3-mavzu: O’rta asrlar tarix falsafasi


Ilk xristian falsafasi: apologetika va patristika



Download 176,95 Kb.
bet2/5
Sana27.05.2022
Hajmi176,95 Kb.
#610613
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU (2)

2.Ilk xristian falsafasi: apologetika va patristika
II va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi himoya qiluvchi demakdir. YA’ni, xristian diniy aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatning xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf qilishga intilishi bilan birgalikda o’zlarining asarlarida xristianlik ta’limotini asrashga, qolaversa, Rim saltanatini oqlab bo’lmaslitiii ko’rsatishga harakat qildilar. Ular o’z asarlarida yo dialog shaklidan yoki apologiyaning tan olingan mumtoz shaklidan foydalandilar. Ularning asarlarida ikki xususiyat ko’zga tashlanadi: 1) Inkor qilish. 2) Tasdiqlash. Avvalo ular mushriklar tomo­nidan xristianlikni ayblovchi ateizm, kannibalizm, dabdabalik va Xudoga qarshi xatti-xarakatlar kabi ayblarni inkor qildilar. SHuningdek, ular xristianlikning pokligini tasdiqlab, qo’pollik, osiylik yahudiy diniga, mushriklik diilarita esa davlatga sig’inish xos deb xisoblaganlar. Apologenlarning asarlarida mushriklik dinlari raxbarlarini xristianlikning moxiyatiga akl mezoni bilan yondashishga chaqiriladi. Xristian dinini mantiqiy asoslash, uni tushunarli talqin qilish va oqibatda unga qonuniylik maqomini berish maqsadi ko’zda tutiladi. Ularning ta’kidlashicha, xristianlikka qo’yilgan ayblovlar hech qanday dalillarga asoslanmagan. Qolaversa, bu narsa ularga fuqarolik maqomini olish uchun asosiy dalil bo’la oladi, deb hisoblaganlar. Ana shunday qarashlarga ega bo’lgan apologetlardan biri Fla­viy Iustin edi.
Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi IIIV asrlarga to’g’ri keldi. Bu davrda rivojlangan Patristikada (patristikaning lug’aviy ma’nosi «ota»ni anglatib, bu nom ko’pincha hurmat ma’nosida harbiy yepiskoplarga berilgan) o’zgacha g’oyaviy va mafkuraviy vazifalar turgan edi. CHunonchi, ko’payib ketgan diniy bid’atchi mazxablarga qarshi kurashishni kuchaytirish, xristian ilohiyotining falsafiy asoslarini tahlil qilish, inson, jamiyat va bilish masalalarining diniy tamoyillarini ishlab chiqish zaruriyati tug’ilgan edi. Patristika rivojlanishining keyingi davrida (VI—VIII asrlar) xris­tian ilohiyoti ilmini tartiblashtirish, Platon, Aristotel’, Perfiriy, Prokl va boshqalarning asarlarini lotin tiliga tarjima qilish va sharhlash, sxolastika falsafa asoslarini yaratish va taraqqiy ettirish uchun zarur bo’lgan tushushchalar, kategoriyalar va tamoyillar tizimi vujudga keltirildi. Patristika davrida xristian iloxiyotini tartiblashtirishga xarakat kilgan cherkov otalari tomonidan ikki sobor Nikey (325-yil) va Xalkidan (451-yil) oralig’ida birinchi muhim asarlar yozildi. SHarqda ulardan biri Ioann Zlotoust (347—407)dir. G’arbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin bo’lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354—430).
Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik amaldor oilasida tug’ilgan. Otasi majusiy bulib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U dastlabki ma’lumotni mahalliy maktabda olib, lotin tilini puxta egallaydi. YUnon tiliga esa e’tiborsizlik bilan qarab, umrining oxirigacha ham unda durustroq gaplashmagan. Keyin uni ritorikani o’rganish uchun Karfagenga yuboradilar. Uyidan tashqaridagi erkinlikdan foydalangan Avgustin ham boshqa talabalar kabi bebosh hayotga shung’ib, bir joriya bilan yashay boshlaydi. Bu turmushdan uning Adeodat ismli ug’li tug’iladi. 373-yilda haqiqatni anglash niyati bilan maniychilikka yuz o’giradi, lekin tez orada undan qoniqmaydi va voz kechadi. sitseronning «Gortenziy» asarini o’qish natijasida falsafaga, xususan, neoplatonchilar falsafasiga qiziqish uyg’onadi. U 383-yilda Milanga ko’chib o’tguncha o’z ona shaxrida, Karfagen va Rimda ritorikadan dars beradi. 386-yilda Avtustinda ruxiy o’zgarishlar yuz beradi. U joriyadan ham, ritorikadan dars berishdan ham voz kechadi. Nihoyat 387-yilda cho’qintirilib, xristian cherkoviga qabul qilinadi. 395-yilda esa shimoliy Afrikadagi Gippon shahrida yepiskop lavozimini egallaydi. U diniy bid’at mazhablari moniylik, pelagiychilik va donatiylikka qarshi kurash olib bordi. Ushbu ta’limot tarafdorlarishi tiz cho’ktirish uchun u, hatto, hokimiyat organlaridan ham foydalanadi. Avtustin vandallar qamal qilgan Gippon shahrida 430-yil 28 avtustda vafot etadi.

Download 176,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish