Xudo birlamchi va boshlang’ich prinsipdan kelib chiqib, u jon tanadan iroda va sezgi aqldan ustun, deb ta’kidlaydi. Xudo bilish sababchisi hamdir, xudo inson ruhiga tafakkuriga nur kiritadi, odamlarga haqiqatni tanishda yordam beradi. Xudoga intilish inson uchun tabbiy va faqat u tufayli kishi baxtga erishishi mumkin. SHunday qilib, Avgustin falsafada ilohiyot uchun katta yo’l ochib beradi.
Avgustinning butun falsafasi yagona mutlaq va mukammal xudo haqidagi ta’limotda mujassamlashgan. Dunyo ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u faqat sharpadir, xudosiz hech narsa qilish ham, hech narsa bilish ham mumkin emas.
Avgustin ta’limotiga, xudoning erkin faoliyatining mahsuli bo’lgan olam aqli yaratilgan xudo uni o’z shaxsiy g’oyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi – Platonning g’oyalar haqidagi ta’limotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin ta’limotiga, xudoga real dunyoning ideal timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida yaxshilik va yomonlik ular o’rtasida farq masalasi muhim masalalaridan biri edi. Uningcha bir tomondan ya’ni xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik bo’lmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan yomonlikning mavjudligi shubhasizdir. SHuning uchun Avgustin ta’kidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u erkin ijodning mahsulidir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin yovuz iroda zaharlangan. Bundan o’z navbatida boshqa bir xulosa chiqariladi. YOmonlik yaxshilikka mutlaq ravishda qarama – qarshi emas, u faqat yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yo’q, mutlaq yaxshilik bor. Avgustin dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshiligi yo’qligidan deb hisoblaydi. YAxshilik va yomonlik masalasi Avgustin axloqiy ta’limotida ham muhim o’rinni egallaydi. Uningcha yomonlik odamlardan kelib chiqadi, xudo mexribonligining mahsulidir. Inson yomonlik uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas.
Avgustin asarlarida ikki – iloxiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili. Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri “Ilohiy saltanat haqida” risolasidir. 410 – yilda Alarix tomonidan Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz berdi, deb hisobladilar. Avgustin o’z do’sti Markellinning iltimosi bilan bunday qarashlarga zarba bermoqchi bo’ldi. U ta’kidlaydiki, davlatning ravnaqi eski ko’pxudolik dini tufayli bo’lmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul qilganlarida ham mag’lubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga sig’inishi zarur bo’lmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham ma’naviyatda ham xech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan hamma moddiy boyliklarni berishi mumkin.
Avgustining bu asarida tarix falsafasi o’ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va dunyoviy shahar mohiyatini tashkil qiladi. “xudo shahri” xudoga muxabbat bilan o’zaro birlashgan odamlardan iborat. Dunyovi shaharda o’z – o’ziga muhabbat qo’ygan o’z sharafi va forovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. SHunday qilib bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir – biridan farqlanuvchilariga bo’lingan. Shaharlar xaqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning qarashlari universal xarakterda bo’lib, o’sha paytda keng tarqalgan. Tarix qaytarilishlar (tsikl) bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi. Avgustin ikki shahar o’sishi va ravnaqini tahlil qiladi hamda ularning taqdiri haqida bashorat qiladi. Qiyomatdan keyin ilohiy shahar axolisi umumiy baxtga erishadi, dunyoviy shahar axolisi esa abadiy jazoga lekin Avgustin ta’kidlaydiki, bu shaharlar o’rtasidagi ikki xil holat vaqtga, zaruriy emas va u xudo irodasi bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, yunon tarixchilari ham insoniyat rivojiga bo’lgan qarashlarida buni anglab yetmaganlar. Xudo tarix ustida hukmronlik qiladi, unga bo’ysunmaydi (keyinchalik buni Gegel ham aytgan edi) Tarix qaytariqlar bilan emas, to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanadi. Xudo yaratganga qadar o’z ongida ma’lum vaqtda amalga oshirgan rejaga ega bo’lgan. Bu rejada ikki shahar o’rtasida kurash mavjudligi ko’zda tutilgan, oqibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan tashqarida g’ayritabbiy kuchning aralashuvida amalga oshadi Avgustin tarixda hamma odamlarning “umumiyligi” va “Yakka”ligini ko’radi. Masalan Geradot fors urushida faqat yunonlar va forslar o’rtasidagi kurashni ko’rgan bo’lsa, Avgustin butun inson irqining yagonaligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va ma’naviy jabxada bo’ladi. Bu kurashning eng cho’qqisi gunoh natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar o’rtasidagi kurashni ilohiy shahar g’alabasi foydasiga tugatish bo’ladi. SHunday qilib, Avgustin fikricha tarixning so’nggi maqsadi undan tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin o’rta asrlar ma’naviy hayotiga juda katta ta’sir ko’rsatgan mutafakkirlardan biri edi. U “cherkov otasi” nomiga nisbatan ko’proq faylasuf sifatida mashhur bo’lgan.
Xristianlik, uning davlat mafkurasiga aylanishi. Xristianlik millodning I asrida Rim imperiyasining tarkibida bo’lgan Falastinda paydo bo’ldi. Falastin aholisining etnik tarkibi rang-barang edi. Bu yerga kuchib kelganlar o’zlari bilan boshqa madaniyat va dinlarning unsurlarini xam olib keldilar. Siyosiy mustaqillikning tugashini Fa­lastin axolisining bir kismi fojea sifatida qabul kildi. Mahalliy an’analar va diniy kadriyatlarni inkor etadigan ajnabiy xukmronlikdan norozilik, Rimga karshi kuzgolonlarning bostirilishidan vujudga kelgan umidsizlik, ijtimoiy va mulkiy tabakalanishniig usib borishi, ichki zidliyatlarniig kuchayishi, ishonchsizlik, lokaydlik mistik kayfiyatlarni keltirib chiqardi. Milodiy I asrga kelib, Falastinda dinni targ’ibot qiluvchi sayyoxlar ko’paya boshladi. Ular «yahudiy qavmi shoxi»ga aylanuvchi va ularni zulmdan ozod qiluvchi haloskor Masixning yakin vaktlarda kelishini bashorat kila boshladilar. Umuman olganda, Falastinda sodir bo’layottan jarayonlar Rim imperiyasining boshqa hududlaridagi jarayonlarga ham monand edi. Milodning I asrida bu imperiya ellin olamining deyarli xamma qismini o’z tarkibiga qo’shib oldi. Milliy davlatlar o’rnida rang-barang etnik tarkibdan iborat bo’lgan yirik imperiya shakllandi. Buning natijasida kishilarda davlat kudrati oldida ojizlik, himoyasizlik xissiyoti vujudga keddi. Bu jarayonlarning xammasi inkiroz vaziyatidan chikish, yovuzlik olamidan xalos bo’lish ehtiyojini tug’dirdi. Shuning uchun jodugarlik, folbinlik, suriya-fors, boshqa sharqiy dinlarning mistik amaliyotiga qiziqish ortib bordi. Mitra, Isida, Osiris, Serapis va boshqa xudolarga sig’inish ommaviy tus ola boshladi. G’ayriinsoniy ijtimoiy tartibotlarga qarshi norozilikning antik shakli sifatida paydo bo’lgan xristianlik kuchli g’oyaviy oqimga aylandi. Hech qanday kuch uning rivojlanishiga to’siq bo’la olmadi. Xristianlik, avvalambor, osiy bandalarning tengligini e’tirof etdi. U mavjud ijtimoiy tartibotlarni inkor etdi va shu bilan birgalikda umidsizlikka tushgan kishilarga zulmdan, asoratdan qutulish umidini baxsh etdi. Xristianlik olamni qayta qurishga chaqirib, huquqsiz va asoratga tushganlarning muayyan manfaatlarini ifoda etdi. Nihoyat, u kulga taskin berib, insonga e’tiqod qilish orqali ozodlikka erishish mumkinligiga umid uyg’otdi.
Xristianlik yahudiylikdagi monoteizm, messianlik, esxatologiya, xiliazm kabi g’oyalarni o’zlashtirib, ularni yangi mazmun bilan boyitdi. Iloxiyotchilar Eski Axd yozuvlarini yangicha taxlil kilish asosida providensializm, kreatsionizm, Xudoning transsendentligi, uni bilib bo’lmasligi va boshqa xristianlik aqidalarini ishlab chiqdilar. Xristianlik dunyoqarashining shakllanishiga antik falsafiy an’analar salmoqli ta’sir ko’rsatdi. Stoiklar, neopifagorchilar, Platon va neoplatonchilarning falsafiy tizimlarida ilgari surilgan fikrlar kayta ishlangan tarzda ilohiyotchilarning asarlarida o’z ifodasini topdi. Xususan, xristianlik ta’limotining asoslanishi Ba Filon Aleksandriyskiyning (taxminan miloddan avval — milodiy 50-yillar) neoplato­nizm va rimlik Senekaning (taxminan miloddan avval 4 — milodiy 65-yillar) axloqiy ta’limoti sezilarli ta’sir ko’rsatdi. SHarq dinlaridagi turli unsurlar, ellin falsafasiiiig o’zlashtirilishi yangi dinni boyitdi. Aynan shuning uchun xristianlik tez orada O’rta yer dengizi madaniyatiga singib ketdi. Xristianlik paydo bo’lganidan boshlab uning asoschisi — Iso Masih haqidagi rivoyatlar juda ko’p shubha va munozaralarga sabab bo’ldi, bu ikki asosiy — mifologik hamda tarixiy maktablarning paydo bo’lishiga olib keldi. Mifologik maktab vakillariiiig nuqtai nazaricha, fan Iso Masihning tarixiy shaxs ekanligi to’g’risida aniq dalillarga ega emas. Tarixiy maktab vakillari Iso Masihni muayyan shaxs sifatida ta’rif etib, u yangi dinning targ’ibotchisi sifa­tida bir qancha umumiy g’oyalarni ishlab chiqqan, deb hisoblaydilar. Xar ikkala maktab vakillari xristiailikniig dastlabki davrlariga taal­luqli Injil matnlari va boshqa manbalarni nashr etishda munosib xissa kushdilar. Dastlabki xristianlik tarqoq jamoalardan iborat bo’lgan. Ular o’zaro va tashqi g’oyaviy muxoliflarga karshi kurash olib borganlar. Jamoalar urtasidagi kurash kup sabablar orkali kelib chiqqan. SHulardan biri diniy qarashlardagi farq va ularning namoyon bulishidagi ziddiyatlar edi. Ilk xristianlik jamoalarga xali akidalarga amal kilish va ibodatlarni bajarish xos emas edi. Jamoalarning ibodatni bajo etish uchun maxsus binolari yo’q edi. Turli jamoa va guruhlar Iso o’z o’limi bilan insoniyat gunoxlarini yuvgani haqida e’tirof etishdagina yakdil edilar.
Xristianlikning tarqalishi jarayonida unga aholining keng katlami ko’shila boshladi. Dastlabki xristianlik jamoalarida kuyi katlamlarning vakillari ko’pchilikni tashkil etar edi. Xali bu davrda jamoa­larga ziyoli va mulkdorlarning vakillari kirgan emas edi. Milodiy I asr oxiridan boshlab II-III asrlar davomida jamoalar tarkibida senatorlar va suvoriylar ko’paya bordi. Xristianlik xarakatiga aslzodalar va ziyolilarning qo’shilishi uning xarakterining o’zgarishiga olib keldi. Natijada, xristianlikdagi xar qanday radikalizm, mavjud tartibotlardan norozilik kayfiyatidan voz kechish mayllari kelib chikdi. Rim xokimiyati bilan murosayu madoraga kelish uchun nafaqat yovuzlikka karshilik kilmaslik goyasini targib kilishdan, balki yaxudiylikdan (iudaizm) xam voz kechish kerak edi. Badavlat va ziyoli katlamlarning vakillari jamoalarda raxbarlik mavqeiga ega bula boshladilar. Xristianlikning badavlat qismi ibodatga rahbarlik qilishni ham o’z qo’li­ga ola boshladi. Keyinchalik payg’ambarlar, ustozlar va jamoaning yig’ini boshqaruvi urniga yepiskoplar, d’yakonlar, presviterlar, mitropolitlarniig yakka xukmronligi vujudga keldi. Cherkov tashkiloti markazlasha borishi bilan markaziy jamoa va uning rahbari boshqa jamoalar ustidan rahbarlik qila boshladi. Jumladan, Rim jamoasi imperiyaning g’arbiy qismidagi jamoalarga nisbatan yuksala bordi. Lavozimli kishilar umrbod saylanadigan bo’ldi. Jamoalar ijtimoiy tarkibining uzgarishi ularning ijtimoiy yo’nalishining tadrijiy rivojlanishini belgilab berdi. Xristianlikda ilgari mavjud bo’lgan demokratik tendensiyalardan voz kechish, imperator xokimiyati bilan ittifok tuzishga bo’lgan intilish kuchaya bordi.
Imperator xokimiyati ham, o’z navbatida, jaxon diniga juda katta ehtiyoj sezmokda edi. SHu maksadda milliy, jumladan Rim dinidan foydalanishga urinish natija bermadi. Imperiyaning jami xalqi uchun tushunarli bo’lgan yanga din zarur edi. SHuning uchun IV asrga kelib, xristianlikni quvg’in qilish o’rniga uni faol qo’llab-quvvatlashga o’tildi. Imperator Konstaitii (285-337 yillar) 312 yilda xristianlikni Rim imperiyasining davlat diniga aylanishiii boshlab bergan Milan ediktini e’lon kildi. U 325 yilda mutlaq hukmronlikni qo’lga kiritgach, butun Rim imperiyasida xristianlikning erkinligini, mamlakatdagi boshqa dinlar bilan tengligini ta’minladi. Imperator YUlian (332-363 yillar) oxirgi marta Rimning milliy dinini «ta’mirlash»ga harakat qildi. SHuning uchun xristianlar unga «Murtad» laqabini qo’ydilar. Bu harakat muvaffaqiyatsiz tugagach, xristianlik Rim imperiyasida davlat dini makomini egalladi. Imperator Feodosiy 391 yilda «majusiy» ibodatlarni taqiqlovchi edikt chiqardi. SHu vaqtdan boshlab boshqa dinlarga nisbatan keng ko’lamli kurash olib borildi. Aleksandriyadagi boy kutubxonaga ega bo’lgan Seraps ibodatxonasi yakson qilindi. Feodosiyning vorislari davrida Rimdagi majusiylarning kohinlari yo’qotildi, rimliklarning diniy va milliy iftixori bo’lgan Sivillin kitoblari yoqib yuborildi. Imperator Yustinian (482-565 yillar) buyrug’iga binoan Afinadagi antik falsafiy va ilmiy merosni targ’ib qiluvchi markaz hisoblangan oliy maktabning 529 yidsa yopilishi cherkov an’anasiga ko’ra, Rim imperiyasi hududida ma’jusiylarning tamomila bartaraf etilishi sanasi bo’lib qoldi. Ilohiy Benedikt (480-543 yillar) esa, ma’jusiylarning Kassin tog’ida joylashgan oxirgi qadamjosi hisoblangan Apollon ibodatxonasini yo’qotdi va bu yerda xristian monastirini bunyod etdi. SHundan keyin Rim imperiyasi hududida xristianlikdan boshqa hech qanday din qolmadi.
Ilk inkvizitsiya. Xristianlik yagona diniy oqim sifatida Rim imperiyasining turli viloyatlariga tarqala borishi jarayonida xar bir mamlakat sharoitiga va mahalliy an’analarga moslashli. Rim davlatining markazlashish tizimining yemirila boshlashi oqibatida avtokefal (mustakil) cherkovlar paydo bo’ldi. Lekin masala xristian cherkovlarining bo’linishi bilan xal bo’lib qolmadi. Ulardan ba’zilari xristian ruhoniylariiing xalqaro yig’inlari qarorlarini va tasdiqlangan aqidalarni tan olishdan bosh tortdilar. V asrning o’rtalariga kelib, Xalkidon umumxristian yig’ini qarorlaridan norozi cherkovlar paydo buldi. Bu cherkovlar rasmiy xristianlikka nisbatan muayyan mavqega da’vogarlik kila boshladi.
Xristianlikdagi eng yirik bo’linish ikki asosiy yo’nalish — pravoslaviye va katolitsizmning paydo bo’lishi hisoblanadi. Bir necha yuz yilliklar davomida bu parchalanish uchun zamin tayyorlandi. Rim imperiyasining turli qismlari o’rtasidagi munosabatlar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari, ular o’rtasidagi raqobatli kurash parchalanishni belgilab berdi. Diniy tashkilotlar faoliyati ular mavjud bo’lgan hududlardagi ijtimoiy va siyosiy tizimlar bilan mustahkam bog’liq edi. Vizantiyadagi markazlashgan davlat xokimiyati sharqiy xristianlik (pravoslaviye)ga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Cherkov darhol davlatning muhim qismiga, imperator esa uning rahbariga aylandi. G’arbiy xristianlik (katolitsizm) esa asta-sekinlik bilan jamiyatning hamma sohalariga, xatto siyosiy sohaga ham hukmronlik qilishga intiluvchi tashkilotga aylana bordi. SHarqiy va g’arbiy xristianlikning o’zaro farqiga ma’naviy madaniyat rivojlanishining o’ziga xosligi ham ta’sir ko’rsatdi. Sharqiy xristianlik o’z e’tiborini falsafiy muammolarga, g’arbiy xristianlik esa huquqiy masalalarga qaratdi. Ikki xristianlikning tugal ayri tushishi 1054 yil 16 iyulda sodir bo’ldi. Vizantiyada cherkov va dunyoviy xokimiyatning o’zaro munosabati masalasi sanamlarni e’zozlashga qarshi bo’lib o’tgan ijtimoiy-diniy harakat davrida hal qilindi. Sanamlarni e’zozlash masalasida imperatorlarning rasman taslim bo’lishlariga qaramasdan, cherkovning iqtisodiy va siyosiy mavqei zil ketdi. Patriarx imperatorga butunlay karam edi. Imperator cherkovning oliy xukmdori hisoblanib, bir vaqtning o’zida dunyoviy va diniy xokimiyatni mujassam etgan edi. G’arbda esa bu munosabatlar boshqa xarakterga ega bo’lib, bu yerda beqaror ijtimoiy munosabatlar ildiz otgan edi. Shuning uchun katolik cherkovi dunyoga mutlaq hukmronlik qilish talabini ilgari surdi va buni hayotga tatbiq qilish uchun bir necha yuz yillar kurash olib bordi. XII va XIII asrlarda katolik cherkovi shu qadar yuksaldiki, uning dunyoviy xokimiyatni egallashi uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Papa Grigoriy VII (1021—1085 yillar; papalik davri 1073—1085) dunyoviy xokimiyatdan mustaqil bo’lish istagini emas, balki uning ustidan hukmronlik o’rnatish talabini ilgari surdi. Keyinchalik bu masala papalar tomonidan qulay tarixiy vaziyat vujudga kelgan har bir lahzada kun tartibiga quyilaverdi. Grigoriy VII o’z faoliyatida Avgustin ta’limotiga amal qildi. Unga binoan, Xudo olami yerdagi hayotdan beqiyos darajada ustun turadi. Diniy va dunyoviy xokimiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatni aniqlash maqsadida tabiiy olamdagi asosiy yoritgich — Quyosh va Oyni taqqoslashdan foydalanildi.
Innokentiy III (1198-1216 yillar) davrida papalarning jamiyatdagi mavqei to’g’risidagi masala eng oliy darajada qayta qurib chiqildi. U «apostol Pyotrning vorislari» formulasi papalarning qadr-qimmatini kamsitadi, chunki Pyotr buyukligiga qaramasdan, baribir inson, deb hisobladi. «Rimning ilk ruhoniysi, — deb e’tirof etadi Innokentiy III, — haqiqatdan xam oddiy odamning emas, balki Xudoning noibi hisoblanadi. Garchand biz apostollar raxbarining vorislari bo’lsak-da, apostollarning xam, odamlarning xam emas, balki Iisus Xristosning merosxurlarimiz»1. O’rta asrlardagi mafkuraviy hayot diniy shaklda davom etdi. Falsafa, yurisprudensiya, siyosiy tafakkur va tabiatshunoslik, «etti erkin san’at» ilohiyotga buysundirilgan edi. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tizim ham diniy ta’limot nufuzi orqali muqaddaslashtirildi. Bunday sharoitda xar qanday fikr va hissiyot, siyosiy ongning namoyon bulishi diniy shaklda ifodalanishi lozim edi. Bu davrda keng tarkalgani bid’atchilar ta’limoti edi. Bid’at mavjud hukmron diniy ta’limotga zid ravishda vujudga kelgan. Ko’pincha, ular cherkov hukmronligi sharoitida diniy dunyoqarash doirasidan chetga chiqa olmadilar. Bid’atchilarga antiklerikalizm ruhi xos edi. Ularda, kupincha, panteistik goyalar mujassamlashgan. Xatto, cherkovga bog’liq bo’lmagan ravishda odamning Xudo bilan qo’shilib ketishi mumkinligi g’oyasi targ’ib qilindi. XIII asrning 30 yillari cherkov hokimiyati tomonidan bid’atchilarga qarshi kurash vositasi sifatida yepiskoplik inkvizitsiyasi orqali amalga oshirilgan. Inkvizitsiya ushbu yeparxiyadagi vaziyatga, yepiskop va dunyoviy xokimiyat qudratining o’zaro nisbatiga, mahalliy aholi bilan munosabatlarga bog’liq edi. SHuning uchun bunday sharoitlarda bid’atchilarni beshafqat ta’qib qilish doimiy va uzluksiz emas edi. XIII asrning 30 yillari boshlarida papa Grigoriy IX e’lon kilgan bir qancha hujjatlar orqali, markazlashgan papa inkvizitsiyasi ta’sis etildi («Inkvizitsiya» so’zining o’zi soddagina «qidiruv» mazmuniga egadir). Innokentiy IV tomonidan 1252 yilda e’lon qilingan bo’lib inkvizitsiyaga tashkiliy maqom berildi. Bu maqomga binoan inkvizitsiya tergovi davomida qiynoqqa solishga rasman ruxsat berildi. Dunyoviy hokimiyatga qarata qabul qilingan bulla inkvizitsiya ta’kibida sabot va kat’iyatni talab qiluvchi yo’l-yuriqlar bilan to’lib-toshgan edi. Hatto, bu yul-yuriqlar tahdidlar bilan ham bitilgan.
Inkvizitsiya tribunali faoliyat ko’rsata boshlaganidanoq, bu yerda chaqimchilik avj olib ketdi. Qo’rquvdan vahimaga tushgan kishilar o’zlarining tanishlari, do’st va qarindoshlariga har qanday aybni tunkay boshladilar. SHaxsiy uch olish avj olib ketdi. Odatda hamma ma’lumotlar inkvizitsiya tribunali tomonidan tekshirilishi lozim edi, ammo kup hollarda bunday qilish zarur bo’lgan ishlar hajmining kattaligi tufayli mumkin bulmay qoldi. SHubhalangan kishilar qamoqka olinib, butun tergov davomida siyosiy maxbuslar uchun mo’ljallangan turmada saqlangan. Qamalgan kishilarni ushlab turish muddati, xatto, belgilanmagan. Bundaylar uzoq yillar mobaynida og’ir sharoitda o’z taqdirining hal qilinishini kutib yotgan. Inkvizitsiya sudi tomonidan shafqatsiz qiynoq usullarining qo’llanilishi tufayli tergov berayotgan kishi nochor ahvolga tushardi. Odamni jismonan va ma’nan mayib qilish uchun ishlab chiqilgan puxta tizim uni har qanday aybni tan olishga majbur qilar edi. Xoldan toygan aybdor inkvizitsiya sudi talabini bajarishga majbur bulardi. Aybdorga imzo chekish uchun bayonnoma berilardi. Unda aybdor hech qanday majburlash, qo’rqitish bilan emas, bal­ki ixtiyoriy va chin yurakdan guvohlik berganligi qayd etilardi.
Bid’atchiligini tan olgan va undan voz kechgan kishi yengilroq jazoga sazovor bo’lgan. Bunday kishilar turli muddatga qamoq jazosiga hukm etilgan, muqaddas joylarga sajda qilishga, muayyan marosimlarni bajarishga majbur qilingan. Og’ir holatlarda umrbod qamoq yoki o’lim jazosi belgilangan. O’lim jazosi ikki usulda amalga oshirilgan. Agar aybdor aybini tan olsa, uni bug’ib uldirganlar. Mabodo bid’atchi tavba- tazarru qilmasa, uni tiriklayin yoqish lozim bo’lgan. Ba’zi holatlarda bu rasmiy marosim murakkablashib, aybdor sekin yonib turgan olovda kuydirilgan, qiynoqqa solingan. Cherkov inkvizitsiyani joriy kilish orkali kishilarning aql-zakovati ustidan cheksiz xukmdorlikni urnatishga, siyosiy xayotda o’z ustunlitini mustahkamlashga, boyligini ko’paytirishga intildi. Cherkov faqat boyligini kupaytirishda muvaffaqiyatga erishdi. Innokentiy III va Grigoriy IX davrida qudratining oliy cho’qqisiga chiqqan papalik yuz yilga yaqinroq vaqtdan keyin tanazzulga yuz tutdi. SHu davrda yevropada sodir bo’lgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar papalikning tanazzulga yuz tutishita sabab bo’ldi. Bu jarayonlar keyinchalik reformatsiyagacha bo’lgan harakatlarda va reforma­tsiya davrida o’zining mafkuraviy ifodasini topdi. Inkvizitsiya o’z usullarining kuchliligi, uslublarining nozik va razilligiga qaramasdan tarixning rivojlanish konuniyatlari oldida ojiz ekanligini ko’rsatdi.
O’rta asrlar yevropa falsafasi ana shunday murakkab bir vaziyatda shakllandi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida diniy aqidalar va qadriyatlarning ustuvorligi o’rta asrlar falsafasiga teotsentrik xususiyat ato etdi.
Rim imperiyasi parchalanib, uning o’rnida o’rta asr G’arbiy yevropa sivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar o’ziga xos o’tish davri sodir bo’ldi. O’tish davrida yangi sivilizatsiya ma’naviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski dunyoning majusiy ma’naviyati, uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bo’lgan ijtimoiy, mafkuraviy va ahloqiy muhitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruhlardan tashkil topgan fuqarolar va qullarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirmay qo’ydi. Vujudga kelgan ma’naviy- mafkuraviy bo’shliqni xristian dini egallay boshladi. Antik davr ma’naviy madaniyatining yangi sivilizatsiya kurtaklari bo’lgan xristi­an ma’naviyati, dunyoqarashi va falsafasiga o’z o’rnini bo’shatib berishi davr taqozosi bo’lishi bilan birgalikda, uning shakllanishiga majusiy madaniyat va ma’naviyat an’analari qattiq qarshilik ko’rsatdi. Rim imperatorlari bu kurashda ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-tashkiliy ta’kib qilish usullarini qo’lladilar. SHarqdan kelgan dinlarning tarqalishi, imperiyaning o’zida turli bid’atchi diniy yunalishlarning faoliyat ko’rsatishi ma’naviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik inson va jamiyatni ma’na­viy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan ta’limot ekanligini asoslash, shu ta’limotni himoya qilish, ya’ni apologik (yun.biron narsani yoki kimsani ximoya qilish) tadbir ko’rish extiyoji tug’ildi. Ehtiyoj maqsad va faollikni keltirib chiqardi. Xristian yozuvchilari o’z e’tiqodlarini himoya qilishga, xristianlikning antik falsafa va ma’naviyatga bo’lgan munosabatini aniqlashga, xristian falsafasi asoslarini yoritib berishga qaratilgan apologetik maktublar, va’zlar va risolalar yoza boshladilar. O’z navbatida, xristian dini va dunyo-qarashini himoya qilish, asoslash va tartib etish faoliyati apologetik tafakkur tarzi va an’anasini keltirib chiqardi.
Flaviy Iustin xayoti. Birinchi «cherkov otasi» bo’lgan Flaviy Iustin (Yustin) II asr boshlarida Falastindagi Sixema shahrida badavlat yunon oilasida tug’ilgan. U bolaligidanoq haqiqatni topish maqsadida falsafa bilan shug’ullangan. Yoshligidan yaxshi ma’lumot olgan Iustin antik falsafa­ni o’rgandi, lekin undan to’la qoniqmadi. Rivoyat qilishlaricha, keyinchalik dengiz sohili bo’ylab yurib shunday odamni uchratganki, u odam Iustinga xristian falsafasiga murojaat qilishni tavsiya qilgan. Ushbu uchrashuv Iustin ruhiyatiga ta’sir qiladi va Rimda xristian maktabini ochadi. Rimda va’zxonlik qilib, Kinik Kressen bilan baxs qiladi. 150-yildan keyin Iustin imperator Antoniy Piy va uning asrandi bolalariga o’zining «Birinchi apologiyasi»ni yuboradi. Unda u imperatordan o’zining xristianlikka bo’lgan munosabatini qayta ko’rib chiqishga chaqirgan, xristianlarni qonuniy cheklashlardan voz kechishini suraydi. Iustin xristianlar daxriy emasligini isbotlagan. U Isoning pok, oliy darajadagi ahloqiy hayoti Tavrotda bashorat qilingani, xristianlarning to’g’ri yo’ldan adashmaganligini, ularga nisbatan qo’yilgan ayblar asossiz ekanligini isbotlar ekan, ularni ta’qib qilishga barxam berish kerakligini ta’kidlaydi.
«Ikkinchi apologiya» birinchi apologiyaga ma’lum darajada ilova edi. Unda Iustin xrisgianlarta nisbatan zulm va adolatsizlik xollarini keltiradi. Keyinchalik mavjud hokimiyat bilan Iustin o’rtasida vaziyat keskinlashadi. Buning natijasida u 165-yilda Mark Avreliy imperatorligi davrida qatl kilinadi.
ASARLARI. Iustin yozgan asarlaridan faqat «Apologiya» saqlangan. «Birinchi apologiya» asarini Iustin imperator Antoniy Piyga, «Ik­kinchi apologiya»ni imperator Mark Avreliyga takdim etgan. Ayrim asarlari parchalar holatida saklangan: «Barcha bid’atlarga qarshi», «Lir­nik», «Yaxudiy Trifon bilan suxbat», «Ellinlarga», «Fosh qilish», «Ilohiy yakkaxokimlik haqida».
TA’LIMOTI. Iustin Xudoni ijobiy, inson aqli bilan olingan bilim orqali ifodalab bo’lmasligi, mutlaq ilohiy borliq xususida birdan-bir ishonchli bilim manbai vahiy ekanligi haqidagi tasavvurlarga tayanadi. Iustin xristianlik qadriyatlarini antik falsafadagi ratsionalistik g’oyalar va tasavvurlar bilan biriktirishga harakat qil­gan yo’nalish tarafdori bo’lgan. Uning aytishicha, xristianlar platoniklar va stoiklarga o’xshab olamiiig olovdan halok bo’lishiga, yomon odamlar o’limidan so’ng jazolanishi, yaxshilari esa rohat-farog’atda bo’li­shiga ishonadilar. Iustin yunon faylasuflari o’z g’oyalarini Muso va boshqa payg’ambarlardan olishgan, deb hisoblaydi. Xudo olamni shaklsiz ibtidodan yaratgani, insonning o’limdan keyin taqdirlanishi kabi fikrlar ana shunday g’oyalar turkumidan iborat.
Xristianlikniig antik falsafaga munosabati masalasida apologetlar o’rtasida hamfikrlilik bo’lmagan. Bu Iustinning rimlik shogirdi Tatian, afinalik Afinagor va ikkita zamondosh apologetlar — aleksandriyalik Kliment va Tertullian qarashlarini taqqoslaganda yaqqol ko’rinadi. Iustiiniig Rimdagi shogirdi SHarq mamlakatlariga ko’p sayohat qilgan Tatian (110—172)dir. II asrning o’rtalarida «Rimliklarga murojaat» degan asar yozgan. Bu asarida yunonlarning madaniy raxnamolikka kilgan da’vatlarini tanqid qiladi. Asar shu jihatdan muhimki, u butun bir millat — yunonlarga qaratilgan. Tatian fikricha, xristianlik o’zining ahloqiy normalari bo’yicha yunon falsafasi va dinidan yuqori turadi, demak, xristianlarga shunga mos munosabatda bo’lish ke­rak. Tatian xristianlikni mifologiya va falsafa bilan solishtirib, xristianlik yunon falsafasi va diniga nisbatan ancha qadimiyroq janligini isbotlashga harakat qildi. Buning isboti ularoq Tatian Troyan urushi haqida so’zlab o’tgan.
Afinada yashagan yana bir ilohiyotchi olim Afinagar 177-yilda «Xristianlarga murojaat» nomli asar yozgan. Unda xristianlarga quyilgan ayblar haqida gapiriladi. Afinagor xristianlarni xudosizlikda ayblashni inkor qilib ko’rsatadiki, mushrikiylar xudolari odamlar tomo­nidan yaratilgan, shuningdek, ular ham ularga sig’inuvchilar kabi gunohkordirlar. Uning fikricha, xristianlar aybdor bo’lmaganliklari uchun imperator ularga rahmdillik ko’rsatishi kerak.
G’arbiy apologetlar xristianlikning mushriklik bilan o’xshash tomonlariga emas, farq qiluvchi tomonlariga ko’proq e’tibor berdilar. G’arbiy cherkovning ana shunday yirik apologetlaridan biri Tertulliandir (160-220).
Tertullian xayoti. U 160-yilda Karfagenda xizmat qilayotgan harbiy qismda tug’ilgan. Yoshligidan yunon va lotin tillarini yaxshi bilganligi uchun mumtoz adabiyot an’analarini chuqur egallagandi. Kasbi buyicha yurist bo’lgan. Rimda huquqshunoslik bilan shug’ullandi. O’sha yerda 35 yoshida xristianlikni qabul qildi. Lotin tilini puxta egallab, mantiqiy aqlga ega bo’lgan Tertullian o’zini harbiy ilohiyotchilikka «Yangi ta’li­mot» yaratishga bag’ishladi. SHuningdek, xristianlikka qarshi turuvchi falsafiy va mushriklik diniy ta’limotlarini tahlil qilishga e’ti­bor berdi. Viloyat gubernatoriga yozgan o’z himoya maktub (apologetika)larida xristianlarga quyilgan ayblarga e’tiroz bildiradi va ta’kidlaydiki, ular ya’ni (xristianlar) imperiyaning loyiq fuqarolaridir. Xris­tianlarni ta’kib qilgan sari ularning miqdori oshib boryapti. O’z kasbiy bilimidan ustalik bilan foydalangan holda Tertullian cherkovni ta’qib qilayotgan davlat qoidalari shubhali ekanligini isbot qilmokchi bo’ladi va ta’kidlaydiki, xristianlik diniy ta’limoti, ahloqi mushriklikka nisbatan ancha yuqori darajadadir.
ASARLARI. Tertullian «Apologiya», «Butparastlik Masixning tanasi xaqida», «Tananing qaytatirilishi haqida», «Marklonga qarshi», «Gormogenga qarshi yoki materiyaning manguligiga qarshi» kabi asarlar muallifi.
TA’LIMOTI. Tertullian montanitlarning zoxidlikka asoslangan, qattiq talab jamoasiga a’zo bo’lib kiradi. 207-yilda cherkovda shakllangan tartibotni, xususan, zohidlik tamoyiliga izchillik bilan amal qilmayotgan ruxoniylar iyerarxiyasini keskin tanqid qiladi. Tertullian xristian e’tiqodining majusiy ko’p xudolikdan ustunligini, uning ahloqiy qoidalari mukammalligini o’tkir iboralar, noodatiy shakl va mazmunda ifodalangan naqllar bilan ko’rsatib bergan. Tertullian xris­tian e’tiqodi bilan yunon-ellinlar donishmandligining bir-biriga zidligi tamoyilini targ’ib etgan an’ana asoschisidir. Dastlab bu ziddiyat haqida undan oldin yashagan apologet Tatian (125—175 yillarda yashagan) ham mulohaza yuritadi, biroq undan farqli o’laroq Tertullian endi shakllanib kelayotgan, ilm-fan va ma’rifatga shubxa bilan qarayotgan xristian e’tikodi va ellin donishmandligi o’rtasidagi bir qator ziddiyatlarni o’ziga xos ijodiy mahorat bilan ochib berishga harakat qildi.
Tertullianning fikricha, aqliy mulohaza va donishmanddik e’tiqod oldida biror-bir ma’no va imkoniyatga ega emas. Uning fikricha, g’ayrishuuriy tajriba inson ruhida aql bilan anglab bo’lmayditan haqiqatni paydo qilgan. Faylasuflar bir fikrni anglab yetmagandirlar: haqiqat bitta, u ilohiy haqiqatdir. Inson aqli uni hech qachon ifoda qila olmaydi, unga erisha olmaydi. «Afina va Quddus, Akademiya va cherkov, bid’atchi va xristianlar o’rtasida qanday mushtaraklik bo’lishi mumkin?» deb savol qo’yadi Tertullian. Apologetning ta’kidlashicha, har qanday falsafa diniy bid’atlarning manbaidir. Faylasuflar bekorchi muammolar va gaplar bilan mashg’ul bo’lgan baxschi, manfur aql sohiblaridir. Ular haqiqatni bilishmaydi, uni izlashmoqda, demak hali topmaganlar. Barcha falsafiy ta’limotlar haqiqatdan keyin paydo bo’lgan. Xaqiqatning me’yori bir xillik, yakdillik, qadimiylikdir. Haqiqat Xudodan, falsafa va diniy bid’at iblisdandir. Ushbu muloxazalar nihoyasida Tertullian («Apologiya» asarida) shunday xulosaga keladi: biz Iso Masixdan keyin sinchkovlikka (kizikuvchanlikka), Injildan keyin tadqiqotlarga muhtoj emasmiz.
Tertullian xristian ilohiyoti asoslarini ishlab chiqishda katta rol’ uynadi. U xristianlik ta’limotiga «ilohiy siymolar» tushunchasini, «uchlik» atamasini, Xudoni uchlamchi birligi ta’rifini kiritgan.
Baxslashuvchilarning Aleksandriya maktabi 185-yilda Aleksandriyada mushriklikdan voz kechganlarning maktabi ochildi. Uning birinchi raxbari ilgari stoik bo’lgan Panten edi. Keyinchalik bu nufuzli maktabga Kliment va Origen rahbarlik qildilar. Baxslashuvchilar dalillar kuchi bilan shakkoklik (eretik) ta’limotini inkor qilganlar. Aleksandriya maktabida mumtoz adabiyot va falsafa o’qitilardi. Ular xristian iloxiyotchiligining asosiy ta’limotlarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi, deb hisoblardilar. Aleksand­riya maktabini bitiruvchilar o’z oldilariga xristianlikka falsafiy asos berib, uni tizimga solishni maqsad qilib qo’yganlar. Lekin ular e’tiborini Bibliyani (Tavrot va Injil) grammatik-tarixiy jihatdan tahlil qilish o’rniga, uni sharx qilishning allegorik tizimini ishlab chiqishga qaratdilar. Bunday sharx qiluvchilar tahlilidagi muqaddas kitoblarning ma’nosi bir xil emas. Insonning tanasi, joni ruhi bilan solishtirib, muqaddas kitob birinchi, bevosita, tari­xiy ma’noga ega. Bu inson tanasiga mos keladi. Ikkinchidan, yashirilgan axloqiy ma’noga ega, bu jonga mos keladi, uchinchi, yana ham chuqurrok ma’noga egaki, uni faqat eng mukaddas xristiailargiia anglashi mumkin. Bunday tahlil qilish tizimida Filon Aleksandriyskiyning metodikasidan foydalanilgan. U o’zi yahudiy bo’lib, yahudiy dinini yunon falsafasi bilan bog’lashga intilgan. U Tavrotni o’rganib, undagi yunon falsafasi bilan mos keladigan fikrlarni topishga xarakat qilgan. Aleksandriya maktabining vakillari muqaddas kitobning yashiringan ma’no va mazmunlarini topishga intilganlar. Bu maktabning yana bir vakili aleksandriyalik Kliment.
Aleksandriyalik Kliment xayoti. Afinada misrlik oilada 150-yilda tug’ilgan. U ko’p sayohat qilgan va ustozlardan falsafani o’rgangan. Keyinchalik Pateidai ta’­lim olgan. U 190-yildai Aleksandriya maktabiga raxbarlik qilgan. 202-yilda tazyiklar tufayli bu maktabdan ketgan.
ASARLARI. Uning «Ellinlarga o’g’it», «Tarbiyachi», «Tushamalar», «Kaysi boy qutulib qoladi?» deb nomlangan asarlari bizgacha yetib kel­gan.
TA’LIMOTI. Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga xara­kat kilgan apologetlardan biridir. U platonizm va stoitsizmni chuqur o’rgangan, xristianlikni qabul qilgandan keyin xam falsafaga nisbatan hurmatini saqlagan. Uning fikricha, yunon falsafasini xristianlik bilan shunday solishtirish kerakki, unda xar bir odam xristian falsafasini va qimmatini ko’ra olsin va yana shuni ta’kidlaydiki, falsafa xristianlikka, xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bo’lishi mum­kin, xolos. Falsafa borliqning mohiyati to’g’risida bilim bera olmay­di. Falsafa bevosita insoga zarar, yomon oqibat olib kelmaydi. U ilohiy haqiqatni mujassamlashtiradi, falsafani o’rgangan kishi ilohiyotga yaqin keladi, e’tiqod tomon qilgan harakatimizda bizga yordamchi bo’ladi, deb uqtiradi Kliment.
Iskandariya maktabiga Klimentdai keyin shogirdi Origen (184254) rahbarlik qildi.
Origen hayoti. Uning otasi Monid o’lgandan keyin 16 yoshli Origen olti kishidan iborat oilaga g’amxo’rlikni o’z zimmasiga oladi. U shu darajada o’qishga qobiliyatli va bilimli bo’lganki, 203-yilda 18 yoshida Klimentning maktabiga voris deb e’lon qilinadi va 231-yilgacha shu mansabda qoladi. Origenning ilm bilan shug’ullanishiga uning eng yaqin do’sti, nufuzli oiladan chiqqan Anvrosiy homiylik qilgan. Lekin u katta obruli do’stining qo’llab-quvvatlashiga qaramasdan, juda oddiy, darveshona hayot kechirgan, taxta ustida uxlagan.
ASARLARI. Origen 600 ta yaqin taxta yozuv va «TSel’sga karshilar» kabi asarlar muallifidir. Origenning «TSel’sga qarshilar» asari sel’sning «Haqiqiy gap» asariga qarshi yozilgan edi. Platonning izdoshi bo’lgan sel’s bu asarida xristianlarni irratsionalizmda ayblab, ular­ni tarixiy asosladi. Origen esa bu aybnomani inkor kiladi va ta’kidlaydiki, xristianlik mushriklikdan farqli o’laroq odamlarning hulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uning fikricha, xristianlar haqiqatni izlashda izchildirlar.
ASARLARI. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 va’z- nasihat, 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan «Akademiklarga karshi» (386), «Baxtli xayot haqida» (386), «Tartib haqida» (386), «Monologlar» (387), «Jon mantuliti haqida» (387—389), «O’qituvchi haqida» (388—389), «To’g’ri din haqida» (390), «Erkin iroda haqida» (388—395), «Tavba» (401), «Tazarru», «Ilohiy shahar haqida» (413—426) kabi asar­lar joy olgan. Uning tarjimai xoliga oid asarlaridan biri 401-yilda yozilgan «Tavba»dir. Bu asarda xristianlikni qabul kilgungacha bo’lgan hayotini yozadi. Avtustin o’zining mushriklik falsafasi bilan shug’ullanganini afsuslanib qayd etadi. Uning fikricha, bu falsafa kishini xristianlik kabi haqiqatga olib kela olmaydi. Avgustin o’z asarlarida Bibliyaning ko’p boblarini allegorik talqin qiladi. Avgustin asarlarining yozilishi ruxan uning jo’shqin xarakteriga mos. U jo’shqin, jozibali ruxda yozib, bir mavqedan ikkinchi mavqega tez sur’at va hayajon bilan o’tadi. Uning ijodi yaxlit bir ruhda emas, ya’ni unda yagona tizim yo’q. Lekin ijodiy merosi shunday boy manbaki, undan ko’p vaqtgacha xristian falsafasi ozuqa olgan.
TA’LIMOTI. Avtustin xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida G’arbiy yevropa o’rta asr ma’naviy-diniy hayotita katta ta’sir ko’rsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi.XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy-falsafiy ta’limotni ishlab chiqdi. SHuningdek, u xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avtustin falsafasi xristian diniy ta’limoti va qadimgi ta’limotlarni taqqoslash mahsulidir. Avtustin uchun aniq davr falsafiy doktrinalaridan Platon ta’limoti g’oyaviy manba vazifasini bajargan. Avgustin bu ta’limotni asosan neoplatonchilar talqini orqali o’rgangan. Platon metafizikasidagi idealizm, bilish nazariyasidati absolyutizm, dunyo tuzilishida ma’naviy prinsiplar farqini tan olish (ya’ni yaxshi va yomon ruxlar,ayrim ruhlarning mavjudligi) ma’naviy hayotda irratsional omillarni ta’kidlash - bularning barchasi unga katta ta’sir ko’rsatadi. Avgustin ta’limoti o’rta asr tafakkurini belgilovchi ma’naviy omilga aylanib, butun G’arbiy yevropa xristianlik ta’limotiga katta ta’sir ko’rsatadi. O’rta asr patristika vakillaridan birortasi Avgus­tin darajasiga ko’tarila olmagan. U, uning izdoshlari diniy falsafada Xudoni va ilohiy muhabbatni anglash inson ruhining asosiy maqsadi, yagona hayot qadriyati, deb bilganlar. U san’atga, madaniyat va tabiiy fanlarga nixoyatda kam e’tibor bergan. Avgustin o’z falsafasining xris­tian asosiga katta ahamiyat bilan qaragan. Uning falsafasi teotsentrik ruhda. Ya’ni Xudo falsafiy tafakkurning markazidir. Xudo birlamchi va boshlang’ich prinsipdan kelib chiqib, u jon tanadan, iroda va sezgi aqldan ustun, deb ta’kidlaydi. Bu metafizik jihatdan ham, gnoseologik jihatdan ham, ahlokiy jihatdan ham ustunlikdir. Xudo eng oliy darajadagi mohiyatdir, faqat uning borligi o’z tabiatidan kelib chiqa­di, boshqa barcha narsalar zaruriy mavjud emas. Xudo borligi hech narsaga bog’liq bo’lmagan mohiyatdir, boshqa hamma narsalar faqat ilohiy iroda tufayli mavjuddirlar. Xudo hamma mavjud narsalar va o’zgarishlarning sababchisidir. Xudo faqat dunyoni yaratibgina qolmasdan, uni saqlab turadi, doim yaratishda davom etadi. Avgustin dunyo dastlab yaratilgandan keyin o’z-o’zicha rivojlanadi, degan deistik ta’limotni inkor qiladi. Avtustin ta’limoticha, Xudo bilishning o’ta muhim predmetidir. O’tkinchi narsalarni bilish mutlaq bilish uchun hech qanday ma’noga ega emas. Xudo bilishning sababchisi hamdir. Xudo inson ruhiga, tafakkuriga nur kiritadi. Odamlarta haqiqatni tanishda yordam beradi. Xudo eng oliy darajadagi farovonlikdir va hamma ezgulikning sababchisidir. Hamma narsa Xudo tufayli mavjud ekan, har qanday ezgulik faqat Xudodan kelib chiqadi.
Xudoga intilish inson uchun tabiiy va faqat u tufayli kishi baxtga erishishi mumkin. SHunday kilib, Avgustin falsafada ilohiyot uchun katta yo’l ochib beradi.
Jon masalasida Avgustin Platon g’oyalariga ergashib, uni spirtualistik ruxda tushunadi. Uningcha, jon o’ziga xos substansiya sifatida jismoniy sifatga ega emas, tananing bir turi ham emas. Biologik funksiyalar bilan hech qanday aloqasi yo’q. Tanadan jon o’zining mukammalligi bilan farq qiladi. Jonni bunday talqin qilish qadimgi yunon falsafasida ham mavjud edi. Lekin Avgustin ulardan farqli ravishda jonning bunday ustunligi Xudodandir, jon Xudoga juda yaqin va o’lmasdir, de­gan fikrni aytadi. Uning fikricha, jonni biz tanaga nisbatan yaxshiroq bilamiz, jon haqidati bilim aniqroq tana haqidagi esa aksincha. Undan tashkari, Xudoni tana emas, jon biladi, tana bilishga xalaqit beradi. Jonning tanadan ustunligi uchun odam hissiy lazzatlarini bartaraf qilib, joni haqida kayg’urishi kerak. Ma’naviy hayotning asosi aql emas, irodadir. Bunda Avgustin shunga tayanadiki, har bir narsaning mohiyati uning passivligida emas faolligidadir. Bundan xulosa chiqadiki, insonning mohiyatini passiv xarakterdagi aql emas, balki, xarakat, faol iroda belgilaydi. Avgustinning irodaning ustunligi haqidati ta’limoti qadimgi yunon ratsionalizmidan farq qiladi. Inson ruhini irratsionalistik talqin qilish shunga olib keladiki, natijada erkin iroda ruhning mohiyati deb e’lon qilinadi. Bu g’oyani faqat biologiyaga emas, balki, ilohiyotga ham tatbiq etadi. ya’ni, irodaning ustunligi ilohiy moxiyatga xam taalluqlidir. SHunday kilib, uning falsafasi intellektualizm va ratsionalizmdan volyuntarizmga karab ketadi.
Avgustinning butun falsafasi yagona, mutlaq va mukammal Xudo haqidagi ta’limotda mujassamlashgan. Dunyo ilohiy yaratish kabi axamiyatta eta emas, u faqat sharpadir. Xudosiz hech narsa qilish ham, hech narsa bilish xam mumkin emas. Butun tabiatda g’ayritabiiy narsaning ishtirokisiz xech narsa sodir bulmaydi. Avgustinning dunyoqarashi naturalizmga qarshi qaratilgan.
YAgona mohiyat va haqiqat sifatidagi Xudo metafizik ta’limotning mazmunini tashkil etadi.Xudo bilimning manbai sifatida bilish nazariyasining predmetidir.Xudo yagona ezgulik va go’zallik bo’lgani uchun ahloqining predmetidir.
Avgustin ta’limoticha,Xudoning erkin faoliyatining maxsuli bo’lgan olam aklli yaratilgan, Xudo uni uz shaxsiy goyasi bilan yaratgan. Xristi­an platonizmi-Platonning goyalar haqidati ta’limotishing Avgustincha talkini (varianti)dir. Avgustin ta’limoticha, Xudoda real dunyoning ideal timsoli yashiringan. Platonda xam, Avgustinda xam ikki dunyo mavjud: Xudodagi ideal dunyo, olam va makondaga moddiy dunyo. Bu — dunyo g’oyasining materiyada mujassamlanishi bilan paydo bu­ladi.
Avgustin ellinistik falsafa singari inson hayotining maksadi va mazmunini baxt deb hisoblaydi. Baxtni esa faqat yagona bir Xudoda topish mumkin. Insoniy baxtga erishish - eng avvalo, Xudoni bilish va jonni sinovlardan o’tkazish. Skeptiklarta qarama-qarshi ularoq Avgustin shunday bilish usulini kidirganki, u xatolardan xoli bulsin. Bilimning ishonchli boshlaigich asosi, nuktasini topishta harakat kilgan. Uning fikricha, ishonchsizlikshi bartaraf kilishning yagona usuli -sezgilar bizga xakikiy bilim berishi mumkin, degan fikrdan voz kechishda. Seztilar orqali bilish mumkin deyish ishonchsizlik (skeptitsizm)ni mustaxkamlashlir.
Skeptiklarni dunyota, bilishta ishonchsizligi va shubxasining uzi bilimshishg haqiqatga ega, anikligiga dalildir, deydi. Chunki, xamma narsaga shubxalanish mumkin, lekin shubxalanayotganimizga emas. Mana shu bilimga shubxa bilish jarayonidati mustaxkam haqiqatdir.
Insonning ongi, joni doim o’zgarayottan, notinch dunyodagi muhim tayanchdir. Kachon odam o’z ruhini bilishga intilsa, u tashqi dunyota bog’liq bo’lmagan mazmunni topadi. Odamlar bilimlarini o’zlarini o’rab turgan dunyodan oladilar, degan tasavvur juda yuzaki, aslida ular bilimni o’z ruhlarining tubidan oladilar. Avgustin bilish nazariyasining mohiyati hamma g’oyada tushunchalarning yaratuvchisi Xudodir degan aprior ta’limotidir.Abadiy va o’zgarmas g’oyalar haqiqati inson bilimi uni shunday xulosaga olib keladiki, ularning manbai abadiy, mutlak, zamondan tashqari, jismsiz Xudodir. Inson yarata olmaydi, u faqat ilohiy g’oyalarni qabul kiladi.
Xudo haqidati haqiqatni akl emas, e’tikod biladi. E’tikod emas aqldan ko’ra, irodaga taallukli. Sezgi va qalbning ahamiyatini ta’kidlagan holda Avgustin e’tikod va bilimning birligini uqtiradi. SHu bilan birga, u aklni yuqori ko’tarmaydi, faqat uni to’ldiradi. Uning fikricha, e’tikod va aql bir-birini boyitadi. «E’tiqod kilish uchun aqlli bo’l, aqlli bo’lish uchun e’tikod qil». Avtustin falsafasi fan­ning avtonom xolatini inkor kiladi. Fanda esa aql haqiqatning yagona vositasi va mezonidir. Bunday ta’limot xristianlikning ruhiga mos keladi. Mana shu xristianlik asosida keyingi bosqich — sxolastika vujudga keladi.
Avgustin bilish nazariyasining xarakterli tomonlaridan biri xristianlik mistitsizmidir. Bunda talkikotnishg asosiy predmeti Xudo va inson ruhidir. Bilish nazariyasida irratsional — iroda omillarishishg ratsional-mantiqiy omillardan ustun turishi Avgustin ta’limotida e’tiqodning akldan ustunligini belgilaydi. Uningcha, inson aklining mustaqilligi emas, balki diniy akidalar karomati haqiqiy avtoritetdir. Xudoga ishonish — bilishning boshlangich nuktasi.
E’tikodning akddan ustunlish masalasi xristian falsafasida yangi emasdi. «E’tikodingiz manbai faqat mukaddas kitob»da, deb xisoblovchi utmish «cherkov ota»laridan farqli ularok, Avgustin e’tikodining eng oliy nufuzli manbai deb cherkovni xisoblagan. Cherkov haqiqatan yagona, gunoxsiz, sungti tayanchdir. Bunday karash usha davr sharoitiga mos kelardi. Chunki Rim imperiyasishishg garbida cherkov goyaviy jixat­dan xam tashkiliy jixatdan xam kuchli markazlashtan tashkilot edi.
Avtustin umuman e’tikod bilan cherkov nufuzi tufayli mukaddaslashtirilgan diniy e’tiqodni aralashtirib yuboradi.Ma’lumki, tajribaga suyangan ishonch butunlay boshqa mohiyatga ega.U muqaddas kitoblar «haqiqat»laridan kelib chiquvchi e’tiqoddan butunlay farq qiladi. Avtustin falsafasida yaxshilik va yomonlik, ular o’rtasida farq masalasi muhim masalalardan biri edi. Uningcha, bir tomondan, ya’ni Xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik bulmasligi mumkin emas.Ikkinchi tomondan, yomonlikning mavjudligi shubxasizdir.SHuning uchun Avgustin ta’kidlaydiki, yomonlik tabiatta xos emas, u erkin ijodiishg maxsulidir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai kilib yaratgan,lekin uni yovuz iroda zaxarlagan. Bundan o’z navbatida boshqa bir xulosa chikariladi. Yomonlik yaxshilikka mutlak ravishda qarama-qarshi emas, u faqat yaxshilikning nokis tomoni. Mutlaq yomonlik yo’q, mutlak yaxshilik bor. Hech qanday yaxshi ishlar qilishmayotgan yerda yomonlik yuzaga keladi, yomonlik — oliy maqsadlardan yuz o’girish, kibr-xavodir. Kibr-havo Xudoga murojaat qilmaslikdan kelib chiqadi. Yana Avgustin ta’kidlaydiki, yomonlik dunyo muvozanatini buzmaydi, lekin dunyo uchun zarardir. Gunohkorlarni jazolash ham bu muvozanatni buzmaydi, avliyolarni mukofotlash ham. Demak, Avtustin dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshilikning yo’qligidan, deb hisoblaydi.Yaxshilik va yomonlik masalasi Avtustin ahloqiy ta’limotida xam muhim o’rinni egallaydi. Unishgcha, yomonlik odamlardan kelib chikadi, dunyoviy xarakterga ega. YAxshilik Xudodan kelib chikadi, Xudo mexribonligining maxsulidir. Inson yomonlik uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas.
Muhabbat tushunchasi masalasi buyicha Avgustin monax Pelagiy bilan baxslashadi. Bu xristian axloki masalasi buyicha irratsionalistik va ratsionalistik oqim vakillari o’rtasidagi baxs edi. Pelatiy antik davr ratsionalizmidan kelib chikib, dastlab gunox bulmagan, deydi. Odam gunoxlardan xoli tugiladi, u cherkov yordamisiz uzining xuzur-xalovati haqida gamxurlikni uylashi kerak. Pelagiyning bu ta’limoti xristian cherkovining goyaviy prinsiplariga ochikdan-ochik hujum edi. Avgustin Pelagiyning bu ta’limotiga karshi chikib, takdir haqidagi ta’limotni ishlab chikadi. Bu ta’limot buyicha Odam Ato birinchi in­son sifatida ozod va gunoxsiz tugilgan. U Xudo irodasi buyicha xarakat kilib, mangu xayotga erishishi mumkin edi. Lekin shayton vasvasasi bilan Odam Ato shaxsidagi odamlarning butun avlodi ozod emas, gunoxkor va ulimga maxkum. Avliyo Pavel singari uz gunoxlari uchun jazolanadilar. Xudo va dunyo munosabatini dualistik ruxda tushunish, eng avvalo, Xudoning uzgarmas, abadiy borligi va uzgaruvchan, ulimga max­kum yakka narsalar urtasidagi qarama-qarshilikni tadkik kilish natijasida Avgustin zamon masalasiga tuxtaladi. Bu masalada Avgustin zamonni osmoniy sferalar xarakati bilan boglab kuyuvchi antik davr faylasuflariga karshi chikadi. Uningcha, osmoniy sferalar xam Xudo tomonidan yaratilgan, u zamon, xarakat va uzgarish ulchovidir. Bunday xarakat va o’zgarish hamma «yaratilgan» narsalarga xosdir. Dunyo yaratilishidan ilgari zamon bulmagan. U Xudo yaratuvchanlik faoliyatining maxsuli sifatida namoyon buladi. Narsalar o’zgarishidagi ulchovni Xudo bergan.
Avgustin vaktning asosiy kategoriyalari — o’tgan, hozirgi, kelajak kabilarni tushuntirishga xarakat kilgan. Uningcha, utmish xam, kelajak xam xech qanday tushushtirishga sigmaydi. Faqat xozirgina sigadi. Xuddi shu xozirgi tufayli utgan yoki kelajak haqida bironta fikrga ega bulish mumkin. O’tgan zamon inson xotirasi bilan bog’langan, kelajak orzuda mujassamlashgan. O’tmishni xam, kelajakni ham hozirgiga takash iloxiylikdan, mutlaklikdan dalolat beradi. Xudoda xamma vaqt o’tmish va kelajak mujassamlashgan. Xudoning mutlak abadiyligi va moddiy, insoniyat dunyosining o’zgaruvchanligi, o’tkinchiligi o’rtasidagi qarama-qarshilik Avgustin tomonidan ishlab chikilgan xristian dunyoqarashining asosi bo’lib koladi.
Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri «Ilohiy saltanat haqida» risolasidir. 410-yilda Alarix tomonidan Rimning xonavayron kilinishidan vaximaga tushgan odamlar, bu falokat rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul kilganliklari uchun yuz berdi, deb xisobladilar.Avgustin uz dusti Markellinning iltimosi bilan bunday karashlarga zarba bermokchi bo’ldi. U ta’kidlaydiki, davlatning ravnaki eski ko’pxudolik dini tufayli bo’lmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul kilganlarida xam mag’lubiyatlar uchun, abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga sig’inishi zarur bo’lmagan. Avgustin fikricha, mushriklar xudolari xayotda xam, ma’naviyatda xam xech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan xamma moddiy boyliklarni berishi mumkin.
Avgustinning bu asarida tarix falsafasi o’ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki — Ilohiy va Dunyoviy shahar moxiyatini taxlil kiladi. «Xudo shaxri» Xudoga muhabbat bilan uzaro birlashgan odamlardan iborat. Dunyoviy shaharda o’z-o’ziga muhabbat kuygan, uz sharafi va farovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. SHunday kilib, bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir-biridan farqlanuvchilarga bulingan. SHaharlar haqida gapirgaida, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning karashlari universal xarakterda bulib,o’sha paytda keng tarkalgan tarix kaytarilishlar (tsikl) bilan rivojlanadi, degan karashlarga karshi karatilgan edi. Avgustin ikki shahar usishi va ravnaqini taxlil kiladi xamda ularning takdiri haqida bashorat kiladi. Kiyomatdan keyin Ilohiy shahar axolisi umumiy baxtga erishadi, Dunyo­viy shahar axolisi esa abadiy jazoga. Lekin Avgustin ta’kidlaydiki, bu shaharlar urtasidagi ikki xil xolat vaktincha, zaruriy emas va u Xudo irodasi bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, yunon tarixchilari xam insoniyat rivojiga bo’lgan karashlarida buni anglab yetmaganlar. Xudo tarix ustida xukmronlik kiladi, unga buysunmaydi. (Keyinchalik buni Gegel’ xam aytgan edi). Tarix kaytariklar bilan emas, tugri chiziq buylab rivojlanadi. Xudo yaratgunga kadar uz ongida ma’lum vaktda amalga oshirgan rejaga ega bo’lgan. Bu rejada ikki shahar urtasi­da kurash mavjudligi ko’zda tutilgan, okibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan tashkarida gayritabiiy kuchning aralashuvida amalga oshadi. Avgustin tarixda xamma odamlarning «umumiyligi» va «yakka»ligini kuradi. Masalan, agar Gerodot fors urushida faqat yunon­lar va forslar urtasidagi kurashni kurgan bo’lsa, Avgustin butun in­son irkining yagonaligini ta’kidlaydi. Bundan tashkari, uning fik­richa, taraqqiyot faqat ahloqiy va ma’naviy jabxada buladi. Bu narsa yomonlik bilan kurashning oqibatida yuz beradiyu, kurashda Xudoning inoyati odamlar tomonida buladi. Bu kurashning eng chukkisi gunox natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar o’rtasidagi kurashni Ilohiy shahar g’alabasi foydasiga tugatish buladi. SHunday qilib, Avgustin fikricha, tarixning so’nggi maqsadi undan tashqarida, abadiy Xudo xokimligidadir.
Avgustin jamiyat masalalarini xam iloxiyotchilik ruxida talqin qiladi. Yunonlarning ob’yektivizm va intellektualizmiga asoslangap ta’limotini inkor kilib, iroda akddan ustun deb e’lon kiladi. Avgustin Xudoni cheksiz, dunyoni esa gayritabiiy moxiyatning maxsuli va inoyati, deb biddi. Xudo eng avvalo, irodaga ega bo’lgan moxiyatdir. Uning falsafasi iroda, e’tikod, muhabbat, raxm-shafkat va ishonchga asoslangan falsafadir. Xech maxal akl va isbotga asoslangan falsafa emas.Avgustin ijodida qarama-qarshilik va ishonchsizliklar kup.Masa­lan,u bir tomondan haqiqatga faqat yakka odamgina erishishi mumkin, ikkinchi tomondan haqiqat faqat cherkovning imtiyozidir, deydi. Bir tomondan — haqiqat bevosita xarakterga ega, ikkinchi tomondan — gayritabiiy ne’matlarta ega, deydi. Avtustin ratsionalizm befarq ilohiy shuurdir, deydi. U ta’kidlaydiki, tana yovuzlik emas, chunki u Xudo tomonidan yaratilgan, lekin jismoniy xoxishlarni yovuzlik manbai, deb xisoblaydi.Avgustin moniychilikdagi yaxshilik va yomonlik dualizmini inkor kiladi, lekin dualizm uning tarix falsafasishishg asosi edi. Uning ijodi xamda karashlarida potonalarta ajratilgan turli xristianlik intilishlari, mukaddas kitoblar va cherkov toyalari ratsio­nalizm va mistitsizm, tartib va muhabbatga sodiklik korishib ketgan edi. Avgustiniing juda kup izdoshlari bo’lgan. IV asrda Rimning markazlik mavqeini yukotadi.V asrga kelib,Rimga shimoldan varvarlarning doimiy xonavayron kiluvchi yurishlari bulib turadi. Bunday sharoitda rivojlanish haqida xech qanday gap bulishi mumkin emasdi, faqat an’analarni saklab kolish haqidatina gapirish mumkin edi. Faqat bir necha asrdan keyingina sxolastlar xristian falsafasining yangi asoslarini rivojlantirishga xarakat kildilar. Bunda ular asosan Avgustin ta’limotiga asoslandilar. Avgustin urta asrlar ma’naviy xayoti- ta juda katta ta’sir ko’rsatgan mutafakkirlardan biri edi.U «cherkov otasi» nomiga nisbatan kuprok faylasuf sifatida mashhur bo’lgan.Uning ijodi va ta’limoti Platon falsafasi bilan o’rta asr mutafakkirlari orasidagi bog’lovchi bir bug’in edi. Avgustin ananasi ko’p vaqttacha xristian falsafasining yagona namunasi edi. Faqat XIII asrdagina Foma Akvinskiy xristian falsafasining yangi namunasini ishlab chikadi, lekin Avgustin ta’siri bundan keyin xam davom etadi.
Avgustin asarlarida ikki – iloxiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili.Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri “Ilohiy saltanat haqida” risolasidir. 410 – yilda Alarix tomonidan Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz berdi, deb hisobladilar. Avgustin o’z do’sti Markellinning iltimosi bilan bunday qarashlarga zarba bermoqchi bo’ldi. U ta’kidlaydiki, davlatning ravnaqi eski ko’pxudolik dini tufayli bo’lmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul qilganlarida ham mag’lubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga sig’inishi zarur bo’lmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham ma’naviyatda ham xech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan hamma moddiy boyliklarni berishi mumkin.
Avgustining bu asarida tarix falsafasi o’ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va dunyoviy shahar mohiyatini tashkil qiladi. “xudo shahri” xudoga muxabbat bilan o’zaro birlashgan odamlardan iborat. Dunyovi shaharda o’z – o’ziga muhabbat qo’ygan o’z sharafi va forovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. SHunday qilib bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir – biridan farqlanuvchilariga bo’lingan. Shaharlar xaqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning qarashlari universal xarakterda bo’lib, o’sha paytda keng tarqalgan. Tarix qaytarilishlar (tsikl) bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi. Avgustin ikki shahar o’sishi va ravnaqini tahlil qiladi hamda ularning taqdiri haqida bashorat qiladi. Qiyomatdan keyin ilohiy shahar axolisi umumiy baxtga erishadi, dunyoviy shahar axolisi esa abadiy jazoga lekin Avgustin ta’kidlaydiki, bu shaharlar o’rtasidagi ikki xil holat vaqtga, zaruriy emas va u xudo irodasi bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, yunon tarixchilari ham insoniyat rivojiga bo’lgan qarashlarida buni anglab yetmaganlar. Xudo tarix ustida hukmronlik qiladi, unga bo’ysunmaydi (keyinchalik buni Gegel ham aytgan edi) Tarix qaytariqlar bilan emas, to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanadi. Xudo yaratganga qadar o’z ongida ma’lum vaqtda amalga oshirgan rejaga ega bo’lgan. Bu rejada ikki shahar o’rtasida kurash mavjudligi ko’zda tutilgan, oqibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan tashqarida g’ayritabbiy kuchning aralashuvida amalga oshadi Avgustin tarixda hamma odamlarning “umumiyligi” va “Yakka”ligini ko’radi. Masalan Geradot fors urushida faqat yunonlar va forslar o’rtasidagi kurashni ko’rgan bo’lsa, Avgustin butun inson irqining yagonaligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va ma’naviy jabxada bo’ladi. Bu kurashning eng cho’qqisi gunoh natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar o’rtasidagi kurashni ilohiy shahar g’alabasi foydasiga tugatish bo’ladi. SHunday qilib, Avgustin fikricha tarixning so’nggi maqsadi undan tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin o’rta asrlar ma’naviy hayotiga juda katta ta’sir ko’rsatgan mutafakkirlardan biri edi. U “cherkov otasi” nomiga nisbatan ko’proq faylasuf sifatida mashhur bo’lgan.
Olamning yaratilishi, insonning vujudga kelishi va kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlari SHarqda o’ziga xos tarzda talqin etiladi. Bu bevosita milliy ta­fakkur tarzi, SHarqu G`arb o’rtasidagi tafovutga, munosabatlar va qarashlarning turlichaligiga olib kelgan ru­hiyat, fe’l-atvor, ma’naviy-axloqiy mezonlar natijasi sifatida yuzaga keldi.
Sharqda azaldan tarixga qiziqish, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini o’rganish keng taraqqiy topgan. Bu qadimiy makonda inson va kishilik jamiyati, uning dunyoga kelishiga doir tarixiy-falsafiy, tarixiy-badiiy asarlar ko’plab yaratilgan. Jumladan, Abu Ja’far Tabariy (839-923) o’zining «Tarixi Tabariy», «Ta’rix ar- rasul va-l-muluk» (Payg’ambarlar va shohlar tarixi) nomli asarlarida eng qadimgi davrdan 915 yilgacha bo’lgan voqealar ancha keng va batafsil bayon etiladi.
Abu Bakr Narshaxiyning (899-959) «Tahqiq al-viloyat» (Mamlakat haqida aniq tadqiqotlar), «Ta’rixi Buxoro», «Axbor al-Buxoro» singari asarlari tarixiy tah­lil, voqealar va hodisalarning falsafiy-mantiqiy ifodasi bilan alohida ajralib turadi.
Abu Muhammad al-Kufiy (926 yilda vafot etgan) «Futuhi ibn A’sam», arab tarixchisi va faylasufi Abu Ali Miskovayx (1030 yilda vafot etgan) «Adab al-arab va-l-furs» (Arab va forslarning axloq qoidalari) hamda olti jilddan iborat «Tahsil al-axloq» (Axloqiy tarbiya) nomli kitoblarida umumiy tarix, insoniyat yaxlit o’tmishining taraqqiyot omillari, bir qator xalqlarning an’analari, turmush tarzi, hayot tajribalari va tafakkur qirralari bayon etilgan.
Abu-l-Xasan al-Jazoiriyning (1160-1233) 12 jild­dan iborat umumiy tarix haqidagi kitobi uning tarixiy tafakkur va tarixiy jarayonlarni tahlil etishda o’ziga xos maktab yaratganidan dalolat beradi. U Tabariy, Miskovayx va Bayhaqiylarning ilmiy tajribalariga tayanib, ularni rivojlantirdi. «Olamning yaralishi»dan o’z dav­rigacha bo’lgan tarixni falsafiy tahlil etdi va tarixiy tafakkurning falsafiy tahliliga doir jiddiy tadqiqoti amalga oshirdi. «Komil fi-tavorix» (Mukammal tarix) nomli asari Jazoiriyning tarix falsafasi sohasidagi juda katta ilmiy jasoratidan dalolat beradi.
Rashididdin Hamadoniy (1248-1318) o’zining betakror tarixiy-falsafiy qarashlari, noyob ilmiy-nazariy kashfiyotlari bilan mashhur bo’lgan allomadir. U muarrix, geograf, tabiatshunos, faylasuf, etnograf va ant­ropolog sifatida o’z davrida nom chiqargan edi. Uning «Ta’rixi g’azaniy», «Ta’rixi muboraki g’azaniy» nomli asarlarida insonning yaralishi, olamning paydo bo’lishi va qadimgi dunyodan 1300 yillargacha bo’lgan mo’g’ullar tarixi bayon etilgan. V. V. Bartol’d xulosalariga ko’ra Pashididdin Hamadoniyning asarlari — tarixiy qomus, qaysiki bunday mukammal asar Osiyoda ham, yevropada ham biror bir xalqda yo’q2. Uning mukammallish, boshqa manbalarda uchramaydigan tahliliy-mushohadaliligi, tarix­ni talqin etishda mutlaqo o’ziga xosligi shundaki, yevro­pa, Hindiston, Xitoy, Eron, mo’g’ullar istilo etgan turk mamlakatlari va xalqlari tarixi juda keng miqyosda tadqiq etiladi. Tarixiy jarayon oqimida tahlil orqali falsafiy tafakkur yorqin namoyon bo’ladi. Tarixiy jarayon­lar, voqealar, hodisalar tarixiy-falsafiy, ijtimoiy-mantiqiy uslubda o’rganiladi. Xullas, jahon tarixi va umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, asoslari, omillari va yo’nalishlari ancha chuqur tadqiq etiladi. Aslini olganda olamni tadqiq etish, insonni tushunish, uning rang-barang va xilma-xil olamiga qiziqish SHarqda G’arbga nisbatan ancha ilgariroq yuzaga kelgan va bu o’z-o’zidan ilmiy qarashlar orqali fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotiga o’ziga xos zamin yaratdi.



Download 176,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish